Kartoshka og`riqqa, shamollashga qarshi davo
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kartoshka og`riqqa, shamollashga qarshi davo
- Дата релиза: 05-02-18, 16:05
Kartoshkani “ikkinchi non” deyishadi. Bu sabzavotning ko`pgina kasalliklarga shifo ekanini eshitib kelardim. Yaqinda bir dugonam bosh og`rig`i, buyrak og`rig`ida kartoshkadan foydalanish haqida so`zlab berdi. Ularni sizlar bilan ham o`rtoqlashmoqchiman.
● Tez-tez bosh og`rig`i bezovta qilganda, bir dona xom kartoshka archilib, qirg`ichdan chiqariladi. So`ng 2 stakan qaynatilgan suvga solinib, 4-5 daqiqa qaynatiladi. Qaynab chiqqach, doka yordamida suzib olinadi va shu suvdan har nonushta oldidan yarim stakandan ichiladi. Muolaja har 3 kunda bir marta bir oy mobaynida bajariladi.
● Buyrak shamollaganda yoki buyrakda tosh yig`ilganda ham darmon o`rnida kartoshka asqatadi. Buning uchun o`rtacha kattalikdagi 5-6 dona kartoshka po`stlog`i bilan suvda qaynatiladi. Ezilib pishgach, po`stlog`i bilan yaxshilab mijig`lanadi va bo`tqa holatiga keltiriladi. Tayyor bo`tqaga 1 osh qoshiq ichimlik sodasi solib, yana aralashtiriladi. Hosil bo`lgan malhamni og`riyotgan buyrak ustiga yoyish kerak. Ustidan sellofan va sochiq o`raladi.
40 daqiqadan so`ng kartoshkali malhamni asta-sekin olib, terini iliq suvda chayish lozim. Bu muolajani 2-3 marta takrorlang. Muolajadan so`ng qorin sohasini doim issiq tutishni unutmang.
● Kuyishdan jarohat olganda ham kartoshka bilan birinchi yordam ko`rsatish mumkin. Agar tananing biror joyi kuyib qolganda, ochiq yara hosil bo`lmagan bo`lsa, tezda 1 dona kartoshkani po`stlog`idan archib, qirg`ichdan chiqaring. So`ng terining kuygan qismiga qo`yib, mato bilan o`rang. Kartoshka ilib qolgach, uni boshqasiga almashtiring. Shu tariqa bir necha marta takrorlang. Natijada og`riq va achishishlar ketib, kuygan teri asta-sekin tuzala boshlaydi.
Shahlo Rustamova, Qarshi shahri
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар