Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ko‘zlar salomatligini asrash uchun nimalar qilish kerak?
Ko‘zlar salomatligini asrash uchun nimalar qilish kerak?

Ko‘zlar salomatligini asrash uchun nimalar qilish kerak?

Ko‘zlar salomatligini asrash uchun nimalar qilish kerak?
Hozirgi zamonda nafaqat ish kunlarini, balki dam olish kunlarini ham kompyuter, smartfon va boshqa turli gadjetlarsiz tasavvur eta olmaymiz. Ko‘zlarimiz o‘zlari uchun noqulay holatga ko‘nikib qolgan, biz esa ko‘zlardagi qizarish, quruq bo‘lib qolish, achishish va bosh og‘rig‘i kabi belgilarni e’tiborsiz qoldiramiz. Afsuski, bu ertami-kechmi ko‘rish qobiliyatining yomonlashuviga olib keladi.

Ko‘rish qobiliyati, ko‘zlar salomatligi va go‘zalligini asrash uchun nima qilish kerak?

Avvalambor, ish joyini to‘g‘ri tashkil etish lozim
Kompyuterda ishlash vaqtida xonaning yoritilish darajasi pastroq, xiraroq bo‘lishi kerak. Shuningdek Monitor yaqinida yorug‘lik manbai yoki yorqin yuzalar bo‘lmasligi kerak.

Har ikki soatda tanaffus qilib turing
Bunda ish joyingizni tark etish shart emas, bor-yo‘g‘i 1—2 daqiqaga ko‘zlarni yumish yoki 10 daqiqa davomida uzoqdagi obyektga tikilish kifoya.

Ko‘zlar uchun maxsus mashqlarni bajaring
Ularni muntazam ravishda — kuniga 1—2 martadan qilib turish maqsadga muvofiq.

Bunda boshni tik tutib, dastlab 1—2 daqiqa davomida nigohingizni navbat bilan tepaga, pastga, o‘ngga, chapga yo‘naltiring. So‘ng ko‘zlarni yumib va boshni to‘g‘ri tutib, turli shakllarni “chizgan” holda ko‘z soqqangizni aylantiring.

Keyingi mashqni bajarish uchun nigohingizni avval xonaning pastki chap burchagiga qadang, so‘ng yuqori o‘ng, pastki o‘ng va yuqori chap burchaklarga qarang hamda pastki chap burchakka qaytib keling. Shu tarzda “sakkiz” chizib, so‘ng uni teskari tartibda takrorlang.

Mashqlar so‘ngida ko‘zlarni 2—3 soniya mobaynida qattiq yuming.

Ovqatlanish ratsioningizga ko‘rish qobiliyatini tiklashga yordam beruvchi mahsulotlarni kiriting
Misol uchun, sabzidagi beta-karotin moddasi ko‘rish qobiliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, chernikadagi antotsianlar — kuchli antioksidantlar ko‘z kapillyarlari qayishqoqligini oshirib, tomir devorlarini mustahkamlaydi, shuningdek shamollash yuzaga kelishining oldini oladi.

Ko‘zlar salomatligi uchun maxsus vitamin va minerallar kompleksini qabul qiling
Bundan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing. Mutaxassis ko‘zlaringizni tekshirib ko‘rib, shundan keyingina o‘zingizga mos preparatlarni tavsiya qiladi.

Bundan tashqari, ko‘zlaringiz sog‘lig‘i bilan bog‘liq ba’zi holatlarga e’tiborsiz bo‘lmang. Bu borada kichik tavsiyalar bilan tanishing:

Ko‘zlaringiz osti salqib qolgan bo‘lsa, choy paketchalari yordamida buni bartaraf etish mumkin. Ishlatib bo‘lingan paketchali choyni tashlab yubormang, sal sovigach, uni ko‘zlaringiz ustiga qo‘ygan holda 15 daqiqacha yotib dam oling. Paketchali choy bo‘lmasa, uning o‘rniga iliq romashka qaynatmasida ho‘llangan paxtani qo‘llash mumkin;
Ko‘zlar charchaganda ular uchun suv massaji tashkil etish mumkin. Buning uchun sovuq suvga botirib olingan barmoqlaringizdagi suvni ko‘zlaringizga qarata sachrating;
Qovoqlaringiz shishsa, ular ustiga archilgan xom kartoshka bo‘lagini qo‘yib, 15—20 daqiqa ushlab turing.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: