Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » KO`KRAK SARATONIDAN QANDAY HIMOYaLANISh KERAK?
KO`KRAK SARATONIDAN QANDAY HIMOYaLANISh KERAK?

KO`KRAK SARATONIDAN QANDAY HIMOYaLANISh KERAK?

KO`KRAK SARATONIDAN QANDAY HIMOYaLANISh KERAK?
Dunyo statistikasiga ko`ra, jahonda har o`n ayoldan biriga ko`krak saratoni xastaligi xavf solishi mumkin. Kasallikni davolashning hanuz murakkabligi va vaqt o`tkazib yuborilganida imkonsizligi tufayli ham u haligacha bedavo dard sifatida qabul qilinadi. Biroq xastalikni ilk davrida aniqlash 95 foiz hollarda uni davolashni kafolatlaydi. Ammo aksariyat ayollar mammolog huzuriga kasallik ancha avj olib, uni qaytarishning imkoni qolmaganida murojaat etishadi. Shuning uchun ham ko`krak saratoni ayollar onkologik kasalliklari orasida birinchi o`rinda turadi. Tibbiyot fanlari doktori, oliy toifali xirurg-mammolog Dilobar MIRRAHIMOVA bilan bo`lgan suhbatda saraton xastaligining oldini olish choralari, uni keltirib chiqaruvchi ayrim sabablar to`g`risida gaplashdik. Darvoqe, oktyabr butun dunyo ko`krak bezi saratoniga qarshi kurash oyi deb e`lon qilingan.

— Mushtariylarimiz orasida «saratonning kelib chiqishiga turli gormonal terapiya va homiladorlikka qarshi preparatlarni qabul qilish sabab», deb biluvchilar bor. Bu fikr haqiqatga yaqinmi?

— Yo`q, bu preparatlar saratonni keltirib chiqarmaydi. Aksincha, bunday preparatlarni qabul qilish orqali istalmagan homiladorlik, abortlarning oldi olinar ekan, bu sut bezlarida saratonni keltirib chiqaruvchi omil bartaraf etildi, deganidir. Zamonaviy gormonal preparatlar ham to`g`ri tanlanib ichilganida aslo nojo`ya ta`sir ko`rsatmaydi.

— Brokkoli karamini iste`mol qilish saratonga qarshi ta`sir etishi rostmi?

— Brokkoli hamda boshqa sabzavot va mevalar saratonning oldini oluvchi qandaydir mo``jizaviy xususiyatga ega emas. Ko`krak saratonidan xalos qiluvchi taomnoma hali o`ylab topilmagan. Biroq sulforafan moddasi bo`lgan karam va boshqa mahsulotlar bezdan iborat bo`lgan (ko`krak ham shunga mansub) a`zolarning normal ishlashiga yordam beradi.

— Cport bilan haftasiga 2-3 marta shug`ullanish kasallikka chalinish xavfini 20 foizgacha kamaytirishi bor gapmi?

— Umumiy olganda, sport irodani mustahkamlaydi, ichki a`zolar faoliyatini yaxshilaydi. Sport bilan muntazam shug`ullanish boshqa kasalliklar qatori sut bezlari saratoniga chalinish xavfini ham kamaytiradi. Biroq sport tufayli kasallikning oldi olingani to`g`risida statistik ma`lumotlar hozircha mavjud emas. Hozirgi kunda bir qator mashqlar majmuasi va texnikasi yordamida ko`krakning estetik ko`rinishini saqlash mumkin. Sut bezining o`zi mushaklardan iborat bo`lgani tufayli ko`krak qafasi mushaklari uchun mo`ljallangan mashqlar orqali bunga erishish mumkin.

— Spirtli ichimliklar, tamaki, qahva-chi?! Ular saraton chaqirmaydimi?

— Chekish va spirtli ichimliklar ichish o`pka saratonini keltirib chiqaruvchi jiddiy omil sanaladi. Tamaki organizmning doimiy ichki muhitini izdan chiqarib, immunitetni pasaytiradi. Boshqa kasalliklar qatori onkologik xastaliklar ham bunday sharoitda tezroq rivojlanadi. Qahvaning esa ko`krak saratonini keltirib chiqargani qayd etilmagan.

— Go`shtsiz parhez turli o`smalar rivojlanishi xavfini pasaytiradimi?

— Bunday deyishga hech qanday asos yo`q. Aksincha, go`shtli mahsulotlarni me`yoridan ortiq cheklash tufayli salomatlikka jiddiy zarar etkazuvchi o`zgarishlarni keltirib chiqarish mumkin. Inson organizmi har kuni etarlicha oqsil, yog` va uglevodlarni qabul qilishi kerak.

— Ko`pchilik ayollar «muntazam ravishda antiperspirantlardan foydalanish ko`krak saratonini keltirib chiqarishi mumkin», deya hadiksirashadi.

— Bu mutlaqo noto`g`ri. Faqat uning onkologlar uchun noqulaylik keltirib chiqarishi shundanki, u mammografiya paytida «aldaydi». Uning alyumin bo`laklari rentgen tasvirida biz qidirgan mikrokalsinatlarga o`xshab turadi. Bugungi kungacha antiperspirantlarning qandaydir yomon sifatli o`smalar keltirib chiqarishi mumkinligi isbotlanmagan. Ammo antiperspirantlar ter bezlarini yopib qo`yishi bilan xavflidir. Biroq ter bezi o`tkir yallig`langanida ham u saratonga aylanib ketishi mumkin emas.

— Ichki kiyimlar ham ko`krak salomatligiga salbiy ta`sir ko`rsatadimi?

— Siynabandlardan umuman voz kechishni tavsiya qilmaymiz. Ko`krak maxsus ko`tarib turilmasa, unda shakliy buzilish ro`y beradi. Ammo shuni ham esda tutish kerakki, tor ichki kiyim ko`krakdagi mikrosirkulyasiyaning buzilishiga, oqibatda turli o`smalar paydo bo`lishiga olib kelishi mumkin.

— Ko`krakdagi turli jarohatlar ham ko`krak saratonini boshlab berishi mumkinmi?

— Albatta, ko`krakka etkazilgan eng kichik jarohat ham turli o`smalar, o`zgarishlarni boshlab berishi mumkin. Ana shunday hollarda albatta mammologga murojaat qilish lozim.

— Zamonaviy tibbiyotda qon orqali ayolda genetik saratonga chalinishga moyillikni aniqlash mumkin bo`lgan tahlil topilibdi. Shu haqda gapirib bersangiz.

— Ha, bugungi kunda sut bezlari saratonini rivojlantiruvchi genlarni aniqlash imkoni topilgan. Ushbu genom ayolning saratonga chalinish ehtimoli kuchliligini bildiradi. Bu ayollar (ayniqsa, ona tomonidan saratonga chalinganlar bo`lganida) 30 yoshdan so`ng har yili 2 marotaba mutaxassis ko`rigiga borib turishlari lozim. Ammo esda tutish kerak: bu saratonni emas, genni tashxislashdir.

Ko`krak saratoni esa faqat klinik ko`rik, mammografiya (40 yoshdan oshgan ayollar uchun), ultratovush tadqiqoti (40 yoshdan kichiklar uchun), MRT-mammografik tashxislash orqali aniqlanadi. Avlodida ko`krak saratoni bo`lgan ayollarni tekshiruvlardan o`tkazganda yoshidan qat`i nazar, MRT mammografiya tekshiruvini amalga oshirish lozim.

— Mammografiya tekshiruvi haqida umuman tasavvurga ega bo`lmagan ayollarga ushbu tekshiruv haqida qanday axborot bergan bo`lardingiz?

— Mammografiya — ko`krak saratonini ilk bosqichlarida tashxislovchi yuqori ta`sirchan maxsus tekshiruv usuli. Ko`krakda ilk saraton o`smasi paydo bo`lganidan o`smani qo`l bilan sezish mumkin bo`lgunicha 3 yildan 8 yilgacha vaqt o`tishi mumkin. Mammografiya o`lchami 5 mikrokalsinatga teng o`smalarni ko`rsatish imkoniga ega. Agar o`smalar ana shunday kichik o`lchamlarda aniqlanganida edi, hech kim ko`krak saratonidan vafot etmagan bo`lardi. Mammografiya tekshiruvidan o`tish uchun kelayotganda turli talk, upa, dezodorant, antiperspirantlardan foydalanmaslik kerak. Bu tashxislashni qiyinlashtirishi, hatto noto`g`ri natija berishga olib kelishi mumkin. Mammografiya odatda hayz siklining 3-8-kunlari o`tkaziladi. Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti talablariga ko`ra, 35 yoshdan so`ng 2 yilda bir marta, ko`rsatmalar bo`lmaganda 50 yoshdan so`ng yiliga 1 marta mammografiya tekshiruvidan o`tib turishlari lozim.

Dilnoza UMAROVA suhbatlashdi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: