Kelinlarim bir-birini xushlamaydi
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kelinlarim bir-birini xushlamaydi
- Дата релиза: 13-06-17, 13:53
— Qo`sh kelin tushirganimda yonimga bir emas ikki yordamchi kirdi deb xursand bo`lgandim. Har ikki kelinimga ham bir xil sarpo-surug` qildim, birini boshqasidan ustun qo`ymadim. Ammo ko`za kunda emas kunida sinadi, deganlariday pand nasihatlarim kor qilmay tinch-totuv yashashga sira o`rgatolmadim. Kattasi non yopsa, ovsinini o`rniga qo`shnimizning qizini yordamga chaqiradi. Kichigi to`y-hashamga borsa, nabiralarimni qo`shniga tashlab ketadi. Nega bunday qilayapsiz desam, “Ovsinim bolamni turtkilaydi” deydi. Mayli, shular ahil bo`lsa bo`lgani deya yig`inlarga ikkisini yuborib, nabiralarimni olib qoladigan bo`ldim. Ularning o`rtasida mehr uyg`otishga uringanim sayin o`rtalaridan mehr ko`tarilib borayotgandek. Alohida chiqaray desam, imkoniyatimiz etmayapti. Qo`ni-qo`shni, mahalla-ko`y oldida kelinlarimning qiliqlaridan uyalaman. Ko`zim ochiqligida shunday bo`lsa, mendan keyin o`g`illarim ham yuzko`rmas bo`lib ketishmasaydi...
M.D., 58 yosh.
— Qaynonajon: Ilgarilari bir xonadonda o`n oila tinch-ahil yashagan. Hozirgi yoshlarga engillik yaratganing sari mas`uliyatni unutib qo`yishayapti. Ba`zida yoshlarimizda g`urur ustunlik qiladi. Nega bu ishni men qilishim kerak, ovsinim qilsin degan noto`g`ri fikrga chalg`ib qoladi-da. Bunday vaziyatda qaynona tadbirkor bo`lishi kerak. Kuyinchaklik qilayotganingiz tahsinga sazovor. Mayli, ular hali yosh, bir kun kelib, es-hushini yig`ib oladi. Siz esa yanada sabrli bo`lib, bir-birlarining ko`magisiz ado etib bo`lmaydigan ro`zg`or yumushlariga chalg`iting. Chetdan yordam kelishiga yo`l qo`ymang. Shu tariqa kelinlaringiz ko`nglida mehr paydo bo`lishiga erishishingiz mumkin. Bu dunyoda hammamiz mehmonligimizni bizdan keyin faqat yaxshi nom qolishini ibratli hikoyalar bilan tushuntirib boring.
— Feruza Akromova, psixologiya fanlari nomzodi: Ko`p hollarda kelinlar qaynonasidan andoza olishadi. Kelinlarinigizni sekin-asta yo`lga solishga harakat qiling. Zero shoshma-shosharlik yoki o`ylamay qilingan tadbir aksini ko`rsatishi mumkin. Oilada qaynisingil, qaynukadan farqli o`laroq ovsinlar qaynona-qaynota oldida teng bo`ladi. Shu sababdan ular o`rtasida ozgina raqobat bo`lishi tabiiy hol. Ammo nosog`lom raqobat bo`lsa, insonlar o`rtasida mehr-oqibat ko`tarilishiga olib keladi. Sizga maslahatim, shunday yo`l tutingki, kelinlaringiz orasida nosog`lom fikr yuritishga ham imkon qolmasin.
Saodat OChILOVA yozib oldi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар