Juda toliqqan onalarga maslahatlar
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Juda toliqqan onalarga maslahatlar
- Дата релиза: 25-01-18, 17:00
Albatta, har bir yosh bolali ona gohida qattiq charchaydi, zerikadi va umidsizlikka tushadi. Biz bunday holatlarda ularga yordam bera oladigan eng yaxshi foydali maslahatlarni to‘pladik.
O‘zingizga mashg‘ulot toping
Onlayn-kurslarga yoziling yoki uyda o‘tirib bajariladigan biron-bir ish toping. Hatto agar siz bunga bir kunda bir soat vaqt ajratsangiz ham, o‘zingizni odamdek his qilasiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p o‘tirmang
Buning o‘rniga kitob o‘qing, yaxshi filmlar va seriallar tomosha qiling. Buni bolani emizish vaqtlarida qilish mumkin, sayrga chiqqanda esa – audio kitoblar eshiting.
O‘zingizni yaxshi ko‘ring
Vaqti-vaqti bilan go‘zallik saloniga borib turing, shopingga chiqing. Shokolad sotib oling va uni o‘zingiz yeng.
Mukammal beka bo‘lishga urinmang
Agar uy ishlarida o‘zingizga yordamchi yollasangiz, bo‘sh vaqtlaringizni bolalar bilan o‘tkazishingiz yoki dam olishingiz mumkin.
Ovqatni ikki-uch kun uchun tayyorlang
Kechagi ovqat to‘yib uxlamaslik va asablarning toliqishidan farqli ularoq sog‘liqqa zarar yetkazmaydi.
Turmush o‘rtog‘ingiz, onangiz va qaynonangizdan yordam so‘rashga uyalmang
Hatto yaqin odamlaringiz ham ba’zan qanday yordam berishini bilmay qoladi. Hech bo‘lmasa ikki haftada bir marta bir-ikki soat vaqtingizni o‘zingiz yolg‘iz, lekin bolalarsiz yoki do‘stlaringiz bilan o‘tkazing.
Bolalar bilan turli joylarga sayrga chiqing
O‘rganib qolgan bolalar maydonchasiga borish o‘rniga hayvonot bog‘i, botanika bog‘iga va boshqa joylarga borishga harakat qiling
Nizolardan qoching
Sotuvchi sizga qo‘pol muomalada bo‘ldi yoki ko‘chada biron-bir qariya sizga nohaq tanbeh berdi deb hisoblaysizmi? O‘zingizning haqligingizni xushmuomalalik bilan, lekin qat’iy bildiring. Holat sizga qattiq tegdimi? Bu haqda butunlay unuting va kechirishga harakat qiling! Ichingizda bir necha marta takrorlang: “Menga asabiylashish mumkin emas”.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар