Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli
Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli

Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli

Kayfiyatni ko‘tarishning 7 ta ishonchli usuli
Hammada ham yomon kunlar bo‘lib turadi. Asosiysi — yomon kayfiyatga butunlay berilib ketmaslik va o‘tib olishni bilish. Quyidagi usullar sizga yordam beradi deb umid qilamiz.

Quvnoq pley-list

Sizga quvvat bag‘ishlovchi, o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan treklardan pley-list tuzing. Hech qanday g‘amgin musiqani kiritmang, bunday musiqalar kayfiyatingizni battar tushiradi.

2. Jismoniy faollik

Ruhiy va jismoniy salomatlik o‘zaro bog‘liq ekanligi haqida unutmang. Amerika psixologik assotsiatsiyasi psixoterapiya rejasiga mashqlarni qo‘shishni tavsiya qiladi. Shuning uchun raqsga tushing, sakrang, yengil razminka qiling: endorfinlar ishlab chiqarilishi uchun har qanday jismoniy faollik ham to‘g‘ri keladi.

3. Do‘stga qo‘ng‘iroq

Yaqinlaringizga va do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling yoki ular bilan uchrashing. Yoqimli ijtimoiy munosabatlar bizni baxtliroq qiladi.

4. Kulishga bahona

Agar do‘stlaringiz tezkor ravishda yordam ko‘rsata olmagan bo‘lsa, Telegram’dan kulgili mavzularni axtarib toping.

5. Oddiy maqsadlar

Yomon kayfiyat va tushkunlikka tushish kuchni va ishlash qobiliyatini yo‘qotadi. O‘zingizni urishmang: o‘nta qiyin ishning o‘rniga uchta oddiy ishni rejalashtiring. Maqsadga erishish sizga o‘zingizdan qoniqish hissini qaytaradi.

6. Yaxshi film

Yangi kinolarni katta ekranda tomosha qilishga boring: popkorn bilan va oxirgi qatorga. Yoki uyda o‘zingiz sevgan kinolarni ko‘ring.

7. Kichik istaklar

Istaklarning ro‘yobga chiqishi ham har doim kishiga zavq bag‘ishlaydi. Bu aynan nimalar bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring. Mazali ovqat, iliq vanna, kutilmagan xarid — mayda bo‘lsa ham bular yaxshi ish beradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: