«KOSMETOLOGGA BORIShDAN QO`RQAMAN…»
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: «KOSMETOLOGGA BORIShDAN QO`RQAMAN…»
- Дата релиза: 08-11-17, 20:54
— Yoshim 22 da. Turmushga chiqmaganman. Yuzim yog`li, husnbuzarlar toshib turadi. Asoratlari ham qolib ketgan. Bulardan xalos bo`lish uchun kosmetologga ham bormoqchi edim, ammo yuz terimga zarari bormi, deb qo`rqaman. Eshitishimcha, kosmetologga muntazam qatnab turish kerak ekan, shu rostmi?
Dilya
Mahbuba MAMANOVA, kosmetolog: — Yog`li yuz terisida husnbuzarlar paydo bo`lsa, ularni siqish yoki ustini shilish mumkin emas. Bu bilan husnbuzar o`rnida dog` paydo bo`lishi mumkin.Dog`larni ketgazishda achchiq bodom yog`i yoki erqalampir (xren) tomirini go`sht qiymalagichdan chiqarib, yuzga surtiladi. Bu muolajalarni 10 kun davomida kechki maxal bajarish lozim. Yog`li yuz tersini uchun esa eng ma`quli yuqorida keltirilganidek, achchiqtoshli surtmalardir. Ulardan foydalanayotganingizda paxtali tamponni toshma ustiga qattiq bosmang. Kun ora ko`k choy yoki moychechak damlamalari (1 osh qoshiq moychechak guli+200 gr qaynagan suv) bilan navbatma-navbat yuzingizni arting. Bu muolajani kechki mahal bajarish maqsadga muvofiq. Kosmetologga necha marta borish yuz terisidagi o`zgarishlarga bog`liq. Ammo uy sharoitida to`g`ri parvarishlashni bilsangiz, bunga hojat ham qolmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар