Kimlar harbiy xizmatdan ozod qilinadi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kimlar harbiy xizmatdan ozod qilinadi?
- Дата релиза: 03-07-17, 13:12
“Turmush o`rtog`im vafot etgan. 1996 yilda tug`ilgan o`g`lim bor, u oilaning yagona boquvchisi sifatida harbiy xizmatdan ozod qilinishi mumkinmi?”
L.Sh.Sirdaryo viloyati
B.MIRSODIQOV, Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig`i:
— O`zbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to`g`risida"gi Qonunining 22-moddasiga asosan, tinchlik davrida muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan quyidagilar ozod etiladilar:
salomatligiga ko`ra harbiy xizmatga yaroqsiz deb topilgan chaqiriluvchilar;
yaqin qarindoshlaridan biri (aka-ukasi, opa-singlisi) harbiy xizmatni o`tash vaqtida halok bo`lgan yoki vafot etgan chaqiriluvchilar;
ro`yxatdan o`tgan diniy tashkilotlardan birida diniy rutba egasi bo`lgan chaqiriluvchilar;
jinoiy javobgarlikka tortilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar harbiy xizmatga chaqirilmaydilar.
Boshqa hollarda respublikamizda joriy etilgan chaqiruvga oid me`yoriy hujjatlarda muddatli harbiy xizmatga hamda safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga chaqirilishdan ozod etish ko`zda tutilmagan.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар