Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ko`klam yaqin... mavsumiy allergiya xurujidan himoyalanamiz
Ko`klam yaqin... mavsumiy allergiya xurujidan himoyalanamiz

Ko`klam yaqin... mavsumiy allergiya xurujidan himoyalanamiz

Ko`klam yaqin... mavsumiy allergiya xurujidan himoyalanamiz
«Bahor yaqinlashgani sayin yuragim taka-puka bo`la boshlaydi. Negaki, menda mavsumiy allergiyaga moyillik bor. Xuddi shamollashga o`xshash alomatlar paydo bo`la boshlashidan bilamanki, allergiya xuruji yaqin. Mana, yangi mavsumga ham oz qoldi, men esa bezovtaliklardan qanday himoyalanishni o`ylayapman. Hadeb dori preparatlarini qabul qilishdan cho`chiyman, keyin bunga o`rganib qolsam-chi? Men kabi mavsumiy allergiyadan xavfsiraganlar nimalarga ahamiyat berishlari lozim? Shu haqda ma`lumot bersangiz?..»

Zarifa Mamajonova, Toshkent shahri

Tez-tez aksirish, burun bitishi, ko`z yoshlanishi kabi alomatlar bilan kechadigan mavsumiy allergiyadan shikoyat qilganlar ko`p. Bezovtalik asosan erta bahordan to mayning oxiri va kuz fasligacha davom etgani bois allergik xurujlardan saqlanish jiddiy masala hisoblanadi. Xo`sh, bu ishni qanday amalga oshirish mumkin?

Mutaxassis — oliy toifali shifokor-dermatovenerolog Sevara AKBAROVA.

Mavsumga bog`liqligi nimada?

Allergiya tashqi va ichki muhitning turli omillariga inson tanasi sezuvchanligining ortishi bo`lib, bunda immun tizimidagi buzilish sababli tana xavfsiz moddalarni xavfli deb qabul qiladi va himoya tizimini ishga tushiradi. Natijada esa burun oqishi, ko`z yoshlanishi, qichishish, teri toshmalari paydo bo`ladi. Bahorda sodir bo`ladigan tabiat o`zgarishlari, daraxtlar gullashi, o`simliklardan ajraladigan chang zarralari organizmga turlicha ta`sir ko`rsatadi. Ana shu vaqtda immun tizimi sutstlashgan bo`lsa, allergiyaga moyillik yuz berishi mumkin. Ko`klam kirib kelishiga hali vaqt bor, demak, bugundan boshlab immunitetni mustahkamlash choralarini boshlang, shunda allergiya xurujiga tutilmaysiz.

Mavsum allergiyasi asosan gulchanglari evaziga yuz beradi va tibbiyotda pollinoz deb ataladi.

Allergiyani uch davrga bo`lsak, boshlang`ich davri – mart oyining boshidan may oyi o`rtasigacha, ya`ni daraxtlar gullashi paytiga to`g`ri keladi. Ikkinchi davri may oyidan iyulning oxiri, avgust boshigacha davom etadi. Bu vaqtda dala o`tlarining gullashi yuz beradi. Va nihoyat uchinchi davri boshoqli o`simliklar, shuvoqning gullashi bilan bog`liq bo`lib, avgust oyidan noyabrgacha cho`ziladi.

Mart oyida yuz berish ehtimoli mavjud allergiya xurujiga chap bera olsangiz, keyingi davrlaridan osongina o`tib olasiz.

Allergenlar nima o`zi?

O`simlik va boshqa changlar, allergen mahsulotlar, kosmetika, tozalash hamda dori vositalari – allergenlardir. Shuningdek, uy hayvonlari (ya`ni ularning tuklari) ham allergen hisoblanadi. Mavsumiy allergiyaga xos belgilar yuzaga kelishining 80 fozi esa gulchanglari hisobiga sodir bo`ladi.

Allergiya qo`zg`atuvchi omillar nafaqat tashqi muhitda, balki har birimizning honadonimizda ham bor. Misol uchun, uy jihozlari, bolalar o`yinchoqlari, gilam yoki yumshoq mebel yuzasida to`planadigan chang zarralarini olsak, ular ham allergik qo`zg`atuvchilardir. Mazkur allergenlar ko`zga ko`rinmagani bois u qadar e`tibor jalb qilmaydi, ammo zaiflashgan immunitetga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin.

Irsiy moyillikning ta`siri bormi?

Agar ota-onaning biri yoki har ikkisida allergik kasalliklar bo`lsa, ularning farzandlari ham allergiyaga moyil bo`lishi mumkin. Tashqi sabablarga ko`ra ham mavsumiy allergiyaga moyillik kuzatilishi hech gap emas.

Ma`lumotlarga ko`ra er yuzida allergik kasalliklar o`tgan asrning 60-yillaridan keyin avj ola boshlagan. Texnika taraqqiy etgan hamda rivojlanish darajasi boshqalardan yuqori bo`lgan mamlakatlarda allergik kasalliklarga chalinish holatlari ko`proq qayd etiladi.

Mahsulotlarga ehtiyot bo`lasiz, chunki...

Agar sizda mavsumiy allergiya xurujlariga moyillik bo`lsa, iste`mol qilayotgan mahsulotlaringizga diqqat qiling. Sababi – mahsulotlarga allergiya mavsum tanlamaydi. Bezovtalikning qo`zg`alishiga olib keluvchi – mosh, loviya, no`xot, qorag`at, maymunjon, qulupnay, olcha, gilos, asal va yong`oqni shu bugundanoq cheklang. Ayrim insonlar, hatto, sutga ham allergik hisoblanishadi. E`tibor bergan bo`lsangiz, tomog`i og`riyotgan kishi sut ichganida, yo`tal xuruji kuchayib, tomoqda qichinish ortadi. Bu sut mahsulotiga nisbatan allergiya borligining belgisidir.

Mustaqil aniqlash mumkinmi?

Odatda, bahorgi allergiya tumov va ko`z yoshlanishi bilan kechadi. Shamollashning dastlabki belgisi esa et uvishishi, ya`ni sovqotishdir. Qolaversa, shamollaganingizda lanjlik, bosh og`rishi, tana haroratining ko`tarilishi kabi alomatlarni sezasiz. Allergiyada esa bunday bo`lmaydi. Ikkisini farqlashda qay holatda boshlanganiga e`tibor bering. Masalan, ko`cha-ko`yda yurganingizda tez-tez aksirish yoki ko`z yoshlanishi kuzatilsa, tomog`ingiz qichishayotgandey bo`lsa, biror yopiq xonaga kirib olmaguncha davom etishiga diqqat qiling. Xonaga kirgach, bezovtaliklar to`xtasa, allergiyaga moyilligingiz bor. Aksincha, bezovtaliklar davom etaversa va ular qatoriga boshqa alomatlar ham qo`shilsa, muammo allergiyada emas, bu vaziyatda shifokor ko`rigi talab etiladi.

Har yili takrorlanishi rostmi?

Allergiya har mavsum qaytalanishi mumkin, agar dastlabki muolaja to`liq bajarilmagan bo`lsa. Mazkur xastalik bir umrlik hukm bo`lmasa-da, ammo kerakli dori vositalarini qabul qilish barobarida parxezga rioya etilishini ham talab qiladi. Hatto, arzimasdek tuyilgan istisno kunlari ham allergiya xurujlariga sabab bo`lishi mumkin. Bahor yaqinlashgani sayin taomnomangizda dukkakli mahsulotlar, shirinlik, asal, yong`oq, tuxum, qahva, kakao, qulupnay, pomidor, sitrus mevalari kamroq ishtirok etishiga ahamiyat bering. O`simlik changlari, hayvon tuklari, o`tkir va yoqimsiz hidlardan nariroq yuring. Uy xonalarini tez-tez shamollatib turing. Shunda mavsum o`zgarishlaridan osongina o`tib olasiz.

Allergiyaga moyilligingiz bo`lsa, deraza oynalariga to`rparda tuting. Haftada ikki marta to`rpardani ho`l matoda artib, changidan tozalab turing.

Dori vositalari uyqu chaqirmaydimi?

Odamlar orasida allergiyaga qarshi dorilar asabni bo`shashtiradi, e`tiborning susayishi, holsizlik, uyquchanlikni keltirib chiqaradi degan faraz bor. Bu noto`g`ri! Hozirda ishlab chiqarilayotgan dori vositalari mazkur taxminlardan holi bo`lib, 24 soat davomida allergiyaga qarshi ta`sir ko`rsatadi va uyqu chaqirmaydi. Shuningdek, bugunga kelib turli hil aerozol shaklidagi mahalliy gormon preparatlari ham mavjud. Ular faqat mahalliy ta`sir ko`rasatadi. Qonga o`tmaydi.

Allergiyani bir kurs muolaja bilan davolash qiyin. Bu ishni asta-sekinlik bilan bajargan ma`qul. Agar o`z vaqtida davolanilmasa yoki o`zbilarmonlik qilinsa, rinitdan tortib loringit, bronxit, bronxial astma xastaliklari kelib chiqish ehtimoli bor.

Allergiya xuruji yuz berganida qo`llaniladigan dori preparatlarini davolovchi shifokoringiz buyuradi. Mustaqil tarzda aerozol yoki boshqa vositalarga chalg`imang. Ehtimol, sizdagi o`zgarishlarni bir necha kunlik parxez yordamida ham tuzatsa bo`lar.

Allergiyaga moyilligingiz bo`lsa, ko`chadan qaytgach, boshdan oyoq yuvinib olishga odatlaning. Mutaxassislar fikricha, mazkur usul allergiyaga qarshi eng samalari vosita ekan.

Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: