Kayfiyat ko'tarishning yo'llari
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kayfiyat ko'tarishning yo'llari
- Дата релиза: 02-06-14, 13:47
Agar kayfiyatingiz yomon bo’lsa, uni yaxshilashga harakat qiling. Bir nuqtada qotib qolmang. O’zingizni o’nglashga intiling, kayfiyatingizni ko’tarishga sababchi bo’ladigan yo’llarni axtaring. Axir o'zingiz haqingizda o'zingiz qayg'urmasangiz, boshqalardan nima kutish mumkin? Shunday ekan o'z ustimizda ishlashni o'rganaylik. Kayfiyat ko’tarishning yo’llari: 1 Avvalo, har doim sizda yaxshi kayfiyat bo’lishi uchun, o’zingizni boshqarishni o’rganing. Har narsaga hafa bo’lavermang. Yaqinlaringizdan araz qilib o’tirish yaramaydi - ularni kechirishni o’rganing. Kechirish – birinchi o’rinda o’z qalbingizni yomon hislardan tozalash va o’zingizga ruhiy azob bermaslikning bir yo’li hisoblanadi. 2 Dunyoga kulgu bilan qarang. Xatto eng og’ir damlarda ham tabassum qiling va shunday deng: “Bu ham o’tib ketadi!” Agar bu gapga chin dildan o’zingizni ishontirsangiz, eng yomon narsa ham juda yengil o’tadi. 3 Kuni bilan uyda o’tirmang, ko’chaga chiqing, ishga boring. Do’stlaringiz orasida bo’ling. Ishonaman, ozingizni chalg’itsangiz kayfiyatingiz yomon bo’lmaydi. 4 Hayotingizga yangilik olib kiring. Psixologlar shuni maslahat berishadiki, vaqti-vaqti bilan hayotingizdagi odatlangan narsalaringizni o’zgartirib turing. Masalan, yangi xobbi toping, yoki kiyinish uslubingizni, qiyofangizni o’zgartiring. Garderobingizdagi kiyimlarni yangilang. Yorqin ranglar tanlang. Bunday o’zgarishlar kayfiyatingizni ko’tarilishiga yordam beradi. 5 O’zingizga hordiq berishni o’rganing. Ish davomida yoki uy ishlarida biror bir vazifani tugatganingizda o’zingizni taqdirlang. “Balli, men shu ishni uddaladim, bugungi vazifalarimdan birini bajardim, men kuchliman” deng va yoqimli narsalar haqida o’ylang. Masalan, do’stlaringiz bilan o’tirgan zavqli oqshomni yoki suyukli yoringiz bilan birga yegan kechki ovqat haqida eslang. Hidli shamlarni tassavur qiling va iforini his qiling. 6 Kayfiyatni ko’taruvchi mevalar iste’mol qiling: mandarin, apelsin, limon, bergamotli choy. Ularning tarkibida efir yog’i bo’lib, kayfiyat ko’tarilishida yordam beradi. 7 Dush qabul qiling. Suv tanani dam olishida va hordiq chiqarishida ko’maklashadi, hayotiy aktivligi(tonusi)ni oshiradi va kayfiyatni ko’taradi. 8 Perspekitava tug’usini saqlashga harakat qiling, ya’ni bu degani istiqbolga ishoning. Hayot bu obi-havoga o’xshaydi, bugun kunimiz bulutli bo’lsa, ertaga quyosh charaqlab chiqadi. Shunday ekan, ertangi quyoshli kunga ishoning. 9 Agar yotgingiz kelsa, uxlashni istasangiz – yaxshisi, buni qilmaganingiz ma’qul. Yotish – kayfiyatingizni buzgan narsalar haqida o’ylash degani. Undan ko’ra, harakatli ish bilan shug’ullaning. Harakat qilganingizda sizning emotsiyalaringiz ham harakatga tushadi. Shunday ekan, kino ko’ring, uyingizni tozalang, biror bir jismoniy ish bilan shug’ullaning. Bular hafagarchilikni unutib, kayfiyatingizni ko’tarishda ko’maklashadi.
Смс Шерлар