Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​​​​​​Kasallik belgilari hushyorlikka chorlaydi
​​​​​​Kasallik belgilari hushyorlikka chorlaydi

​​​​​​Kasallik belgilari hushyorlikka chorlaydi

​​​​​​Kasallik belgilari hushyorlikka chorlaydi
Qadimdan tabiblar insonning yuz terisi rangining o`zgarishi, tomir urishi, bemorning mijozi va uning qanday ovqatlanishi hamda a`zoi badanida yuzaga kelgan kasallik alomatlari, peshob, shuningdek, najasning tusiga qarab unga tashxis qo`yishgan. Quyida biz har birimiz bilishimiz lozim bo`lgan ayrim kasalliklarning asosiy belgilari haqida qisqacha ma`lumot berib o`tamiz.

Ko`z ostida xalqa paydo bo`lsa...

Agar odamning ko`z ostida ko`kimtir-qora tusli xalqalar paydo bo`lsa, buyraklar va yurak faoliyatida muammolar mavjudligidan darak beradi. Ko`z oqida qizil qon tomirlar yaqqol ko`rinib tursa, asab tizimi toliqqanligidan dalolatdir. Yana bemor jismonan va aqlan qattiq charchaganda ham ana shu belgi yuzaga chiqadi.

Qattiq xurrak otish ham kasallik belgisi!

Tunda odam qattiq xurrak otsa hamda uning boldir (Axill bo`g`imi), sohasi kengaysa, ateroskleroz va semizlik belgisi hisoblanadi. Bu holatda yog` qatlami qorin, ko`krak hamda dumba sohasida yig`iladi. Oyoq va qo`llar aksincha ozg`inroq bo`ladi. Bunday semirish salomatlik uchun xavfli sanaladi.

Tez-tez va behuda jahl qilsangiz

Agar insonning tez-tez va behudaga jahli chiqsa, jigar faoliyati izdan chiqqan bo`ladi. Kishi besabab vahima va qo`rquvga tushsa albatta yurakni tekshirtirish zarur. Yo`g`on bo`yin, baqbaqaning osilib turishi hamda do`mboq yonoqlar(ayniqsa, bu yosh bolalarda kuzatilsa) hazmning buzilishi va organizmda zaharli moddalar yig`ilganidan belgi beradi.

Peshonada teshikchalar paydo bo`lsa..

Peshonada g`ovaksimon kichkina teshikchalar paydo bo`lsa, qo`ltiq osti qizarib tursa hamda qovoqlar ostida ham shu rang kuzatilsa, yurak mushaklari qon bilan yaxshi ta`minlanmaganini bildiradi.

Ishtaha yo`qolishiga bee`tibor bo`lmang

Ishtahaning yo`qligi organizmda V guruhi vitamini etishmovchiligi va yurak, buyrak hamda me`da-ichak tizimi xastaliklarida kuzatiladi. Axlatda qon laxtasining paydo bo`lishi, ichaklar yallig`langani yoki ularda o`sma (rak) paydo bo`lgani hamda gemorroy (bavosil), leykmiya va qon ivishi buzilganining belgisidir.

Miokard infarktidan ogoh bo`ling!

Og`iz burchaklarining yorilishi organizmda temir moddasi etishmasligidan paydo bo`ladi. Besabab ozib ketish sil kasalligi, saraton xastaligi yoki moddalar almashinuvining buzilishi, shuningdek, boshlanib kelayotgan miokard infarktidan xabardor etadi. Teri rangining o`zgarishi, ayniqsa, uning sariq tusga kirishi jigar va taloqda muammo borligidan ogohlantiradi. Teri va lablarning ko`kimtir tusga kirishi, yurak kasalligi yoki o`pka saratoniga to`g`ri tashxis qo`yishga yordamlashadi.

Uzoq yo`talish sababi nima?

2-3 haftadan beri bemor besabab yo`talsa, shifokor surunkali bronxit, astma (ziqqinafas), yurak kasalligi yoki o`pka raki haqida gumon etib, xasta kishini to`liq tibbiy tekshiruvdan o`tkazishi kerak. Yuqori qon bosimi kuzatilganda yoki tomirlar toraysa quloqlarda shovqin paydo bo`ladi. Tilning kuyganga o`xshab achishib og`rishi kamqonlikda hamda V guruhi vitaminlari etishmaganida va achchiq qalampir yoki murch, xantal (gorchisa) iste`mol qilganda kuzatiladi.

Ko`richakning asosiy alomatlari

Bemorning kindik atrofida og`riq paydo bo`lishi va bu dard qorinning quyi sohasiga tarqalishi, qusish, sovuqqotish va tana haroratining ko`tarilishi bezovta qilsa ko`richak kasalligiga gumon qilish mumkin. Bunday holatda xasta kishini zudlik bilan jarroh tibbiy ko`rikdan o`tkazishi zarur. Chunki, ko`richak yorilib ketsa, qorin parda yallig`lanib(peritonit) hayot uchun o`ta xavfli holat yuzaga keladi. Agarda bemorga o`z vaqtida malakali tibbiy yordam ko`rsatilmasa, bu mudhish oqibatga olib keladi.

Har qanday vaziyatda ham har bir inson o`zi va yaqinlari hamda yon-atrofdagi odamlar sog`lig`iga e`tiborli bo`lishi zarur. Shundagina eng aziz ne`mat bo`lmish inson hayoti va uning salomatligini o`z vaqtida asrash mumkin bo`ladi.

Internet materiallari asosida Sevara Nishonova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: