Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kaloriyasi eng kam bo‘lgan 6 oziq-ovqat
Kaloriyasi eng kam bo‘lgan 6 oziq-ovqat

Kaloriyasi eng kam bo‘lgan 6 oziq-ovqat

Kaloriyasi eng kam bo‘lgan 6 oziq-ovqat
“Vazn yig‘ilmasligi uchun nima yeyish mumkin?” degan savolga birinchi bo‘lib xayolga kashnich — quyonlar va ozuvchilarning shoh yeguligi keladi.

Shubhasiz, u kaloriyasi eng kam va foydasi eng ko‘p bo‘lgan oziq-ovqatlarning ajoyib namunasi hisoblanadi. Kashnichning tarkibidagi ftalidlar tomirlar devori mushaklarini bo‘shashtiradi, bu esa qon oqishini yengillashtiradi va qon bosimining pasayishiga yordam beradi.

Lekin faqat kashnich bilan cheklanib qolmaslik kerak! Quyida keltirilgan oziq-ovqatlar kaloriyasi va foydaliligi jihatidan kashnichdan qolishmaydi!

Ko‘k choy (shakarsiz!). Uning tarkibida saratonning ko‘pchilik turlari xavfini kamaytirishga va yog‘larni yo‘qotishga yordam beruvchi ECGC antioksidantlari juda ko‘p. Bir kunda 2—4 piyola ko‘k choy ichish sizni 50 kaloriyadan qutqaradi.

Ismaloq. Ismaloq yordamida 100 kaloriya to‘plamoqchi bo‘lsangiz, bu barglardan 15 stakan yeyishingizga to‘g‘ri keladi! Uning tarkibida K vitamini, kalsiy, fosfor, kaliy, rux va selenning katta zahirasidan tashqari mushak to‘qimalarining tezroq tiklanishiga yordam beruvchi gormon ham mavjud!

Kivi. Uning tarkibida kletchatka, kaliy va E vitamini, shuningdek C vitaminining sutkalik me’yori va K vitamini me’yorining uchdan bir qismi mavjud. Va bularning hammasi 42 kaloriyaga ega bo‘lgan bir dona kivi mevasi tarkibidan joy olgan.

Bargli lavlagi. Bargli lavlagi — odatdagi lavlagining yaqin qarindoshi. Uning tarkibida 16 xil vitaminlar va kerakli mikroelementlar bor. Bu bargli sabzavotning bir stakani 7 kaloriyaga ega. Bor-yo‘g‘i 7 kaloriya ichida K vitamini sutkalik me’yorining 3 karrasi, A vitamini me’yorining yarmi va E vitamini me’yorining esa 16 foizi mavjud.

Uyda tayyorlangan ho‘l pishloq. Uyda tayyorlangan ho‘l pishloqning kaloriyasi oddiy pishloqdagi kaloriyaning beshdan bir qismini tashkil qiladi. Uning tarkibida meva va sabzavotlardagi kabi vitaminlar ko‘p emas, lekin zarur oqsillar bor.

Yashil bulg‘or qalampiri. 1 stakan to‘g‘ralgan yashil bulg‘or qalampirida C vitamini apelsindagiga qaraganda ko‘proq, kaloriyasi esa — uch marta kamroq.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: