Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Ko‘zoynak taqadiganlar uchun makiyaj qoidalari
Ko‘zoynak taqadiganlar uchun makiyaj qoidalari

Ko‘zoynak taqadiganlar uchun makiyaj qoidalari

Ko‘zoynak taqadiganlar uchun makiyaj qoidalari
Makiyajning ko‘plab usullari va qismlari mavjud: smoky eyes, strobing, konturing, klassik chiziqchali. Lekin, agar siz ko‘zoynak taqsangiz, bu usullarning hammasini qanday to‘g‘ri tatbiq qilish mumkin? Bu haqda bizga mutaxassislar aytib beradi.

Makiyaj turi ko‘zoynak gardishiga va diqqatni nimaga qaratishni xohlashga bog‘liq. Gardishlar ikki turda bo‘ladi. Birinchidan, yirik linzali og‘ir — rangli, metalli. Bunday gardishlarda ehtiyotkorlik bilan to‘yingan makiyaj qilish kerak, chunki u ko‘zga tashlanadigan chiqishi mumkin, bunga esa hamma ham tayyor bo‘lavermaydi.

Ikkinchi turi — gardishlar bo‘lmaydi yoki juda yupqa va deyarli sezilmaydi. Bunday ko‘zoynaklar bilan makiyajni tanlash ancha osonlashadi, xohlaganingizni tanlashingiz mumkin.

Qoshlarni bo‘yash

Agar ko‘zlaringizni kichraytirib ko‘rsatmoqchi bo‘lsangiz, unda qoshlarni intensiv va qoraroq qilish mumkin.

Agar siz ko‘zlaringizni kattaroq qilishni xohlasangiz, unda qoshlaringiz och rangli, taralgan va baroq bo‘lishi kerak.

Konsiler

Ko‘z tagi sohasi uchun konsilerlarning yengilini olish kerak. Ular kremli va suyuq bo‘lishi kerak, ularni yaxshisi yupqa qilib surish kerak. Va bu faqat ko‘zoynak taquvchilargagina taalluqli emas.

Teksturalar

Kremli tenlar ham, upali tenlar ham har xil darajada porlashi mumkin. Ko‘zoynakli katta-katta ko‘zlar uchun yaxshisi sadaf rangli tovlanadigan tenlarni olmaslik kerak.

Ranglar

Gardishlarga qarama-qarshi bo‘lgan ranglardan foydalanib ularni bo‘rttirib ko‘rsatish mumkin. Masalan, agar ko‘zlaringiz yashil bo‘lsa, u holda to‘q qizil, qizg‘ish-jigarrang, toshbaqa rangli gardishlar mos keladi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: