KRAXMALLI BOTOKS

KRAXMALLI BOTOKS

KRAXMALLI BOTOKS
Ayollar hamisha go`zal va yosh ko`rinishni orzu qiladilar, ammo yillar o`zinikini olmay qo`ymaydi. Har doim ham qimmat salonlarga borish, botoks kabi muolajalarga sharoit bo`lavermaydi. Parvarishlashning eng ma`qul chorasi uyda tayyorlangan niqoblardir. Aynan shu maqsadda kraxmalli niqoblarni tavsiya qilamiz. Kraxmal tarkibida mikroelementlar, temir, xolin, kaliy va vitamin S kabi ajinlarni silliqlashtiruvchi moddalar mavjud.

Yodda tuting: yuzda yara va yallig`lanishlar bo`lsa, kraxmalli niqobni qo`llay ko`rmang.

1. 1 osh qoshiq kartoshka yoki makkajo`xori kraxmalini 1:1 ga nisbatda sut bilan aralashtirib, 1 choy qoshiq kosmetik moydan qo`shing. Bu niqob ta`sirchan yuz terili ayollarga juda mos.

2. Kraxmalga dengiz tuzini 1:1 nisbatda qo`shib aralashtiring. So`ng 4 osh qoshiq qirg`ichdan chiqarilgan bodringni ham qo`shing. Yog`li yuzlar uchun mo`ljallangan niqob tayyor.

3. 1 osh qoshiq kraxmalni 1 choy qoshiq tuz bilan aralashtirib oling. Bo`tqa holiga kelguncha iliq sut quying, so`ng 1 choy qoshiq suyuq asaldan ham solib yuboring. Bunday niqob yuzni qisqa muddatda yangilaydi, torttirib, silliqlashtiradi.

4. 1:1 nisbatda kraxmal va limon sharbatini aralashtiring. Bunday oddiy niqobni yuzda 10 daqiqadan ko`p ushlab turmang va 1 haftada 1 marta qilsangiz kifoya. Bundan tashqari bu niqob quruq va ta`sirchan yuz terisili xonimlarga to`g`ri kelmaydi.

5. Yarimta bananni ezib, bo`tqa holatiga keltiring-da 1 osh qoshiq kraxmaldan qo`shib niqob tayyorlang. Mazkur niqob yuzni namlantiradi, tashqi omillar ta`siridan tozalaydi va ajinlarni tekislaydi.

6. 1 stakan suvga 1 osh qoshiq kraxmal va 1 osh qoshiq yog`li smetanadan soling. So`ng 5 osh qoshiq sabzi sharbatidan ham qo`shib yuboring. Yaxshilab aralashtirib, mo`yqalam yordamida bir necha qavat qilib yuzga surting. Niqob 20 daqiqa davomida yuzingizda tursin. So`ng iliq suvda chayib oling.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: