Kompyuterda sog‘lom ishlash uchun 12 maslahat
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kompyuterda sog‘lom ishlash uchun 12 maslahat
- Дата релиза: 15-04-18, 14:51
Ko‘pchilik kun davomida kompyuterda ishlaydi va albatta bel og‘riqlari, ko‘zlarning qizarib achishish holatlarini boshidan kechiradi. Biz sizga qanday qilib bunday holatlarning oldini olish mumkinligi haqida aytmoqchimiz.
1. Agar siz noutbukda ikki soatdan ko‘proq vaqt ishlaydigan bo‘lsangiz, unda noutbuk uchun maxsus taglikdan foydalaning.
2. Ekran va ko‘zlaringiz orasidagi masofa 50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
3. Ekranni shunday joylashtiringki, uning yuqori qismi sizning ko‘zlaringiz bilan bir xil balandlikda bo‘lsin.
4. Ekranni derazadan tushadigan shu’lalar yoki yorug‘lik ko‘zlaringizga xalal bermaydigan qilib joylashtiring.
5. Ekranni 10—20 daraja orqaga buring. Bu ko‘zlaringiz uchun qulayroq bo‘ladi.
6. Klaviatura tirsaklaringiz bilan bir xil balandlikda joylashgan bo‘lishi kerak.
7. Klaviaturani 10 daraja orqaga buring. Shunda harflarni terishda qo‘llaringizga qulayroq bo‘ladi.
8. Rostlanadigan kreslo yoki stuldan foydalaning.
9. Vaqti-vaqti bilan nigohingizni uzoqlarga qaratish orqali ko‘zlaringizga dam bering.
10. Vaqti-vaqti bilan o‘rningizdan turing, orqa va qo‘l mushaklarini tortadigan mashqlar bajaring.
11. Siz qarayotgan faoliyat predmeti (bu monitor bo‘ladimi yoki kitobmi) qarshingizda joylashgan bo‘lishi kerak. Bu boshni doimiy ravishda burilishdan saqlashga yordam beradi.
12. Ish joyingiz siz uchun qulay tarzda moslashtirilgan bo‘lsa ham tanangiz uzoq vaqt bir joyda va bir xil holatda bo‘lgani uchun baribir charchashi haqida unutmaslik kerak. Shuning uchun vaqti-vaqti bilan ekran, klaviatura va kresloning holatlarini o‘zgartirib turing.
Sog‘lig‘ingizni asrang!
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар