Konservalar haqida 5 uydirma
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Konservalar haqida 5 uydirma
- Дата релиза: 23-02-18, 08:49
Konservalar saratonni keltirib chiqarishi, tarkibida juda xavfli og‘ir metallar mavjudligi va unda bironta ham foydali modda yo‘qligi haqida ko‘p gapiriladi. Lekin bu haqda mutaxassislar butunlay boshqacha fikrga ega.
1-uydirma. Konservalar faqat bankalarda qilinadi
Keng ma’noda qaralganda konservalangan deyilganda uzoq vaqt saqlash maqsadida ishlov berilgan har qanday oziq-ovqatlar tushuniladi.
Unga marinadlangan sabzavotlar ham, murabbolar ham, quritilgan olmalar ham, dudlangan kolbasalar ham kiradi.
2-uydirma. Konservalar tarkibidagi konservantlar tufayli uzoq saqlanadi
Aksincha: texnologiyaga rioya qilinsa konservantlar umuman kerak bo‘lmaydi. Boshqa ko‘pchilik oziq-ovqatlarga ularning saqlanish muddatini uzaytirish, ya’ni ularga konservalar xususiyatini berish uchun konservantlar qo‘shiladi.
3-uydirma. Konservalar tarkibida juda ko‘p xavfli masalliqlar bor
Haqiqatan ham konservalar tarkibida juda ko‘p xavfli moddalar, masalan tuzlar bor. Shuning uchun yurak-tomir va siydik yo‘llari tizimida muammolari bo‘lgan kishilarga konservalangan ovqatlar tavsiya qilinmaydi. Bunday oziq-ovqatlarni bolalarga ham berish mumkin emas.
Lekin me’yorida iste’mol qilinsa bunday ovqatlar unchalik katta zarar keltirmaydi.
4-uydirma. Konservalarda foydali moddalar yo‘q
Konservalarni tayyorlash texnologiyasida yuqori haroratdan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu vitaminlarning parchalanib ketishiga olib keladi. Lekin faqat bir qismi. Quruq yoki foydasiz konservalangan oziq-ovqatlarga aylanib qolmaydi.
5-uydirma. Konservalar umrbod saqlanadi
Ko‘pchilik agar bankaning ko‘rinishi normal holatda bo‘lsa, uning ichidagini ko‘rsatilgan saqlash muddati o‘tgandan 100 yildan keyin ham iste’mol qilish mumkin deb o‘ylaydi.
Umuman olganda, konservalarni ishlab chiqarish va saqlash texnologiyasi to‘g‘ri bo‘lsa, haqiqatan ham konservalar bir necha avlod odamlaridan ham ko‘proq umr ko‘rishi mumkin.
Lekin bu uydirmaga ko‘r-ko‘rona ishonish konservalarni haddan tashqari xavfli qilishi mumkin. Shishgan bankalardagi oziq-ovqatlarni yeyish mumkin emasligini hamma bilsa kerak, bu botulizm xavfini tug‘diradi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар