Keksa kishilardan 4 ta hayotiy hikmat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Keksa kishilardan 4 ta hayotiy hikmat
- Дата релиза: 09-01-18, 18:48
Keksalar ba’zan o‘zlarining hayotida yuz bergan voqealar va oddiy hayotiy maslahatlari bilan o‘rtoqlashadi. Biz siz uchun ularning eng foydalilarini to‘pladik.
1. Qiyin damlar haqida yomon ob-havo kabi o‘ylang: ular ham o‘tib ketadi
Keksalarning fikricha, 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan vaqt juda sertashvish kechadi. Bu vaqt ichida biz juda ko‘p narsalarni xohlaymiz, kutamiz, muvaffaqiyatga erishishni orzu qilamiz, bu yog‘i qanday bo‘lishidan tashvishlanamiz.
Hammasi qanchalik qiyin bo‘lib ko‘rinmasin, hech qachon umidsizlikka tushmang. Ulg‘ayish ob-havoga o‘xshaydi. Bo‘ronga har duch kelganingizda, xuddi sizni bu gal shamol uchirib ketadigandek tuyuladi, keyin ob-havo o‘zgaradi va yana quyosh chiqadi.
2. Ilhomni odamlar bilan munosabatdan oling
Bill Jens jurnalist bo‘lib ishlagan, butun dunyoni kezgan, favqulodda jasorat ko‘rsatgan oddiy odamlar haqida yozgan.
U o‘ziga eng katta ta’sir ko‘rsatgan kishi 10 yoshli Eddi ismli bola ekanligini aytgan. Bu bola saraton tufayli oyoqlaridan ajralgan.
“U hech qachon taslim bo‘lmadi, — deydi Bill. — Bir kuni men uning uyiga qo‘ng‘iroq qildim, lekin uzoq vaqtgacha telefonga hech kim javob bermadi. Nihoyat trubkani kimdir ko‘tardi. Men: “Eddi, qayerda eding?” — deb so‘radim. U: “Bill, men boshqa xonada edim. Qo‘ltiqtayoq yonimda emas edi, shuning uchun men telefongacha sudralib keldim”, — deb javob berdi. Men ba’zan ishni yarim yo‘lda qoldiraman, lekin Eddi haqidagi fikr menga chekinmaslikka yordam beradi”.
3. O‘z ishingizni moliyaviy ta’minlanish va odamlar tufayli seving
80 yoshli Benni Styuart yetti yoshidan boshlab ishlagan. U qo‘shnilarining topshiriqlarini bajargan, ish haqiga esa tovuq tuxumi olgan. Keyin u paxta tergan, farrosh bo‘lib ishlagan va nihoyat ijtimoiy ishda o‘zini topgan.
Uning aytishicha, oilasini ta’minlashni va ilgari ega bo‘lolmagan narsalarni olishni unga ish o‘rgatgan.
4. Sizga yo‘nalish va ilhom beruvchi murabbiy toping
Keksalarning fikricha, maktabda hammamiz o‘zimizdan ko‘proq biladiganlardan o‘rganamiz. Buni butun hayotingiz bo‘yicha davom ettiring. Biron bir narsani o‘rgana oladigan odamlar bilan munosabatda bo‘ling yoki hech bo‘lmasa ular qanday ishlashi va maqsadiga erishishini kuzatib boring. Lekin agar sizga maslahat beruvchi va ikki marta o‘ylab ko‘rishga majbur qiluvchi odamingiz bo‘lsa, kamroq xato qilasiz.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар