JABRDIYDALAR, ROLINGIZNI O`ZGARTIRING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: JABRDIYDALAR, ROLINGIZNI O`ZGARTIRING!
- Дата релиза: 01-11-17, 20:51
«Qaynonam yomon. Hayotda ro`shinolik ko`rmadim...», «Ovsinim mensimaydi, tinchlik bermaydi» degan mazmundagi murojaatlar ko`payib bormoqda. «Sizga dardimni to`kib solmoqchiydim, eshitganingiz uchun rahmat» deyiladi murojaat so`ngida. Yo`q, biz shunchaki dardingizni to`kib solish uchun qo`ng`iroq qilgansiz deb hisoblamaymiz. Bu qadamni qo`yishga axd qilibsizmi, demak muammo bor. Hal qilish uchun esa vaziyatni chuqurroq o`rganish kerak. Biz emas, aynan siz uni tadqiq va tahlil etishingiz lozim. Buni qanday qilishni esa ruhshunos Shahnoza Xalilova o`rgatadi.
Hammamiz aktyormiz!
Shekspir bu dunyoni sahnaga, odamlarni esa aktyorlarga qiyoslaganida qanchalar haq edi. Chunki har birimiz hayotda qaysidir rolni ijro etamiz. Muammoli vaziyatlardan aktyorlik mahoratimizga tayangan holda chiqishga urinamiz. Keling, bugun mana shu rollardan uchtasi: jabrdiyda, ta`qibchi va xaloskor haqida gaplashamiz.
Ba`zida kishi turmushdagi muammolarning echimini topolmay qoladi. Bu har birimiz bilan yuz berishi mumkin bo`lgan holat. Shunda ojiz qolganimizni tan olamiz-da, atrofdagilardan yordam so`raymiz. Qaysidir ma`noda jabrdiyda roliga kiramiz. Buni yaxshi yoki yomonga, to`g`ri yoki noto`g`riga ajratish kerak emas. Biroq sahnada jabrdiydadan tashqari muammoni keltirib chiqargan ta`qibchi (qaynona, er, qaynsingil va boshqalar) va doim yordamga tayyor xaloskorlar ham bor. Ko`rib turganingizdek Bermut uchburchagi paydo bo`ldi. Keling, birinchi navbatda aktyorlarning har biri bilan yaqindan tanishib olsak:
Jabrdiyda (surunkali turi). U so`zsiz yaxshi insonlar qatorida turadi, birovga ziyoni tegmaydi (aslida provakator bo`lishi ham mumkin), odamlar uni tan olishadi va yordam berishadi. U hech kimga yo`q demaydi. Chunki atrofdagilar uni qadrlashlarini, umuman ularning fikrlarini muhim sanaydi. Lekin nimagadir hech “ketmoni uchmaydi”. Shungami, doim omadsizliklariga, albatta, kimlar yoki nimalardir aybdor. Xullas umri, mas`uliyatni yuklash uchun “xaloskor”ni axtarish bilan o`tadi. Ta`qib. Esingizdan chiqmasin u ta`qibchi! Bari u aytgandek bo`lishi lozim. Agar kishilar bergan va`dalariga amal qilishmasa, uni eshitishmasa va tushunishni istashmasa, buning uchun javob berishlari kerak. Va jazo berishni aynan ta`qibchi o`z zimmasiga oladi. Xullas, o`yin uning qoidalari asosida kechsa, qulog`ingiz tinch bo`ladi. Mabodo, aksi bo`lsa, tomoshaning zo`rini ko`rasiz.
Xaloskor. U ma`lum yutuqlarga erishgan inson. Boshqalar esa u erishgan narsalarga ega emas. Xaloskor buni adolatsizlik deb biladi. Atrofdagilarga qiyin paytda maza qilib yashashni istamaydi. Axir bechoralarga yordam qo`lini cho`zish kerak emasmi? Odatda, bunday kishilar “Havotirlanmang, men sizni qutqaraman va ovutaman” degan qoida asosida yashaydilar. Ya`ni odamlarga tasalli berish hammaning ham qo`lidan kelavermasligiga, tabiat ularni shunday qobiliyat bilan siylaganiga ishonishadi va buni amalda qo`llamasalar o`zlarini kechira olishmaydi.
Ildizi bolalikda
Xo`sh, nega kishilar jabrdiyda yoki ojiz rolini tanlaydi? Aslida vaziyatning ildizi go`daklikka borib taqaladi. Go`dak qorni ochsa, o`zi to`yg`aza olmaydi, yoki biror noqulaylikni sezsa, bartaraf etolmaydi. Chunki u buni amalga oshirishga chindan ham ojiz. Bolaning hayoti bevosita ota-onasiga bog`liq. Demak, yo`lini qilib, ota-onaning diqqatini jalb etishni o`rganishi kerak. U nima qiladi, yig`laydi, biroz kattaroq bo`lganida esa erkalanadi yoki yalinadi. Odamlarning e`tiborini tortishning bu usuli, ya`ni jabrdiydalik o`sha davrda shakllanadi. Faqat inson ulg`aygach ham ish beradigan o`sha eski usuliga bot-bot murojaat qilaveradi. Nima uchun deysizmi? Ehtimol, muammoni echishning boshqa usulini bilmagani uchundir. Yoki o`zini urintirgisi kelmas.
Nega ojizlikni tanlashadi?
Aslida «ojizlik» so`zi «yomon» so`zi bilan sinonim emas. Bu usul bilan kichik frontlarda g`alabaga ham erishishi mumkin. Biroq ko`pgina ayollar bu rolga shu qadar kirishib ketishganidan uni kasb qilib olganlarini o`zlari ham sezishmaydi. Bu esa vaqti-soati etganida ziyonlariga xizmat qila boshlaydi. Chunki atrofdagilar oxir oqibat bu roldan charchaydilar. Munosabatlarni to`g`ri yo`lga qo`ya olmagach esa uzoqlashishga intilishadi. Qolaversa, jabrdiydalar quvvatni o`g`rilovchilar qatorida turishadi. Bitta gapni bir necha marta qaytarish ham ularga xos odatlardan biri. Bu esa atrofdagilarga chinakamiga noqulaylik tug`diradi. Qolaversa, bu holatlari(o`zini ojiz ko`rsatish)dan g`ayrishuuriy tarzda manfaatdor bo`lishlari ham mumkin.
Muammoning echimi bor
Agar yuqoridagi belgilarni o`zingizda kuzatgan bo`lsangiz, odamlar shu holatimdagina menga yordam beradi degan fikrni qattiq ushlab olganingizni sezsangiz, imkon qadar tezroq chora ko`rishga harakat qiling. To`g`ri, holingizni ko`rib kimlardir boshingizni silashi, ovutishi mumkin, biroq bu hayotingizni tikishingizga arzimaydi. Chunki ko`p muammolarga aynan o`zingiz echim topishga qodirsiz. Vaziyatni o`zgartirish uchun nima qila olaman, deya o`zingizga savol bering. Mas`uliyatni zimmangizga olishingiz, yuzaga kelgan holatni yaxshilashga eng shimarib kirishishingiz lozim. Biz sizga unday qiling, bunday qiling deya maslahat bera olmaymiz. Chunki har bir «qurbon»ning holati turli sabablarga ko`ra yuzaga keladi.
Kim aybdor?
Inson jabrdiyda rolini tanlashiga ko`pincha ota-onalar, do`stu birodarlar, er yoki xotin, xullas, ularning boshini silab, masalani hal qilib berishga o`rgatib qo`ygan yaqinlari sababchi bo`lishadi. Shuning uchun ham ikki kishining o`rtasidagi muammoli vaziyatga aralashishda chegaralarni bilish muhim hisoblanadi. Ayniqsa, ular ta`qibchi va jabrdiyda rolini tanlashgan bo`lishsa! Chunki uchinchi tomon xaloskorga aylanishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa har qanday vaziyatda ham ehtirosga berilmaslikni o`rganing. His-tuyg`ularingizni aralashtirdingizmi, demak o`zingizda ham hal etilishi lozim bo`lgan muammolar mavjud. Chunki odatda xaloskor jabrdiydaning muammolarini tinglar ekan, unda o`zini ko`radi. Jabrdiydani emas, o`zini qutqarishga harakat qila boshlaydi. Natijada uchburchakning ichiga tushadi va undan chiqib ketishi dargumon. Bu degani sizga muammosini aytayotgan insonga befarq bo`ling, e`tibor bermang demaymiz. Uning dardini tinglash, ichidagini aytib olishi uchun imkon yaratish lozim. Faqat munosabat bildirmagan holda. Agar «Ering (qaynonang, qaynsingling) odam emas ekan! Shunaqayam azoblaydimi?» deb yuborsangiz uchburchakka qo`shildingiz degani. Asl maqsadingiz yaqin kishingizga yordam berish bo`lsa-da, taskinlaringiz uni kuchsiz qilib qo`yayotganingizni tushunishingiz lozim. Rahm-shavqat va yordam qo`lini cho`zishning ham me`yori borligini unutmang.
Chiqish yo`li qaerda?
Uchburchakka tushib qolgan har bir inson uning har uchala burchagida bo`lishiga to`g`ri keldi. Har uch qahramonni o`ynashga majbur. Endi tabiat qonuniga ko`ra rollar almashinuvi yuz berishi tayin. Aytaylik, qizingizni xafa qilgan erini tavbasiga tayantirishga kirishdingiz, o`ylab ko`ring bu vaziyatda xaloskordan kuyovingizning ta`qibchisiga aylanmadingizmi? Yoki kelinidan arzi-hol qilgan qaynonaning g`iybatini qo`llab yubordingiz, endi u dodini aytishdan to`xtamaydi. Natijada siz jabr ko`rasiz, kimlarningdir muammolari bilan boshingizni qotirasiz, siqilasiz. Muhimi vaqtingizni besamar ishlarga sarflaysiz. Xaloskordan jabrdiydaga aylanasiz.
Oqlamaymiz, qoralamaymiz ham
Kishilik munosabatlarida insonni yaxshi yoki yomonga ajratish kerak emas. Garchi kim jabrdiydayu kim ta`qibchi ekani kundek ravshan tuyulsa-da, xulosa chiqarishga shoshilmang. Chunki ko`rganlarimiz har doim ham ko`ringanidek shaffof bo`lavermaydi. Baho berishni boshladingizmi, uchburchakning ichidasiz. Ba`zi hollarda o`zini jabrdiyda ko`rsatuvchi kishilar ta`qibchini g`aygrishuuriy tarzda shu ishni amalga oshirishga undayotgan bo`lib chiqadi. Shuning uchun baho berishdan qoching.
Nima qilish kerak?
Farzandingiz, yaqin insoningiz jabrdiydaga aylanib qolmasligi uchun unga ishonch bildiring. Yordam bering, tushuntiring, yo`l-yo`riq ko`sating. Ammo zinhor-bazinhor u uchun masalani echib bermang. Hayoti, hatti-xarakati va qabul qilgan qarorlariga javobgar ekanini tushunsin.
Saodat OChILOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар