Kitobni o‘g‘irlash halolmi?

Kitobni o‘g‘irlash halolmi?

Kitobni o‘g‘irlash halolmi?
“Islom.uz” mushtariylaridan birining “Kitob o‘g‘irlash halolmi?” — degan savoliga javob berdi.

“Bugungi kunda kitob va yana ba’zi bir narsalarni o‘g‘irlash o‘g‘irlik yoki gunoh emas deydiganlar bor (ilm yo‘lida bo‘laveradi deyishadi), — deb yozadi sayt o‘quvchisi.— Hattoki kitob o‘g‘irlash ‘savob’ deganlarni ham eshitganman. Olloh harom qilgan ishni maqtash yoki halol deb aytish (adashmasam) kufr deb o‘qigandim. O‘zim buning noto‘g‘ri ekanligini bilaman. Ko‘pchilikka chiroyli qilib tushuntirsak ham tushunishmaydi. Iltimos, shu haqda to‘liq ma’lumot bersangizlar”.

Sayt ma’muriyati javobi quyidagicha bo‘ldi: “Har bir inson, xususan balog‘atga yetganlar so‘zlayotgan gaplariga e’tibor berishlari zarur. Uning shariatga muvofiq yoki zid ekanligini tafakkur qilishi shart. Chunki kishilarning ba’zi bir so‘zlari shariatga zid ekanligi ko‘p holatlarda uchramoqda. Bu holat ularning o‘zlari bilmagan holda dindan chiqib qolishlariga sabab bo‘lishi mumkin. Shariatimizda bu gaplarni hazillashib gapirdimi yoki o‘ylamay gapirdimi, farqi yo‘q. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: ‘Banda parvo qilmay, “zarari yo‘q” deb bir gapni gapirib qo‘yadi. U esa uni do‘zaxdan yetmish yillik masofaga tushirib qo‘yadi’ deganlar. O‘shalardan eng xavflisi Alloh harom qilgan narsalarni ‘halol’, ‘qilsa bo‘laveradi’ deb yoki ularni chiroyli sanab ‘yaxshi ish’ deb bilishdir. Siz aytgan o‘g‘irlik qilish shariatimizda qat’iy harom hisoblanadi. Bu borada ko‘plab oyati karima va hadislar kelgan. Yuqoridagi gapga binoan o‘g‘irlikni, xususan kitobni o‘g‘irlab o‘qishni halol sanaguvchilar, shariatimiz hukmi bo‘yicha dindan chiqib qoladi. Shuningdek shariat ‘halol’ yoki ‘muboh’ qilgan amallarni ‘harom, qabih’ sanash ham kufr hisoblanadi”.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: