Kelin nadomati: "Qachongacha uy qamog`ida o`tiraman?.."
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kelin nadomati: "Qachongacha uy qamog`ida o`tiraman?.."
- Дата релиза: 05-10-18, 20:53
— Turmush o`rtog`im bilan bir mahallada yashaganmiz. U meni bolalikdan sevgan ekan, men esa e`tibor bermaganman. O`qishga kirganimdan so`ng ostonamizdan sovchilar arimay qoldi. U kishidan ham odamlar kelishgan. Dadam nimagadir rad javobini berib yuborgan. Keyin yaxshi oila deb, boshqa bir yigitga rozilik berishdi. Bizda rozilik alomati sifatida oqlik yuboriladi. O`sha yigit bilan uchrashib ko`rdim, to`g`risi, menga ma`qul kelmadi. Bu orada bo`lajak turmush o`rtog`im o`sha yigit bilan gaplashib oqlikni qaytarishga ko`ndiribdi. Bir kuni oilamizga har tomonlama munosib yigitdan sovchi keldi. Ikki tomon rozi-rizochilik bilan to`y harkati boshlandi. Biz yana oqlik yubordik. Lekin mahallamizda yashaydigan menga ko`ngil qo`ygan yigit to`yni to`xtatdi. U unashtirilgan insonimni olib qochib ketib, ota-onasiga po`pisa qilgan ekan. Ota-onam bu gaplardan xabar topishgach katta janjal bo`ldi. Oxir oqibat otamning mahalladoshimizga uzatishdan o`zga chorasi qolmadi. Bu voqealarga ham o`n yil bo`libdi. Hozir uch qizimiz bor. Erimdan nolimayman. Ro`zg`orim but. Biroq to`rt devor ichida qolib ketdim. Hatto, bolalarni bog`chaga ham eri olib boradi. So`nggi oylarda-ku, umuman haddidan oshib ketdi. Ustimdan qulflab qo`yadigan odat chiqargan. Avvaliga rashk qilayapti derdim, biroq endi bu qilig`i oshib tushdi. To`rt oydan buyon uy qamog`idaman. Sababini so`rasam “Ayol kishining jilovini bo`sh qo`ysang, nimalar qilmaydi” deydi. Yoshman, tengdoshlarim bilan muloqot qilgim, o`ynab-kulgim keladi. Biror joyga borish kerak bo`lsa ham doim o`zi olib boradi. To`g`risi, bilmayapman, muammo undami yoki menda? Nahot, yoshligim shunday o`tib ketsa?..
Mavjuda, 30 yosh, Farg`ona viloyati
TO`TI AYaDAN IBRATLI VOQEA
— Bir onaxon cholidan shikoyat qilib qoldi. Otaxon 82 yoshda bo`lib, 73 yoshli onaxonimiz bilan 56 yildan buyon birga yashashar, 9 farzandning ota-onasi, 17 nabira, 11 evaraning bobo-buvisi ekan. Ajoyib-a! Sizlarga o`xshab yuraylik, onaxon, desam “Hecham bizga o`xshamang, bolam, butun umrim uy qamog`ida o`tdi. Bu choldan bezor bo`lib ketdim. Arazlab ikki oy poytaxtdagi qizimnikiga ketsam, “Men uylanayapman, to`yga marhamat” deb o`g`limdan taklifnoma berdirib yuboribdilar. Men qonuniy xotiniman, huquqimni himoya qilinglar, jazosini beringlar bu cholni” desalar, hangu mang qolibmiz. Qarang-ki, otaxon oshpazlik qilarkan, onaxon esa doim yonlarida yordamchi bo`lib ishlab kelgan. Bolalarni ham chiroyli tarbiyalashgan. Rashk o`ti shunday baland ekanki, sho`rlik onaxon shu yoshga kirib ham na qizinikida, na o`g`linikida qololarkan. Otaxonning bu hazili onaxonning rashkini chunonan alanglatganidan, maqsadga o`tib, “Qizim bir yo`lini qilib, meni otangiz bilan yarashtiring, erini birovga berib qo`yadigan ahmoq xotin emasman”, dedilar. Xulosa shuki, qo`sha qarishning siri sadoqatda. Bir-birini sevish esa rashk olovini alangalatib turadi. Siz ham biroz sabr qilib, eringizning munosabatiga bosiqlik bilan javob qaytarsangiz, hammasi iziga tushadi.
MIRABBOS OTADAN 4 TAVSIYa
Nazarimda, bunday muhabbat “turi” bilan yashash oson emas. Yoki men erkak kishi bo`lganim uchun shunday tuyulayotgandir. Ayollarimiz esa har qanday vaziyatda sabrli bo`la olishadi. Ularning yutug`i va baxti ham shunda.Ammo eringizning o`zi ham bu holatdan bir kun charchaydi. Shunda siz, uni “Asablaringizni tinchlantirish kerak” deya mutaxassining huzuriga olib borishga harakat qiling.
Agar vaziyatni o`zgartirishning imkoni bo`lmasa, unga nisbatan munosabatni o`zgartirishga harakat qiling. Asablaringizni jilovlang, yuqorida aytganimdek, ayniqsa o`zbek ayollariga xos sabrni ustun qo`ying.
Turmush o`rtog`ingizning rashki sizda salbiy reaksiyani qo`zg`atayotganini sezdirmang. Vaziyatni qo`yib yuboring, shunda “muammo” osonlashadi.
Ana shunda u ham asta-sekinlik bilan tinchlana boshlaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар