Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Jinsiy hayotning sifatini oshirish yo'llari
Jinsiy hayotning sifatini oshirish yo'llari

Jinsiy hayotning sifatini oshirish yo'llari

Jinsiy hayotning sifatini oshirish yo'llari

Oiladagi intim hayot oilaviy
munosabatlarning yaxshi
bo'lishida juda ham katta
ahamiyatga ega. Deyarli barcha
oilalarda tushunmovchiliklarning
75% intim hayotdagi
tushunmovchiliklar tufayli yuzaga
keladi.
Jinsiy ehtiyoji qondirilmagan er
birdan arzimagan uy ishlari uchun
xotiniga jahl ko'rsatadi, shunda
xotin: "Artilmagan tufli uchun
hech qachon janjal qilmagan erim
birdan shunchalik jahli chiqyapti"
deb hayron bo'ladi. Yoki aksincha,
sifatsiz amalga oshirilgan
qo'shilish natijasida ehtiyoji
qondirilmagan ayol kuni bilan
asabiylashgan yoki ichiga alamini
yutib eri kuni bilan yotib futbol
ko'rayotganidan araz qilib yurgan
bo'ladi. Erning jahlini chiqargan
artilmagan tufli emas, xotinning
arazlashiga ham futbol sababchi
emas, aslida insonning tabiiy
ehtiyojlari qondirilmagani
hammasiga sababchi.
Tabiat shunday ekan, erkak uchun
jinsiy aloqaning soni muhim
bo'lsa, ayol uchun uning sifati
ahamiyatlidir. Shuning uchun
oilada intim mavzuda
tushunmovchiliklarni bartaraf
etish uchun erkak ham ayol ham
harakat qilmog'i lozim. Quyidagi
qoidalar sunda sizga yordam
beradi...
1. Qo'shilishga majburiyatdek
qaramang. Ko'pincha ayollar
uchun qo'shilish erkakni ehtiyojini
qondirishdek bir majburiyatdir.
Jinsiy aloqaga bunday yondashsa,
hech qachon undan lazzatlana
olmaysiz. Shuning uchun
qo'shilishga majburiyatdek emas,
xohishdek qarang.
2. Qo'shilish davomida boshqa
narsalar haqida o'ylamang. O'sha
payt dunyoda faqat siz va sevimli
yoringiz bor, muammolar,
qiyinchiliklar...barchasi yo'q. Faqat
yoringiz haqida va unga lazzat
keltirish haqida o'ylang.
3. Uyalmang. Uyat jinsiy aloqa
sifatli bo'lishida eng katta
dushman. Er va xotin orasida uyat
bo'lishi kerak albatta, lekin jinsiy
munosabatlarda uyat bo'lishi
noo'ring. His-tuyg'ularingizni
ko'rsata olmasangiz, ayta
olmasangiz, yoringiz sizga nima
kerakligini toki nima yoqishini
topa olmaydi.
4. Yo'q demang. Eringiz yoki
xotiningiz o'zi uchun intim
mavzuda nimadir so'rasa, yo'q
demang. Mehr va muhabbat bilan
uning istagini bajarishga harakat
qiling. Agar sevsangiz bu oson
bo'ladi, chunki sevgan odam o'z
sevgilisiga yaxshi bo'lishi uchun
hech narsadan bosh tortmaydi.
5. Shoshilmang. Yoringizdan intim
mavzuda nimadir so'rasangiz,
uning tuy'g'ularini ham inobatga
oling. Yoringiz uchun mutloq
to'g'ri kelmaydigan narsalarni
bajarishini so'raganingizda
shoshilmang. Unga vaqt bering va
uni bunga ma'naviy tayyorlang.
6. Qo'shilish orqali yarashing. Er va
xotin orasida urush chiqishi oddiy
holat. Yarashish jarayoni qo'shilish
orqali amalga oshirilishi yoqimli
bo'ladi. Chunki jinsiy qo'shilish
natijasida aytilmagan shirin
so'zlar, mehr va kechirish izhor
etiladi.
7. Sifatni oshiring. Jinsiy aloqa
sifati uning davomiyligi bilan
emas, balki lazzat olish darajasi
bilan aniqlanadi. Ikki soat lazzatsiz
qo'shilishdan ko'ra, 15 daqiqalik
yorqin lazzatli qo'shilish
muhimroq. Shuning uchun birga
bo'lganingizda erkalashga ko'p
vaqt ajratsangiz, yoringizni
jismonan va ma'naviy tomondan
qo'shilishga yaxshilab tayyor qilib
qo'ysangiz, qo'shilishdan er ham,
xotin ham lazzat ola oladi.
Yoringizga yoqadigan, uni
xursand qiladigan, unga lazzat
keltiradigan harakatlarni
qizg'anmang. Jinsiy qo'shilish
shakllarini o'rganing va tadbiq
qiling.
8. Hayron qoldirishni biling. Agar
er-xotinning intim hayotining
birinchi yillari qiziqarli,
taasurotlarga boy bo'lsa, yil o'tgan
sayin jinsiy aloqa bir maromga
kela boshlaydi. U faqatgina tabiiy
ehtiyojni qondirish usuli emas,
balki er va xotinni bir biriga
bo'lgan mehrini, sevgisini va
minnatdorchiligini ko'rsatish
usuliga aylanadi. Ana shunda
yoringizni hayron qoldirish bu
jarayonga cho'g' qo'sha oladi.
9. Yoringiz haqida o'ylang. Uyda
bo'lmaganingizda yoringiz haqida
faqat yaxshi tomonlarini o'ylab
eslang.
10. Jinsiy aloqa bilan muntazam
shug'ullaning. Ilmiy tadqiqotlar
jinsiy aloqa sog'liqqa foyda
keltirishini ko'rsatgan. Undan
tashqari qo'shilish orqali er va
xotin munosabatlari yanaga
go'zallashadi va uyg'unlashadi. Hazon.ru saytidan olingan.
Stressdan holi bo'lish uchun,
yoringizga lazzat keltirish uchun,
undan tashqari kun mobaynida
bola-chaqa, uy-yumushlaridan
so'ng intim darajada birga bo'la
olish maqsadida jinsiy aloqa bilan
muntazam ravishda shug'ulaning.
Eng asosiysi,
intim hayotga
munosabat er
va xotinda bir xil
bo'lgani.
Er uchun nima afzal bo'lsa, xotin
uchun ham shu afzal bo'lishi
kerak, ya'ni jinsiy aloqaning soni,
ko'rinishi, holati va davomiyligi er
va xotin uchun birdek yoqishi
ideal holatga olib keladi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: