Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kipriklarni o‘stirish uchun 5 ta samarali vosita
- Дата релиза: 27-11-17, 21:22
Sun’iy kiprik qo‘ydirishdan oldin o‘zingizning kipriklaringizni o‘stirishga urinib ko‘ring. Bu arzon va ancha foydaliroqdir.
Kipriklarni o‘stirish uchun vositalar
Kanakunjut moyi
Kanakunjut moyi — kipriklarni o‘stirishda samarali va ishonchli vosita hisoblanadi.
Kipriklar ustiga moyni cho‘tkacha yordamida ehtiyotlik bilan suring. Uni 15-45 daqiqa qoldiring va keyin makiyajni tozalovchi vosita yordamida yuving.
Kanakunjut moyini bir marta surish yetarli bo‘lmaydi. Uni kurslar bilan qo‘llash kerak. Bu amalni bir oy davomida haftasiga bir necha marta takrorlang.
2. Chakamug‘ moyi
Chakamug‘ moyi kipriklarni mustahkamlaydi va o‘sishini tezlashtiradi. U ham kanakunjut moyi singari ishlatiladi: kipriklarga 15–45 daqiqa surib qo‘ying, keyin yuving.
Chakamug‘ moyi faqat muntazam ravishda qo‘llanilsagina samara beradi.
3. Kipriklar uchun zardoblar
Bu preparatlar odatda yog‘lar, o‘simlik ekstraktlari va vitaminlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bu vositani uy sharoitida o‘zingiz tayyorlashingiz ham mumkin.
Kipriklar uchun gellar
O‘stirishga va mustahkamlashga yordam beradigan davolovchi gellar an’anaviy rangli tushdan avval yoki u bilan birga ishlatiladi. Birinchi holatda u himoyalash vazifasini bajaradi. Tush kipriklarni quritishi mumkin. Gel himoya qiluvchi to‘siq yaratishdan tashqari kun davomida kipriklarni oziqlantiradi ham.
Vitaminlar
Yuqorida aytilgan vositalar surish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, vitaminlarni esa ichish kerak. Kipriklar o‘sishi uchun tarkibida:
B guruh vitaminlari
E vitamini
A vitamini
bo‘lgan vitaminlar to‘plami mos keladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар