Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Jinsiy Munosabatlar Haqida 10ta Ajoyib Sir
Jinsiy Munosabatlar Haqida 10ta Ajoyib Sir

Jinsiy Munosabatlar Haqida 10ta Ajoyib Sir

Jinsiy Munosabatlar Haqida 10ta Ajoyib Sir

Jinsiy aloqa er-xotin
munosabatlarida eng asosiy
hisoblanmasa ham, u juda
muhimdir. Oiladagi totuvlik ham
jinsiy munosabatlarda muammo
bo'lmasligiga bog'liq.
Afsus, yillar o'tib, 10-15 yil birga
yashagan er-xotinda jinsiy
munosabatlar o'z boyligi, ehtirosi,
kuchi va romantikasini yo'qotib
boradi. Qanday qilib bunga yo'l
qo'ymaslik mumkin?
Jinsiy aloqa asosiy bo'lmasa
ham, u bo'lmasligi yaxshi emas.
Er-xotin har kuni yoki har ikki
kunda jinsiy aloqa qilishi shart
emas. Umuman aloqalar haftada
necha marta bo'lishi emas,
ularning er-xotin uchun yetarli
bo'lishi muhim. Jismoniy yaqinlik
natijasida ruhiy yaqinlik ham
kuchayadi. Agar er-xotin borgan
sari kamroq jismoniy aloqada
bo'lsa, ular orasida ruhiy
uzoqlashuv paydo bo'la boshlaydi,
bu esa o'z navbatida yana
jismoniy sovuqlikka olib keladi.
Bir-biringizni nafaqat tunda,
balki kun mobaynida erkalash
haqida unutmang.
Kopincha juftliklar jismoniy
yaqinlashuvni faqat jinsiy
aloqadan oldin amalga oshiradilar.
Agar yaqin daqiqalarda jinsiy
munosabatga imkoniyat bo'lmasa,
demak bir-birini tegish, silash,
erkalash ham mumkin emasdek
tuyuladi. Psixolgolarning fikricha,
kun mobaynida natijasi jinsiy
aloqa bo'lmasa ham, er-xotin bir-
birini erkalab turishi ular orasidagi
jismoniy yaqinlikni kuchayishiga
olib kelar ekan.
Biron xafagarchilikdan so'ng
yarashish jinsiy aloqa bilan
yakunlansin.
Qattiq kelishmovchilik natijasida
er-xotin xafa bo'lib qolgani bilan,
bir-biriga bo'lgan muhabbat
so'nmagan bo'ladi. Shunda jinsiy
aloqa shu muhabbat izhori
sifatida ayni muddao bo'lishi
mumkin.
Jinsiy aloqa bozordagi buyum
emas.
Ba'zi ayollar biron maqsad ko'zlab
jinsiy aloqani bozorga soladilar.
"Agar shunday bo'lsa", bo'ladi, aks
holda "yo'q", deb. Erkak kishi
bunday oldi-sotdiga ko'pi bilan 1
yil chidaydi, keyin aksi bo'lib
qo'lishi mumkin.
Kino yoki romantik kitoblardek
munosabatlarga ishonmang.
Go'zal ichki kiyim, ajoyib tushlik va
shag'amlar bilan jinsiy aloqada
bo'lish juda romantik va yoqimli
tuyuladi. Bunday kecha unutilmas
bo'lishi aniq. Lekin sizda 3
farzand, ish, uy yumushlari va
yuvilmagan idishlar turganda
haligi kechani uyushtirish juda
qiyin bo'lsa kerak. Shunday
damlarda tushkunlikka tushmang,
romantik bo'lmasa ham, lekin bir-
birini sevib tushunadigan er-xotin
orasidagi jinsiy aloqa ham juda
yoqimli bo'ladi.
Yuqorida ta'kidlangan romantika
ba'zida bo'lib turadi.
Har kuni emas, har hafta ham
emas, ba'zida munosabatlarga
biroz olov yoqish uchun romantik
muhit yoki biron noana'naviy
ko'rinishni tajriba qilib ko'rish
foydadan xoli bo'lmaydi.
Oyin kattalarga ham kerak.
Er-xotin yillar o'tib yoshligidagi
o'ynashishlar, hazillashishlarni
unutib yuboradilar. Yosh o'tgani
bilan dil yosh bo'lsa,
munosabatlarni qizdirib turish
osonroq bo'ladi.
Bir-biringiz ko'zingizga qarang.
Ba'zida bo'lsa, ham lazzatlanish
payti bir-biringiz ko'zingizga
qarang. Dao faylasuflarining
fikricha, o'sha payt inson
ko'zlarida butun muhabbat va
ehtirosni ko'rsa bo'lar ekan. Keyin
ancha payt sizga qaragan o'sha
ko'zlarni unuta olmay yurasiz.
Idish-tovoq kutib turadi.
Kundalik ish-yumushlar haqidagi
o'ylar bizni hatto jinsiy aloqa payti
ham tark eta olmasligi mumkin.
Bunday o'y va fikrlar bizga to'liq
ruhan va jismonan
lazzatlanishimizga yo'l qo'ymaydi.
Unuting. Baribir hozir hech narsa
qila olmaysiz. Lazzatlaning, ertaga
esa yangi kun boshlanadi.
Tez jinsiy aloqa muammolar
yechimi. Hazon.ru saytidan olingan.
Charchov va yumushlar, kundalik
stress, vaqtning yetishmasligi er-
xotin orasidagi jinsiy
munosabatlarni yo'qqa chiqarishi
to'g'ri emas. Shoshilinch payti tez
jinsiy aloqa erkakka ham ayolga
ham yoqimli bo'ladi. Yig'ilib qolgan
stressni yengadi. Ayollarga
aloqadan oldin uzoq erkalash
talab etiladi deyilgan, lekin
charchagan payti, umuman hech
narsa bo'lmaganidan ko'ra
muhabbat va ehtirosga boy
qisqagina jinsiy aloqa hech bir
ayolni befarq qoldira olmaydi.


Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: