Karamning inson sog`lig`i uchun foydakb tomonlari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Karamning inson sog`lig`i uchun foydakb tomonlari
- Дата релиза: 02-05-18, 17:08
Karam inson salomatligi uchun juda ham foydali mahsulotdir. Karam tarkibida qandlar, organik kislotalar, vitaminlar (S, R, V, V2, RR, K, E) va karotin, pantoten va folat kislotalar, yog`, fermentlar, fitonsidlar, kaliy, kalsiy, yod, marganes, temir va boshqa elementlarning tuzlari bor. Bevosita ovqatga ishlatiladi, tuzlanadi va konserva holida iste`mol qilinadi. Karam xalq tabobatida turli kasalliklarga ishlatiladi, organizmdan xolesterinning chiqib ketishini tezlatadi. Karamda biriktiruvchi modda ko`p. Unda kaliy, qand, oltingugurt, kalsiy, fosfor, yog`lar, laktoza mavjud.
Karamning kechkisida ertagisidan ko`ra S vitamini ko`proq bo`ladi. Bu vitamin uzilgan karam boshida sakkiz oy davomida kamaymasdan saqlanadi. Oq boshli karamda inson organizmi uchun zarur bo`lgan barcha vitaminlar va foydali mineral moddalar bor. Karam tarkibida glyukoza apelsin, limon va olmaga qaraganda ko`proq, fruktoza miqdori esa, sabzi, piyoz, limon va kartoshkadagiga nisbatan ko`proq miqdorda mavjuddir. Uning shifobaxsh xususiyatlari ustida to`xtalib o`tamiz.
Tuzlangan karam o`z tarkibidagi uksus va sut kislotalari organizmdan chirituvchi bakteriyalarni chiqarib yuborish xususiyatiga ega. Tarkibida saxaroza i kraxmal miqdorining ozligidan yangi karamni iste`mol qilish diabetiklar uchun ha mjuda foydali. Uni ozishni maqsad qilganlar ovqatlanish ro`yxatiga kiritishlari mumkin.
Karamdagi ichaklar faoliyatini yaxshilovchi biriktiruvchi moddalar organizmni turli xiltlardan va xolesterindan tozalaydi va ichaklarda foydali mikroflorani shakllantiradi.i turli xiltlar chi sh ro`yxatiga kiritishlari mumkin.
Terining kuygan, yiringli yara, sovuq urgan va zarbadan ko`kargan joylariga maydalangan karam bargini kompres qilib qo`yilsa, bu yara va jarohatlar bitishini tezlashtiradi.
Yangi karamdan olingan sharbat ichish yordamida pankreatitdan, oshqozon yarasidan, xolesistitdan, gastritdan, me`yoridan baland yuruvchi oshqozon shirasidan, sistitdan va xronik pielonefritdan forig` bo`lish mumkin.
Karam sharbati asab qo`zg`alish illatini kamaytiradi, tomirlar aterosklerozini davolashda yordam beradi, ortiqcha vazndan xalos etadi va turli shishlarni ketkazishda yordam beradi.
Qondagi qand moddasi miqdorini kamaytirish uchun karam sharbatiga iliq suv qo`shib, ovqatlanishdan yarim soat oldin chorak stakandan ichiladi.
Karam sharbati ichish yuzga toshgan sepkildan forig` bo`lishga sabab bo`ladi.
Sariq kasali bilan og`riganda, qabziyatda, bavosirda, gastritda, oshqozon shirasi me`yoridan past yurganida, bepushtlikda, disbakteriozda va doimiy charchoq his qilishda karam sharbati ichish tavsiya etiladi.
Karamni iste`mol qilib bo`lmaydigan holatlar
Pankreatitda organizmning qorin va ko`krak qismida jarrohlik amaliyotlarini boshidan kechirgan kishilar yangi karam iste`mol qilishdan o`zlarini tiyishlari lozim.
Oshqozon va ichak yo`llarida qon oqishi, oshqozon yarasi xuruji, qalqonsimon bez faoliyati buzilishi holatlarida karam iste`mol qilish mumkin emas.
O`tkir enterokolitda va diareya (ichketish)da karamni juda ehtiyot bo`lib iste`mol qilish lozim bo`ladi.
Yangi karam sharbatini ichish oshqozonida shira ajratilishi me`yoridan yuqori bo`lgan kishilarga mumkin emas, chunki bu sharbat oshqozon bezi faoliyatini kuchaytiradi.
Gastrit, pankreatit, oshqozon yarasi , qon bosimi, jigar va buyraklarida xastaligi bo`lgan kishilarga tuzlangan karam iste`mol qilish ruxsat berilmaydi.
muslim.uz saytidan olindi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар