Kichik yoshdagi bolalarning tungi qo`rquviga sabab nima?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kichik yoshdagi bolalarning tungi qo`rquviga sabab nima?
- Дата релиза: 31-01-19, 17:59
Deylik, farzandingiz uxlashni istamay xarxasha qilyapti. Sizning esa u bilan murosa qilgingiz yo`q. Sizni tushunsa bo`ladi, ishda charchagansiz, ertalab yana barvaqt turishingiz kerak. Xo`sh, nima qilasiz? Aksariyat ota – onalar bu kabi holatlarda qo`shimcha kuchlarni yordamga chaqirishadi. Ya`ni bolaga alvasti, mahluq, yalmog`iz kampir, bahaybat it yoki sharpalar haqida aytib, qo`rqitishadi. Eshitganlarini xayolan tasavvur qilgan bolakay tabiiyki ishonadi. Ammo bu keyinchalik jiddiy muammo – tungi qo`rquvga sabab bo`lishi mumkin.
Mutaxassis: Laylo NODIROVA, psixolog
«Ana,olabo`ji kelyapti»
«Hozir dadangni chaqiraman», «Ko`zingni yummasang, seni olabujiga berib yuboraman»mazmunidagi gaplar bilan bola ruhiyatiga ta`sir o`tkazilganida, undagi qo`rquv hissi asta – sekin kattarib boradi. Va ma`lum darajaga etganida, u bola tanasida «blok» hosil qiladi.
Odatda, «blok» aniq obrazga ega bo`ladi. Qachonki bola biror nimadan qo`rqsa, xayolan ana shu obraz «uyg`onadi».
Plastilin usuli
Mazkur psixologik usul har qanday yoshdagi bolalarga mos keladi. Uni hatto kattalar ham bajarib ko`rishlari mumkin.
Farzandingizni kursiga qulay o`tkazib, oldiga rangli plastilin qo`ying. So`ng mashg`ulotni boshlash uchun ko`rsatma bering: «Ko`zlaringni yumib, nimadan qattiq qo`rqishingni eslab ko`r. U ko`z oldingda nomoyon bo`lganida, tanangning qaysidir qismida titroq seziladi. Bosh, oyoqlar, qo`llar, qorinda bo`lishi mumkin. Ana shu titroqni his et va ichki nigohing bilan uning ko`rinishini tasvirlab ber. Kattami, kichikmi, dumaloqmi, balki biror jonivorga o`xshar? Shakli, rangi qanday?» Bola ko`zlarini ochgach, plastilin yordamida o`z qo`rquvini yasashi kerak.
Plastilinda hosil qilingan shaklni bolaning qo`liga tutkazib, unga shunday deng: «Bu sening qo`rquving. Hozir sen bilan birga tashqariga chiqamiz-da, uni erga ko`mib qo`yamiz». Vazifa bajarilgach, bolaga tushuntirish kerak: «Qo`rquvingni er yutib yubordi. U endi seni bezovta qilmaydi, u yo`q bo`lib ketdi». Bu gap bir necha bor ta`kidlanganida bola ongostidagi dastur o`zgaradi.
Shar bilan ishlash texnikasi
Farzandingizning qo`liga rangli sharni tutqazing-da, unga shunday deng: «Mana shu shar ichiga o`zingdagi barcha qo`rquvlarni joylagin-da, shishir». Masalan, «Men dadamdan qo`rqaman», «O`rgimchakdan...», «Yomon baho olishdan...», deya bola o`zidagi qo`rquvlarni pufak ichiga joylaydi.
Shar shishirilgach, uni ip bilan bog`lang-da, bolaga savol bering: «Qo`rqqaningda qaering qaltiraydi?» Qo`llar, oyoqlar yoki qorinning pastida titroqqa o`xshash sezgi bo`ladi. Bola qo`rquv hududini aytganidan so`ng sharni o`sha sohaga olib borib, yorishi kerak. Deylik, bu tizza uchi bo`lsin. Bolakay sharni tizzasiga olib borib, siqib yoradi. Bordi-yu, shar yorilmasa, demak, qo`rquv oxirigacha chiqib ketmagan. Bunda shar yana shishiriladi.
Shar yorilganida bolaning holatiga e`tibor bering: u bo`shashadi. Bu mashq besh kun davomida bir mahaldan takrorlanadi.
Rasm chizamiz
Stol ustiga rangli bo`yoqlar, oq qog`oz va mo`yqalam qo`ying. So`ng farzandingizga savol bering: «Qo`rquving nimaga o`xshaydi? Uni qanday tasavvur qilasan?», deya. Bola ko`z oldida jonlangan tasvirni rangli bo`yoqlar yordamida chizib berishi kerak. Ishini tugatgach, yana savol bering: «Hech nima qolib ketmadimi?», deb. Bola qo`rquvini to`liq chizib bo`lgach, unga shunday deysiz: «Ana endi qo`rquvingni suvga oqizib yuboramiz».
Rasm oqar suvda ushlab turiladi. Bola bu holatni kuzatib turishi kerak. Qog`oz namiqib, bo`linib yo`q bo`lib ketmagunicha ushlab turing. So`ng bola bilan nafas mashqini bajaring. U uch marta chuqur nafas olib, o`pkani bo`shatishi kerak.
Mazkur usul ko`p hollarda birinchi bajarilganidayoq natija beradi.
Qog`oz quti
Keyingi mashq qo`rquvlar qamoqxonasi deb ataladi. Uni bajarish uchun qog`oz quti kerak. Bola o`z qo`rquvlarini plastilinda yasashi, qog`ozga tushirishi yoki shar ichiga puflab kiritishi mumkin. So`ng ular qutiga joylanadi. Har safar bola biror nimadan qo`rqqanida quti ichiga hissiyotlari ifoda etilgan narsa – buyumni soladi. Siz, ota – onalar esa qutini axlatxonaga olib borib, bo`shatib kelishingiz lozim.
Mazkur usul bola ruhiyatining tozalanishiga yordam beradi.
Ertak terapiya
Psixolog bolaning yoshi, qo`rquvlaridan kelib chiqqan holda ertak yozadi. Bu ertak 10 kun – 2 oy davomida har kuni bola uxlashga yotganida aytib beriladi. Ertak terapiya bolada ichki xotirjamlikni paydo qiladi. U barcha ko`rinishdagi qo`rquvlardan xalos bo`ladi.
Samira ULUG`BEKOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар