Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Islomda Ayolning Majburiyatlari Va Huquqlari (Hadis bilan isbot)
Islomda Ayolning Majburiyatlari Va Huquqlari (Hadis bilan isbot)

Islomda Ayolning Majburiyatlari Va Huquqlari (Hadis bilan isbot)

Islomda Ayolning Majburiyatlari Va Huquqlari (Hadis bilan isbot)

1. Ilm
Payg’ambarimiz
sallallohu alayhi
va sallam
dedilarki: “Har
bir musulmon
uchun ilm olish
farzdir” (At-
Tabaroniy
rivoyati). Hadis
erkak va ayolga birdek qaratib
aytilgan. Ilm so’zi oqrali har bir
musulmon uchun zarur
hisoblangan Qur’on va Hadis
ilmidan tashqari dunyoviy ilmni
ha o’z ichiga oladi. Islom tarixida
erkaklar bilan bir qatorda yaxshi
ilm beraoladigan ustoz sifatida
hurmat topgan ayollar ham bor.
Ko’pchilik hadis kitoblarida
sahih hadislarning rivoyat
qiluvchilari deb Oisha va HAfsa
onalarimizning ismlari zikr
qilinadi.
2. Ibodat
Erkak ham, ayol ham Allohning
qiludir. Va shu sababli ular
Allohga ibodat qilishlari va Unga
bo’ysinishlari shart. Bundan
tashqari ular namoz o’qishi,
ro’za tutishi, zakot berishi, Haj
qilishi, zino qilmasliklari, Alloh
ta’qiqlaganlaridan qaytib, Uni
buyurganiga amal qililari, va
hokazolarni bajarishlari lozim.
Ayyolraning ona sifatida
majburiyatlari ko’pligi, bu
mashaqqatli ish hech qachon
tugamasligi nazarda tutilgan
holda ular Jum’a namozi yohud
har kuni besh mahal masjidda
namoz o’qish majburiyatidan
ozod qilinganlar. Ammo agar
ayol kishi buni qilishga hohish
topsa, uni bundan hech
to’xtatishga haqli emas.
3. Sadaqa berish
Ayollarning ham erkaklar qatori
sadaqa berishlari
rag’batlantirilgan, va agar ayol
kishi erining pulidan saqada
qilsa, bundan uni hech narsa
to’xtatmaydi. Oisha raziyallohu
anhu Payg’mabarimiz sallallohu
alayhi va sallam shunday
deganlarini rivoyat qiladilar:
“Ayol o’z erining hisobidan
sadaqa qilsa ham, Alloh unga
savob yozadi. Bunda er uning
uning pulini saqdlagan shaxs
ham huddi o’shncha savobga
ega bo’ladilar”. Asmo
Payg’ambarimiz sallallohu alayhi
va sallamga dedi: “Yo Rasululloh,
menda erim Zubayr uyga olib
keladigan narsadan boshqa
hech nima yo’q.” Shunda
Rasululloh dedilarki: “Ey Asmo,
sadaqa bergil, aks holda rizqing
qulflanadi”
4. Shaxsiy mulk va boylikka
ega bo’lish
Ayol kishi o’z boylik yoki mulkini
saqlashga, uni ishlab topgan
yoki merosga olgan bo’lishidan
qat’iy nazar, o’sha boylkini
istaganicha sarflashga haqli.
Sharq ayollari bu huquqqa ega
bo’lganliklariga hali ko’p
bo’lmadi. Masalan, India
ayollariga bunday huquq 1956
yilga qadar berilmagan edi.
Qur’oni karimda shaxsiy mulk
haqida quyidagilar keltirilgan:
“Alloh biror ne’mat bilab
biringizni biringizdan ortiq qilib
qo’ygan bo’lsa, sizlar uni (hasad
– adovat bilan) orzu qilmang!
Erkaklar ham o’z mehnatlaridan
nasiba olurlar, ayollar ham o’z
mehnatlaridan nasiba olurlar.
Sizlar (birovlarga berilgan
ne’matlarga ko’z olaytirish
o’rniga) Allohning fazlu
marhamatini so’ranglar. Albatta
Alloh hamma narsani bilguvchi
bo’lgan zotdir!” (Niso:32)
5. Fikrni ifodalashda erkinlik
Ayrim shunday jamiyatlar ham
borki, unda oddiy fuqaro
davlatni boshqaruvchi shaxs
bilan yuzma-yuz gaplashib, o’z
huquqini talab qila oladi.
Ko’pchilik davlatlarda aynan
ayollar bunday imkoniyatdan
mahrum qilingan bir paytda, bu
amallar islom dinida doimo
erkin bo’lgan. Bu Umar
raziyallohu anhu halifalik qilgan
davrda ayniqsa yaqqol ko’zga
tashlangan. Bir kuni u zot r.a.
odamlarga qarata nikoh payti
juda katta miqdordagi mahrni
qo'ymaslikni buyurayotgandilar.
Shunda bir ayol o’rnidan turdi va
baland ovozda: “Ey Umar, siz
Alloh belgilab qo’ygan qonunni
o’zgartirasizmi?” dedi va
Qur’ondan quyidagi oyatni
keltirdi: “Agar bir xotinni qo’yib,
boshqa xotinga uylanmoqchi
bo’lsangizlar, avvalgisiga
sanoqsiz molu – dunyoni mahr
qilib bergan bo’lsangiz-da,
undan biron narsani qaytarib
olmangizlar! Uni bo’hton va
ochiq gunoh bilan
olasizmi?" (4:20)
Buni eshitgan Umar r.a.: “Men
adashdim, bu ayol haq” dedi.
6. Jihodda ishtirok etish
Urush maydoni ayollar tugul
hatto erkaklarni ham qo’rquvga
soladigan joydir. Jangning
shiddatli va vahshiy ozorlari
tufayli faqat erkaklargina unda
qatnashish majburiyatini
olganlar, ayollar esa bunday
ishdan ozod qilinganlar. Bir kuni
bir ayol Payg’ambarimiz
sallalohu alayhi va sallamdan
jihodda ishtirok etganlarga
va’da qilinga ajru-mukofot va
savoblar tufayli ularga ham
jihodda ishtirok etishga ruhsat
so’radilar. Shunda U zot s.a.v.
“Ayollar uchun jihod
urushsizdir” dedilar. Bu bilan
Rasululloh hajj va umrani
nazarda tutayotgan edilar.
Ammo shunday bo’lsada,
payg’ambarimiz sallallohu alayhi
va sallam ayollarga urushda
qatnashgan, yarador
bo’lganlarga hamshiralik
qilishga izn berganlar.
jifar qabilasidan ayollar kelishib,
ulardan biri Haybar janggiga
tayyorlanayotgan
Payg’mbarimizga s.a.v. shunday
deydi: “Yo Rasululloh,biz jangda
yaralanganlarga qarash, sizlarga
yordam qilish maqsadida siz
bilan ushbu jangda
bormoqchimiz”, deydi. Shunda
Rasululloh “Alloh sizlardan rozi
bo’lsin, kelinglar” deganlar.
Ansoriy ayollardan biri Ummu
Atiyya shunday degan: “Men
Payg’ambarimiz bilan yettita
jangda ishtirok etdim.
Mujohidinlar yo’qligida ularning
tuyalariga ko’z-quloq bo’lish,
ovqat tayorlash va yaradorlarga
qarash bilan mashg’ul bo’ldim”.
Muoz bin Jabal uning jiyani
Asmo bint Yazidning Yarmuk
janggi paytida to’qqizta rim
askarini o’ldirganligini habar
qilgan.
7. Ayolning er tanlash huquqi
Turmushga chiqadigan qizning
valiysi, hoh u otasi yoki akasi
yoki amakisi bo’lsa ham, qizga
mos umr yo’ldoshi topishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Ammo bu valiylarga hech
qachon qizning hohishiga
qarshi boorish huquqini
bermaydi. Qiz valiysining taklifini
qabul qilish yoki rad qilish yoki
o’zi mustaqil tanlash huquqiga
ega. Hanso bint Huzom ismli bir
ayol Payg’ambarimiz Muhammad
sallalohu alayhi va sallam
huzurlariga kelib: “Otam
odamlar oldida o’z nufuzini
oshirish maqsadida meni
amakivachchamga majburlab
turmushga berdi”, dedi. Shunda
Rasululloh unga otasining
hohishini rad qilib, o’zi istagan
kishiga turmushga chiqishga
haqqi borligini aytdi. U ayol
“Men otamning qarorini qabul
qildim, ammo men boshqa
ayollar otalari ularni majburlab
erga berish huquqiga ega
emasliklarini istayman” dedi.
(Ahmad, Nasa'i and Ibn Mojja)
8. Bola asrash huquqi
Ajrashish er va xotinga baravar
qiyin muammo bo’lib, bu
ayniqsa farzandli bo’lganda juda
ko’p qiyinchilik tug’diradi.
Chunki har ikkala tomon
farzandni o’zlarida saqlab
qolishga intiladilar va shu
huquqni qo’lga kiritish uchun
bir-birlariga tuhmat qilishgacha
yetib boradilar. Islom dinida esa
bu masalaga yaqqol yechim
mavjud. Unga ko’ra, yosh o’g’il
va qiz farzandlar onaga qoladi.
O’g’il farzand tahminan yeti yoki
to’qqiz yoshga yetgach, ota
qaramog’iga o’tadi. Qiz farzand
esa turmush qurguniga qadar
onasi bilan qoladi. Agar ona
qayta turmush qurishni lozim
topsa, qiz farzand buvi yoki
holasiga qoldiriladi. Bu yechim
Payg’mabarimizning sallallohu
alayhi va sallam so’zlariga
asoslangan bo’lib, u zot shunday
degan edilar: “Bola asrash
huquqi sizlardan birortangiz
qayta turmush qurguningiz
qadar siz tomondadir”.
9. Hayrli ishlarga bir-birlarini
undash va gunoh ishdan
qaytarish
Qur’oni Karimda bu haqda
shunday deyilgan:
"Mo’min va mo’minalar bir-biriga
do’stdirlar. Ular yaxshilikka
buyuradilar, yomonlikdan
to’xtatadilar, namozni to’kis ado
etadilar, zakotni (haqdorlarga)
ato etadilar, Alloh va Uning
payg’ambariga itoat
etadilar"


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: