Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Yoshlar va sex: Jinsiy Tarbiya Ortidagi Bahslar
Yoshlar va sex: Jinsiy Tarbiya Ortidagi Bahslar

Yoshlar va sex: Jinsiy Tarbiya Ortidagi Bahslar

Yoshlar va sex: Jinsiy Tarbiya Ortidagi Bahslar

Sog’lom jinsiy hayot oilaviy munosabatlar poydevori, har bir xalq yosh avlodni o’ziga xos uslub bilan ertangi kunga tayyorlaydi.

Mutaxassislar fikricha yoshlarga jinsiy tarbiya berishni bolalikdan boshlash va maktablarda bu borada darslar joriy etish lozim.

Yoshlar va jinsiy ta’lim masalasi Amerikadagi oilalar uchun ham nozik masala.

“Kinoga borish, dugonalar bilan ko’cha-do’konlarda aylanish, diskotekalarga borish – bu sho’xliklar ortda qoldi endi”.

Bu yosh ona Massachusets shtatida, Atlantika okeani bo’yidagi Glausester shaharchasida yashaydi.

U qatnaydagian o’rta maktabda bu yili 17 o’smir bir paytda homilador bo’lgani haqida ma’lumot ayon bo’lgach, jinsiy tarbiya yuzasidan munozaralarga e’tibor oshdi.

Jinsiy va axloqiy tarbiya Amerika ta’lim sohasida anchadan beri bahslarga sabab bo’lib keladi. Ikki qarash mavjud: birinchisi, jinsiy ta’lim faqatgina ma’sumlik, bokiralik va to’g’rilikni targ’ib qilsin deydi ba’zilar. Boshqalar esa keng-qamrovli jinsiy tarbiya dasturini, ya’ni kontraseptiv vositalardan foydalanish va yoshlarga ular haqida ma’lumot berish g’oyasini olg’a suradi.

Qarama-qarshiliklar 1980-yillarda, immunitet taqchilligi virusi keng tarqalgan davrga to’g’ri keladi. Xo’sh, maktab bolalariga jinsiy tarbiya qay tarzda berilishi lozim?

21 yoshli Shelbi Noks Texasning Labbok shahrida, o’ta konservativ, diniy oilada o’sib ulg’aygan. Hozirda “Yoshlar Uchun” nomli tashkilot so’zlovchisi. Yosh avlodni to’g’ri jinsiy hayotga yo’llaydigan siyosat va dasturlarni targ’ib qiladi. Shelbi maktabda olgan bilimlarini quyidagicha ta’riflaydi:

“Men o’sgan Labbok shahri maktablarida “saqlanish” tushunchasiga, ya’ni jinsiy hayotni erta boshlamaslikka urg’u berilardi. Darsga mahalliy cherkovlardan ruhoniylarni taklif qilib, dinga asoslangan holda va dunyoviy nuqtai nazardan tushuntirish berishardi. Bunday suhbatlar ayniqsa maktabni bitirish kechalari oldidan qizirdi. Ruhoniylar bizga juda ko’p noto’g’ri ma’lumotlar bergan. Masalan, salomlashganda jinsiy yo’l bilan o’tadigan infeksiyani yuqtirish mumkin; gomoseksual kishilarning yarmida SPID bor degan gaplar. Darslardan birida ruhoniy o’zi bilan jigar rangli, xunuk bir tish shyotkasi olib kelgan. Hojatxonalarni tozalalaydigan shyotkaga o’xshardi. So’ng bir qizni doskaga chiqarib, “shu bilan tishingni tozalagan bo’larmiding?” deb so’ragan. “Hech qachon” degan javobni olgach, cho’ntagidan yangi tish shyotkasi chiqarib, savolni takrorlagan. So’ng barcha o’quvchilarga murojaat qilib, nikohdan oldin jinsiy yaqinlik qilgan odamni jirkanch tish shyotkasiga o’xshatgan.”

O’shandan beri AQSh bo’ylab ko’pgina maktablarda o’quv dasturi o’zgartirilgan. voydodshou.net saytidan olingan. Masalan, Merilend shtatining Montgomeri okrugidagi maktablarda 2007 yili jinsiy tarbiya darslariga yangicha yondashila boshlandi. Biroq o’zgarishdan ayrim ota-onalar norozi.

Ta’lim-tarbiyada javobgarlikni targ’ib qilayotgan bu guruh fikricha dasturni qayta ko’rib chiqish va unga tuzatishlar kiritish juda muhim. Mishel Terner asosan ota-onalardan iborat bu guruh nomidan gapiradi: "Homilaning oldini oluvchi vositalar, gigiyenik g’iloflardan foydalaning deb o’rgatishyapti bolalarga. Bularning foydasini bo’rttirib ko’rsatishyapti nazarimda".

AQSh Oilaviy Masalalar Kengashi va jinsiy tarbiyani targ’ib qiluvchi uyushma ham shu fikrda. Har ikki guruh fikricha ba’zi ta’lim maskanlarida joriy etilgan o’zgarishlar benomuslik va betartib jinsiy aloqalarga yetaklaydi, chunki u nikohsiz yaqinlik normal holat deb o’rgatadi.

"Va’daga jiddiy qarashingizni so’rayman. Ota-onangiz ko’ziga qarab, nikohgacha o’zimni tiyib yurishga va’da beraman ayting. Xudo oldida, ota-onangiz oldida, bo’lajak turmush o’rtog’ingiz oldida va’da bu"!

Nikohsiz yaqinlikdan voz kechish diniy marosimga aylansin, deydi ba’zi ota-onalar. Haqiqatdan ham, “poklik qasamyodi” deya atalmish to’yga o’xshagan bu kabi tadbirlar ba’zi shtatlarda, jumladan Janubiy Dakotada o’tkaziladi. Mehmonlar oldida shirinliklar, ota bilan birinchi raqs … Farqi shundaki, bu tadbirda otalar qizlarini turmushga berayotgani yo’q.

"Bugungi zamonda, agar qizlar jinsiy hayotga erta qadam qo’ygan bo’lsa, to’y bema’ni bir tadbirga aylanadi. Qiz uzatish bu axir”!

Bunday qarashlari bilan tanilgan senatorlardan biri Sem Braunbek. Besh farzandning otasi.

”Boshqa ota-onalar singari, mening ham farzandim nikohgacha pok, bokira bo’lsin deyman”.

“Menimcha, bunday qasamyod g’irt bema’nilik. Hayotingni otang yoki turmush o’rtog’ingni qo’liga berib qo’yishdek gap. Daxlsizlik, mustaqil fikrlash qayerda qoldi”? - deydi Shelbi Noks.

Aksincha, yoshlarga shahvoniy mayllarni jilovlashni o’rgatgan ma’qul, deydi Diana Kegan, taqvodor.

”O’smirlar jinsiy hayot haqida nimani bilsin. Yengiltaklik homiladorlikka olib boradi”.

Kolumbiya Universiteti qoshidagi ijtimoiy tadqiqotlar markazi yaqinda so’rov o’tkazgan.Hazon.ru saytidan olingan. Unga ko’ra amerikaliklarning 90 foizi saqlanish haqida gapiradiyu, o’zi boshqa yo’l tutadi.

Jeyms Vagoner, “Yoshlar Uchun” tashkiloti rahbari, eng muhimi - yoshlarga bilim beraylik deydi.

“Yosh avlod qayerda bo’lmasin, nimani xohlaydi? Do’st orttirishni, aloqa qilishni. Jinsiy munosabatlar shundan boshlanadi. Yoshlar jinsiy aktiv bo’lishi ham tabiiy. Lekin masalaga faqat biologik nuqtai nazardan emas, butunligicha qarash zarur”.

Mutaxassislar nazarida jinsiy tarbiya ham ota-ona, ham maktab burchi. Qolaversa, butun jamiyat. Ko’payish va nasliyat inson uchun muhim ekan, jinsiy hayot haqida saboq berish tabiiy zarurat deydi olimlar.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: