KO`Z ATROFINI AJIN, KO`KARISh, QOPChALARDAN HIMOYaLAYMIZ
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: KO`Z ATROFINI AJIN, KO`KARISh, QOPChALARDAN HIMOYaLAYMIZ
- Дата релиза: 13-10-17, 14:24
Ko`z qovoqlari terisiga ham ajin tushishi mumkin! Siz bu haqda bilarmidingiz? Ajablanmang, aynan ko`z qovoqlari terisi yog` qavatiga ega bo`lmagani bois quruqlashishga moyil hisoblanadi. Yoshga doir o`zgarishlarga chap berish va hamisha go`zal ko`rinishni istasangiz, ko`z qovoqlariyu qopchalarini erinmay parvarishlang. E`tiboringizga havola etayotgan usullarimiz sodda, oson va muhimi samarali! Xo`sh, sinab ko`rasizmi?
Ajinlarga yo`q deng!
Ko`z atrofi terisida mayda ajinlar paydo bo`lganini sezsangiz, bitta tuxum sarig`ini atalang-da, muammoli sohaga surtib qo`ying. 15 daqiqadan so`ng iliq suvda yuvib olasiz. Agar ajinlar chuqur joylashgan bo`lsa, tuxum sarig`iga o`simlik yoki zaytun yog`idan qo`shasiz. Muolajani bir haftada 2-3 marta takrorlash mumkin.
Zig`ir urug`idan foydalaning!
1 stakan suvga 2 osh qoshiq zig`ir urug`ini solib, olovga qo`ying. Qaynab chiqqach, biroz iliting-da, dokadan o`tkazing. 2-3 qavatli dokani tayyor qaynatmada xo`llab, ko`z ustiga qo`ying. Doka ko`z atrofini butunlay qoplasin. 15 daqiqadan so`ng dokani olib, barmoq uchi bilan ko`z atrofi terisini engil uqalang.
Qovoqlarimiz qolib ketmasin...
Eng oson usul – bodring halqalari! Yupqa parak qilib kesilgan bodring halqalarini ko`z qovoqlari ustiga qo`ying-da, 15 daqiqaga qoldiring. Muolaja tugagach, teriga oziqlantiruvchi krem surtib qo`ying. Yana bir resept, 1 osh qoshiq bodring sharbatiga 1 osh qoshiq sutni aralashtirib, ko`z qovoqlari terisini arting.
Moychechakli muzchalar!
2 osh qoshiqdan moychechak, yalpiz va kashnich urug`i o`simliklarini 1 litr qaynagan suvda damlab, tindiring. So`ng dokadan o`tkazib, muz bo`laklari saqlanadigan idishchalarga quying-da, yaxxonaga joylang. Tayyor muzchalarni ikki qavat dokaga o`rab, har kuni ertalab ko`z atrofi terisi va qopchasini engil uqalang.
Zaytun yog`iga nima deysiz?
Kechqurun uyquga yotishdan avval 1-2 tomchi zaytun yog`ini barmoqlarigizga surtib, ko`z terisi atrofini engil uqalang. Ushbu usul ko`z atrofidagi terini taranglashtirib, parvarishlaydi. Bordi-yu, ko`z atrofi terisiga ajin tushmagan bo`lsa ham zaytun yog`ili muolajani kanda qilmang. Shunda keyinchalik ham ajinlardan holi bo`lasiz.
Qopchalarni «bo`shatamiz»
Bitta kichik kartoshkani qirg`ichdan o`tkazib, 1 choy qoshiq smetana bilan aralashtiring. Aralashmani pastki qovoq sohasiga yupqa surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So`ng iliq suvda chayib olasiz. Mazkur usulni haftasiga 2-3 marta takrorlab borsangiz, ko`z osti terisida qopcha hosil bo`lishidan qutilasiz.
Niqoblar ham bor!
Yarim bo`lak sabzi va olmani qirg`ichning mayda tishidan o`tkazib, 1 osh qoshiq qatiq bilan aralashtiring-da, ko`z atrofiga engil surting. 15 daqiqadan keyin avval iliq so`ng muzdek suvda chayib, niqobni tozalab oling. Mazkur niqob teri elastikligini tiklab, oziqlantiradi.
Tinchlantirish
Kunora ko`k choy yoki qora choy damlamasida 5 daqiqalik kompress o`tkazing. Bu kun davomida toliqqan ko`zlar uchun davo bo`lib, teri holatini yaxshilaydi. Shu bilan birga tinchlantiruvchi ta`sirga ham ega.
Ko`karish bo`lsa...
Bu holat ko`pincha buyrak faoliyatining izdan chiqishi, surunkali charchoq, uyquning etarli bo`lmasligi, gormonal holat buzilishlari, ko`z kasalliklari hamda nasliy moyillik sabab kelib chiqadi. Agar muammo biror kasallik bilan bog`liq bo`lsa, asosiy muolajadan so`ng teri holati yaxshilanishi kerak. Ko`makchi vosita sifatida esa quyida reseptlar asqotadi:
Bitta kartoshkani qirg`ichdan chiqarib, ko`z ostiga surting. 15 daqiqadan so`ng yuvib olasiz.
Moychechak damlamasi bilan har kuni ko`z osti terisini artib turing.
Marmarak damlamasini tayyorlab, muz solingan idishchalarga soling-da, yaxxonaga qo`ying. Kunora avval iliq choy damlamasida ko`z osti terisini artib, so`ng ikki qavat dokaga o`ralgan marmarakli muz bilan kompressni davom ettiring. Natijasi ikki haftada bilinadi.
Samira tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар