KOKO ShANEL HAQIDA 4 TA FAKT

KOKO ShANEL HAQIDA 4 TA FAKT

KOKO ShANEL HAQIDA 4 TA FAKT
Ilk qadam. Moda olamining malikasi — Koko Shanel haqida eshitmagan ayolning o`zi bo`lmasa kerak. Koko har qanday qiyinchilikni o`z manfaatiga aylantirish qobiliyatiga ega bo`lgan. Faoliyatini kiyim do`konida sotuvchilikdan boshlagan modeler ko`p o`tmay, o`sha davrda kiyinish madaniyatining ajralmas qismi hisoblangan aksessuar — shlyapalar do`koni ochadi. U oddiy shlyapa sotmas, balki har bir modeli takrorlanmas asar edi. Tinib-tinchimagan Koko bir yilda yaxshi natijaga erishdi: mashhur «Ris» mehmonxonasi qarshisidagi do`konni qo`lga kiritdi.

Birinchi kashfiyot. Xonimlarning ajralmas «dugona»siga aylangan elkaga osib olinadigan sumkacha ham Shanelning qalamiga mansub. O`tgan asr boshlarida ayollar liboslarida cho`ntak bo`lmaganligi sababli ular qo`llarida xaltachaga o`xshagan sumka ko`tarib yurishgan. «Qo`limda doim «ridikyul» tutib yurishdan charchadim. Buning ustiga, qachon qarama, ularni yo`qotib yuraman» deya Koko ham qulay, ham ayolga zeb beradigan sumkachani o`ylab topadi.

«Ishlarim «besh». Har bir ayolning orzusi bo`lgan «Chanel N5» 1921 yildan buyon ishlab chiqariladi. Atir muallifi Koko emas, fransuz parfyumeri Ernest Bo. U Shanelga to`plamidagi atirlardan birini tanlashni taklif qiladi. Atirlar 1 dan 5 gacha, 20 dan 24 gacha bo`lgan raqamlar bilan belgilangan edi. 5 raqami unga omad keltirishiga ishongan Shanel N5 raqamli flakonni tanlaydi. Va shu bilan bu atir — «Chanel N5» nomi bilan dunyoga taniladi.

Surgun. Ikkinchi jahon urishidan so`ng Koko fashistlar bilan ayg`oqchilik qilishda ayblanib, hibsga olinadi. Biroz fursatdan so`ng Fransiyani tark etish sharti bilan ozod qilinadi. 1944 yili Shveysariyaga ko`chib kelgan Koko u erda 1953 yilga qadar yashaydi. Qiyinchiliklar va keksalik oldida bo`yin egishni istamagan xonim 1954 yili, 71 yoshida o`zi ishlab chiqqan kiyimlarini moda olamiga taqdim qiladi. Faqat bu namoyishlar u kutgan natijaga olib kelmaydi. Omadsizliklarga qaramay, Koko o`z modellarini mukammallashtirishdan to`xtamaydi, tushkunlikka tushmaydi. Va uch mavsumdan so`nggina o`zi kutgan muvafaqqiyatga erishadi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: