KELINJON, HAMIShA MAFTUNKOR BO`LING!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: KELINJON, HAMIShA MAFTUNKOR BO`LING!
- Дата релиза: 06-11-17, 21:03
. Kelin bo`lgan qizlar endi butun boshli ikki oilaning tinchlik va saodatda yashashi uchun hayot qiyinchiliklari bilan kurashga chog`lanadilar. Qizlar sabr libosini egnilariga ilib, tez uchar kavushni oyoqqa ilib, chaqqon harakat qilsalar, kamroq gapirib, ko`proq tinglasalar va kerak paytda shirinso`z bo`lib, oila a`zolarining diliga yoqib olsalar, bu kurashda ular mutloq chempion bo`ladilar! Ha, yaxshi kelin degan nomni olish biror sport turida jahon chempioni bo`lish bilan barobar, desalar hayron bo`lmang. Hayot ringdagidan ko`ra ancha murakkab.
2. Kelinlarning oyog`iga bolta uradigan bir ishi bor: ular duch kelgan odamga oilaning eng nozik sirlarini ham ishonib aytaveradilar. Ayniqsa, qo`shnilar va tengdosh kelinlar, dugonalarga har kunlik axborotnoma tarzida bo`lgan-bo`lmagan gaplarni etkazadilar. Qizlarjon, begonalar sizning muammongizni echib bermaydi, qaytaga o`zi istamagan tarzda gap tarqatib, oilangiz buzilishiga «yordamlashadi». Yaxshi gapni ayting, odamlar tilida sizning baxtingiz kezib yursin.
3. Eringizga qarindosh-urug`larini yomonlamang. Hatto, uning o`zi birinchi bo`lib bu haqda gap boshlasa-da, qo`shilmang. O`zingiz ham siz tomondagilarning hamma sirlarini aytib o`tirmang. Sir aytildimi, demak, jilovingizni tortish mumkin bo`lgan nozik joyingiz ayon bo`lib qoladi. Vaqti kelib, hamma o`zi uchun kerakli gapni bilib oladi. «Bizning uyda bunaqa bo`lardi» deb ichingizda ham, tashqarida ham yangi uyingizni solishtirmang. Yangi uyga mehr qo`yishning yagona sharti — uning bor kamchiliklari va qulayliklari, ichidagi bor jonliqlari va ularning bor kam-ko`plari bilan qabul qilishdir.
4. Onalar va qizlar diqqatiga: turmushning birinchi yili tanishuv yili, ikkinchi yili o`rganish yili, uchinchi yili ko`nikuv yili, qolgan barcha yillar sinashuv yili... Oila a`zolari har doim bir-birovlarining ko`z oldilarida sinovda. Onalar, qizingiz yangi uy, er va qaynona-qaynota bilan tanishib ulgurmasidan oilasining ichki hayotiga aralashib ketmang. O`rganayotgan chog`ida yaxshi tajribalaringiz bilan o`rtoqlashing, ko`nikishiga to`siq bo`layotgan vaziyatlarni siz ham boshingizdan o`tkazgansiz. Turmush o`rtog`ingiz, yaqinlaringiz, qaynona-qaynotangiz bilan bahamjihat qizingizni kuyovga berdingiz, bu katta baxt. Qizingizga ham shu baxtga etishishiga yordam bering!
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар