KARTOShKA YaNADA MAZALI BO`LSIN DESANGIZ
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: KARTOShKA YaNADA MAZALI BO`LSIN DESANGIZ
- Дата релиза: 31-10-17, 13:05
Taom va eguliklarga eng ko`p ishlatadigan mahsulotimiz bu kartoshka! Undan foydalanayotganda esa ayrim oddiy qoidalarga amal qilsak, bas!
Kartoshka qaynatayotganda suvga 2-3 bo`lak sarimsoqpiyoz, piyoz yoki ozgina shivit qo`shsangiz, ta`mi yanada shirin bo`ladi.
Kartoshka tez pishishi uchun suvga 1 osh qoshiq margarin qo`shing.
Agar eski kartoshkalarni qaynatmoqchi bo`lsangiz, suvga sirka qo`shish foydali.
Yangi kartoshkalar oson tozalanishi uchun ularni sovuq suvda yuving.
Kartoshkalarni baland olovda qovurish ularning miqdorini kamaytiradi. Yaxshisi, yaxshilab suvini silqitib, biroz qurigach, o`rtacha olovda qovuring. Shunda sabzavotlar qizarib pishadi.
Kartoshka bo`tqasiga qaynoq sut qo`shish lozim. Agar sovuq sut qo`shsangiz, egulik rangi xiralashadi.
Kartoshkalarni archgach, ulardan tezda foydalaning. Bo`lmasa, qorayib qoladi. Agar kartoshkalarni avvaldan tayyorlab qo`yishingiz kerak bo`lsa, sellofan paketga o`rab, havo kirmasligi uchun og`zini mahkamlang.
Kartoshkalarni uzoq muddat saqlamoqchi bo`lsangiz, qopga olma mevasidan solib qo`ying. Shunda sabzavot ildiz otib ketmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар