JUFTI HALOLMI Yo JIGARLAR?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: JUFTI HALOLMI Yo JIGARLAR?
- Дата релиза: 16-11-17, 18:46
Har birimizning aka-ukamiz, opa-singlimiz, xullas, jigarlarimiz bor. Ularni yaxshi ko`ramiz, qadrlaymiz. Lekin oila qurgach, yana bir inson hayotimizga kirib keladi. Ba`zida biz jigarlarimizmi yoki ikkinchi yarmimiz degan mushkul tanlov oldida qolamiz. Ba`zida esa shunchaki, jigarlarimizga avvalgidan kamroq mehr-oqibat ko`rsata boshlaymiz. Nega shunday? Nega bir paytlar bir ko`rpa tagida katta bo`lgan qarindoshlar oila qurib, bir-biridan uzoqlashib ketadi. Nega ba`zida yangi oilaviy rishtalar eskilarini zaiflashtiradi?
«UYLANGACh, AKAM O`ZGARIB QOLDI...»
Yoshim 17 da. Oilada ikki farzandmiz. Akajonimni juda yaxshi ko`raman. U ham meni eru ko`kka ishonmaydi, mehribon, doim himoya qiladi. O`tgan yili uni uylantirdik. Shundan keyin akam o`zgarib qolgandek. Endi o`qishdan kech qolsam, xavotir olmaydi, telefon qilmaydi. Bayramlarda men emas, kelinoyim bilan bog`larga, kinolarga boradi. Yaqinda esa ikki oylik qizalog`ini «mening yagona malikam» deb erkalayotganini eshitib qoldim. Ilgari meni shunday atardi. Nahotki, men u maqomdan tushdim?
Malohat, 17 yosh
Nega aka o`zgarib qoldi? Balki o`zgargan aka emas, singilning o`zidir? Balki, aksincha, singil vaziyatga mos ravishda o`zgarishi kerakdir? Avvalgi xudbinlik, bolalarcha erkalik, dunyo faqat mening atrofimda aylanadi, degan fikrlardan voz kechish payti keldi, singiljon. Albatta, akangiz hayotiga kirib kelgan, unga yangi ma`no baxsh etgan insonlarga vaqt va e`tibor ajratadi. Endi uning mas`uliyati, majburiyati ko`proq. Siz ham katta qiz bo`lib qoldingiz, akangiz har daqiqada qo`ng`iroq qilishga zarurat yo`q deb hisoblayotgandir. U mehribon inson ekan, ichidagi mehrni ilgari faqat sizga armug`on etgan, endi esa uning mehriga intiq va haqli boshqa insonlar ham bor. Bu hayot qonuni. Kun kelib siz ham kimningdir akasi (ukasi, o`g`li)ga ega chiqasiz. Qaytar dunyo, hozir siz qilayotgan munosabatni sizga nisbatan qaytarmasliklari uchun o`zingizni ozgina o`zgartiring va mavjud voqelikka ko`ning.
«KELINIMNI YoQTIRMADIM...»
Ukamni uylantirganimizda men hali turmushga chiqmagan edim. Tinchgina hayotimiz birdan buzildi. Kelin bilan hech chiqisha olmadik. Betartib, befarosatroqmi, bilmayman. Xullas, kunora ro`y beradigan ziddiyatlarda ukam doim kelin taraf. Tunov kuni qulupnay murabbo qilyapmiz, yordam berish o`rniga yasanib oldi, ukam kelib, mashinasida aylantirgani olib ketdi. Oyim «Indama, hali yosh, o`ynasin» deydi. Mayli, indamayman, lekin nega ukam men tugul, onasiga achinmaydi? Oyim ikki bukilib, qulupnay tozalayapti, u bo`lsa xotinini etaklab olib ketdi. Halitdan shunaqa bo`lsa...
Madina, 26 yosh
Avval xolis nazar tashlang: ukangizni qizg`anmayapsizmi? Bu so`zlarni siz emas, ichingizdagi rashk gapirayotgan bo`lsa, shu muammo ustida ishlash kerak. Lekin kelinga ham bu uyning tartib-qoidalarini tushuntirish lozim. Iloji boricha ertaroq. Shunday tashlab qo`ysangiz, munosabatlar siz emas, u istagan yo`lda rivojlanadi. Ziddiyatlardan qo`rqmang, ularsiz hech bir oila yo`q. Avval, ukangizga ahvolni tushuntiring, biron joyga borishni hech bo`lmasa bir kun oldin rejalash, ketish oldidan qaynonadan ruxsat so`rash degan narsalarni xotiniga o`rgatsin. Kelin hali yosh, qo`rqmay maslahat beravering. Faqat bu o`rinda nimani aytishdan ham ko`ra qanday aytish muhimroq. Gap ohingingizda opalarcha mehr va hamdardlik sezilib tursin.
«O`Z UKAM YuRAGIMGA NISh SANChIDI»
Ota-onam o`tib ketishgan, ukam ikkimizni tog`alarim katta qilishdi. Men o`zimni o`nglab, ishlarim yurishib ketgach uy sotib oldim va ukam bilan o`sha erda yashay boshladik. Uylandim, farzandli bo`ldim, xotinim ukamni o`z farzandidek ko`rib, oq yuvib, oq taradi. Farzandlarim tug`ilsa ham, ukamga mehrim bo`linmadi, uni to`ng`ich farzandimizdek katta qildik. Ammo uylangach ukamning fe`li tamoman o`zgardi. Avvaliga ovsinlar chiqisha olmadi. Keyin ukam aralashib, onadek o`stirgan kelinoyisi bilan urishadigan bo`ldi. Yaqinda esa menga tik gapirishgacha bordi. Ochig`i, qattiq tegdi. O`sha kuni yuragim xuruj qilib, «tez yordam» chaqirdik. Endi uning ro`zg`orini bo`lak qilib bermoqchiman.
Abdurahmon, 35 yosh
Ukangiz noto`g`ri ish qildi, deb har kim ham ayta oladi. Ammo endi qanday chora kshrish kerak degan savolga faqat o`zingiz to`g`ri javob topishingiz mumkin. Menimcha, bu o`rinda ukangizni haddan ortiq papalab o`stirganingiz rol o`ynayapti. U ota-onasiz o`sgani uchun emas, mehribon akasi panohida bo`lgani uchun, yumshoq qilib aytganda, vaziyatga to`g`ri baho bera olmaydigan bo`lib qolgan. Qolaversa, shu yoshgacha ayol mehrini to`la his qilmagan. Kelinoyisi sizdan va bolalaridan ortsa, unga e`tibor bergan. Ayoli esa ukangiz uchun haqiqiy mehr manbaiga aylangan. Men uni oqlamoqchi emasman, shunchaki, bundan keyin u hech qachon siz ilgari bilgan odam bo`lmasligini aytmoqchiman. Hatto ota-ona ham vaqti kelsa, farzandlarining ro`zg`orini bo`lak qilib berishadi, ya`ni ularni qo`yib yuborishadi. Ukangizni qo`yib yuboring. Vaqti kelib, noto`g`ri ish qilganini anglaydi. Umuman, sizdagi yurak xurujiga faqat ukangiz aybdor bo`lmasa kerak. Shuncha yillik mas`uliyat yuki, qiyinchiliklar etmagandek, oxirgi paytda oilangizda bo`layotgan notinchliklar oshib tushgan. Uyingiz tinch bo`lsin, ukangizning ro`zg`orini rostan ham bo`lak qilib bering. Undan ranjimang, u aslo nonko`rlik qilmadi, shunchaki o`zi ko`rgan va eshitgan narsalar hamda asl haqiqat o`rtasidagi farqni anglay olmadi. Unga vaqt bering.
«OPAJON, MENI UNUTIB QO`YDINGIZ...»
Katta opam 14 yosh bo`lganida men tug`ilganman. U men uchun ikkinchi onadek edi. Meni qo`lida ko`tarib katta qilgan, bog`cha, maktab, to`garaklarga olib borgan, kiyimlar, o`quv qurollari olib bergan, har kuni maktabga ketayotganimda pul bergan... Xullas, otam yo`qligini bildirmagan, onamning yonida turib, meni voyaga etkazishda ko`maklashgan aziz insonim. 12 yoshga to`lganimda opamni uzatdik. Shundan keyin u uyimizga kam keladigan bo`ldi, men yaqin insonimni yo`qotib qo`ygandek mung`ayib qoldim. Jiyanlarim tug`ilgach esa opam umuman menga e`tibor bermaydigan, hatto tug`ilgan kunimda telefon orqali ham tabriklamaydigan bo`ldi. U meni eri va farzandlariga almashtirib yubordi.
Ma`ruf, 18 yosh
Opangiz bir umr yoningizda qolsinmi edi? Siz bir umr uylanmay uning uchun hayotingizni bag`ishlay olarmidingiz? Hozir tuyib turgan hissiyotlaringiz ta`sirida «ha» deb javob bersangiz ham aytamanki, bu noto`g`ri hayot tarzi bo`lar edi. Hammamiz kun kelib o`z oilamizni quramiz, hayotimizda jigarlarimizdan tashqari jigarporalarimiz ham paydo bo`ladi. Siz ulg`aying, ukajon. Ma`nan ulg`aying. Onangizga ko`proq e`tibor bering, tirgak bo`ling. Opangizga esa minnatdorlikdan boshqa tuyadigan hamma hislaringiz nonko`rlikdir. Ularni unuting, opangizni tushuning va unga yordam bering. U sizni almashtirmadi, shunchaki, hayot oldiga qo`ygan muhim vazifalarni hal qilyapti, xolos. Bir kun sizning oldingizda ham shunday vazifalar ko`ndalang bo`ladi. Shunda, aminmanki, opangiz yana ko`makka shoshiladi.
Shahnoza TO`RAXO`JAEVA .
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар