KIChKINTOYNI DAVOLAShDA YO`L QO`YILADIGAN 12 XATO
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: KIChKINTOYNI DAVOLAShDA YO`L QO`YILADIGAN 12 XATO
- Дата релиза: 17-09-17, 14:03
Go`dakni parvarish qilayotganda yo`l qo`yilgan arzimas xato ham ota-onaga qimmatga tushishi mumkin. Shuning uchun bunday xatolarni oldindan bilib olgan va yo`l qo`ymagan ma`qul. Bolada salbiy o`zgarish sezdingizmi, darhol shifokorga murojaat qiling. «O`tib ketadi, yosh bola shunday katta bo`ladi», demang!
1-xato: Noto`g`ri tashxis
Bola qanchalik yosh bo`lsa, uni nima bezovta qilayotganini bilish shunchalik qiyin. Siz chaqaloq shunchaki shamollagan, deb o`ylaysiz. Ammo bu boshqa bir jiddiy dardning boshlanishidan dalolat bo`lishi mumkin. Masalan, qizamiq, qizilcha, virusli gepatit, poliomielit va boshqa infeksiyalar burun oqishi hamda tomoq og`rig`idan boshlanadi.
2-xato: Noto`g`ri talqin
Kasallik belgilari o`z bilganingizcha berayotgan dorilar ta`sirida noto`g`ri namoyon bo`lishi mumkin. Ayniqsa, bola qorni og`riyotganidan shikoyat qilsa, shifokor paypaslab ko`rib qorinning aynan qaysi sohasi og`riyotganini aniqlaydi va shunga qarab tashxis qo`yadi. Chunki og`riqning sabablari turlicha (ichak infeksiyasi, churra, ko`richak, yosh bolalarda uchrab turadigan ichakning buralib qolishi) bo`lishi mumkin. Bu holatlarning bari go`dak hayotiga to`g`ridan-to`g`ri xavf soladi. Siz esa go`dakka og`riq qoldiruvchi yoki isitma tushiruvchi dori berib, keyin ular ta`sirida vaqtinchalik kuzatilgan ahvol yaxshilanishidan aldanib qolishingiz mumkin.
3-xato: Noto`g`ri sabab
Reklamalar sizni kasallikning sababi emas, oqibati bilan kurashishga «jon kuydirib» da`vat etadi. «Bolangizning issig`i chiqayaptimi?!» tarzida boshlanuvchi bunday roliklarga ishonmang. Reklama qilinayotgan preparatni bolasiga bergan zahoti go`dak kula boshlaydigan bu roliklarda «xo`sh, bolaga o`zi nima bo`lgandi?» degan savolga javob yo`q. Hayotda esa hammasi bu qadar oson emas. Haroratni tushirish, ya`ni alomatni bartaraf etish bilan muammo hal bo`lmaydi. Asosiysi, sababni aniqlash va u bilan kurashish. Buni esa faqat malakali mutaxassis amalga oshirishi mumkin.
4-xato: Noto`g`ri dori
Dorilarni ularning ijobiy va nojo`ya ta`sirlari haqida ikir-chikirigacha bilmay turib, bolaga berish mumkin emas. Bunda xato qilish imkoniyati bir necha martagacha ortadi. Masalan, farzandingiz yo`talayapti. Siz unga yo`talni to`xtatuvchi, ya`ni kamroq yo`talishga olib keluvchi dori berasiz. Ammo go`dakning traxeyasi hamda bronxlarida ko`p miqdordagi shilimshiq ajralma bor va u faqat yo`tal vositasidagina ko`chadi. Siz noto`g`ri dori berib, bu ajralmalarning ko`chmay, yig`ilib qolishiga sababchi bo`lasiz. Natijada kasallik avj oladi. Shu sababli dorini faqat shifokor belgilashi zarurligini unutmang.
5-xato: Noto`g`ri doza
Me`yorni oshirib yuborish juda oson. Masalan, isitmasi chiqib, a`zoi badani qaqshayotgan bolaga haroratni tushirish uchun Efferalgan berdingiz va og`riqni qoldirish uchun sefekon shamchalaridan ham foydalandingiz. Preparatlarning yo`riqnomasida yozilgan dozaga qat`iy amal qilgan bo`lsangiz-da, me`yorni kamida ikki barobar oshirib yuborganingizni bilasizmi? Gap shundaki, nomi turlicha bo`lgani bilan bu dorilar isitma tushiruvchi bitta modda — parasetamol asosida ishlab chiqarilgan.
6-xato: Noto`g`ri ta`sir
Bolaga dori belgilashda shifokor nafaqat uning ijobiy, balki nojo`ya ta`sirlari, boshqa dorilar bilan o`zaro «kelishish» masalalarini ham e`tiborga oladi. Bola gripp yoki suvchechak bilan og`riyaptimi? Uyingizda aspirindan boshqa isitma tushiruvchi vosita bo`lmasa ham, undan aslo foydalana ko`rmang. Chunki asetilsalisil kislota ta`sirida bolaning qonidagi qand miqdori keskin tushib ketishi, qon ketishi va hatto Rey sindromi kabi og`ir asoratlar yuzaga kelishi mumkin. Butunjahon Sog`liqni saqlash tashkiloti bu preparatni bolalarda qo`llashni tavsiya etmaydi. Xuddi shunday, analginni ham. Shifokorlar uni juda ilojsiz qolgan holatda faqat dimedrol bilan aralashma holida yonboshga emlash uchun ruxsat etishadi. Ammo analgin tabletkalarini bolaga aslo berib bo`lmaydi. Isitma tushirish uchun parasetamol va ibufen asosida ishlab chiqarilgan preparatlar tavsiya etiladi. Biroq ularni ham berishda cheklovlar mavjud. 3 oylikkacha bo`lgan chaqaloqlarga bu vositalar ham tavsiya etilmaydi.
7-xato: Noto`g`ri shakl
Dorilarning turli shakllarda tavsiya etilishi ham pediatr bilan maslahatlashishni taqozo etadi. Ayrim isitma tushiruvchi vositalar rektal shamchalar shaklida bo`ladi. Boshqalari esa sirop, kukun, shirin tabletkalar shakllarida bo`lishi mumkin. Bu shakllarning har biri turli yoshdagi bolalarga qo`llashni osonlashtirish maqsadida o`ylab topilgan. Aynan sizning farzandingiz uchun qaysi shakldagi dori vositasi to`g`ri kelishini shifokordan so`rab biling. Chunki dorining naqadar to`g`ri va tez ta`sir etishi aynan shunga bog`liq. Masalan, sirop yoki tomchilar tezroq ta`sir qiladi, ammo bu ta`sir shamchalarga qaraganda kamroq davom etadi. Shuning uchun kunduzi bir shakl, oqshom uchun esa boshqasini tanlashga to`g`ri kelishi mumkin. Buni shifokor to`g`ri belgilaydi.
8-xato: Noto`g`ri aralashma
Onalar bolani aldash uchun achchiq tabletkalarni shirin konfet yoki novvot choy bilan ichirishadi. Ko`pincha tabletkani mayda bo`laklarga bo`lishga to`g`ri keladi. Chunki hamma dorilarning ham bolalar uchun mo`ljallangan dozalisini topish qiyin. Ammo bunday qilish yaramaydi. Birinchidan, tabletkani teng 3 yoki 5 bo`lakka bo`lishni har doim ham eplay olmaysiz. Ikkinchidan, tabletkalarning butunligini buzish salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, bolaning tishlariga yomon ta`sir qilishi ehtimoli bor. Uchinchidan, dorini murabbo, shirin choy yoki konfet ichiga joylab berganingizda uning foydali ta`sirini sezilarli darajada yo`qqa chiqarishingiz mumkin.
9-xato: Noto`g`ri vaziyat
Ko`pincha onalar farzandlariga jiddiy sabab bo`lmasa ham, dori beraverishadi. Agar bolaning harorati 38-38,5 daraja, ahvoli esa qoniqarli, avvallari talvasa (sudoroga) holati kuzatilmagan bo`lsa, haroratni tushiradigan vositalar kerak emas! Tana infeksiyalar bilan faolroq kurashish uchun o`z haroratini ko`taradi. Hech qanday asossiz haroratni tushirish orqali kasallikning yanada cho`zilib ketishi va asoratlar paydo bo`lish ehtimoli ortishiga hissa qo`shgan bo`lasiz.
Hech qachon bolaga antibiotiklarni o`zboshimchalik bilan bermang! Ular viruslarga ta`sir ko`rsata olmaydi. Shuning uchun gripp, O`RVI, qizamiq, qizilcha yoki tepkini antibiotiklar bilan o`z bilganingizcha davolay olmaysiz. Faqat bolaning ahvolini yanada og`irlashtirasiz.
10-xato: Noto`g`ri parvarish
Bemor bolani to`g`ri parvarish qilish ko`pincha har qanday dori vositasidan ham muhimroqligini yana bir bor eslatamiz. Onalarda bu borada ko`plab savollar tug`ilishi mumkin. Ularga javobni esa qo`shni ayollardan emas, oilaviy shifokordan so`ragan ma`qul. Bola uchun to`g`ri kun tartibi qanday? Qanaqa parhez lozim? Boshqa bolalar bilan o`ynasa bo`ladimi? Oyoqlarga iliq vanna mumkinmi? Cho`milish-chi? Bularning barini oilaviy shifokoringiz bilan bamaslahat hal eting. Sizning asosiy vazifangiz farzandingiz uchun eng qulay sharoit yaratib, uning kasallik bilan kurashishini engillashtirishdir.
11-xato: Noto`g`ri natija
Bir qarashda bolangiz tuzalib qolgandek, ammo aslida asoratlarni o`tkazib yuborgan bo`lishingiz mumkin. Dard berkinib olgan va qulay fursatni kutayapti. Shifokor bolaning nafas tizimini eshitib ko`rishi kerak. Chunki shamollash va gripp pnevmoniyani keltirib chiqargan bo`lishi mumkin. Bu bolaning tashqi ko`rinishida namoyon bo`lmaydi, ya`ni hech qanday xirillash, yo`tal yoki harorat ko`tarilishi kuzatilmaydi. Faqat nafas olish qattiqlashgan yoki susaygan bo`lishi mumkin. Bolaning nafas olishini sanang. Agar u bir daqiqada 40 martadan ortiq nafas olsa, o`pka shamollashidan xavotirlanish va shifokor qabuliga shoshilishga asos bor. Unutmang, 5 yoshgacha bo`lgan bolalar bu kasallikka moyil guruh sanaladi.
12-xato: Noto`g`ri tahlillar
Agar bolada harorat 3-4 kun davomida ushlanib tursa yoki bir-ikki kun yaxshilanib, keyin yana ko`tarilsa, albatta, shifokorga qayta murojaat qiling. Shamollashga bakterial infeksiya qo`shilsa, shunday hol ro`y beradi. Demak, faol tadbirlarni talab qiluvchi asoratlar boshlangan!
Shahnoza TO`RAXO`JAEVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар