Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi
Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi

Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi

Kredit bo‘yicha qarzlardan qutulishning 3 uslubi
Qarzlarni uzishning bir necha qulay uslublari mavjud. Aynan sizga mos keladigan uslubni topish uchun ularning hammasining kamchilik va afzalliklarini ko‘rib chiqish kerak.

G‘aram yoki ko‘chkilar uslubi

Boshida siz kreditlaringizni foiz normalarining kamayish tartibida ro‘yxat qilib chiqing. Birinchi navbatda foiz normalari eng baland bo‘lgan kreditlaringizni yopishga harakat qiling. Qolgan kreditlaringizga eng kam majburiy to‘lovni amalga oshiring, katta foizli kreditlaringizga esa — eng kam to‘lovga yana qanchadir qo‘shib to‘lang. Eng qimmat kreditni to‘lab bo‘lganingizdan keyin ro‘yxat bo‘yicha keyingisiga o‘ting.

Afzalliklari

Bu usul foizlarda tejashga imkon beradi.

Kamchiliklari

Yirik kreditlarni uzishga ancha ko‘proq vaqt ketishi mumkin. Bu usulning samarasi darrov sezilmaydi, shuning uchun ko‘pchilikda bu uslubdan voz kechish istagi paydo bo‘ladi.

Qor uchqunlari uslubi

Oldingi ikki uslublarda siz har oy o‘z budjetingiz hisobidan kreditlarni oldindan to‘lashga qo‘shimcha mablag‘lar ajratishingiz mumkinligi ko‘zda tutiladi. Afsuski, bunday imkoniyat hammada va har doim ham bo‘lavermaydi.

Lekin deyarli har bir kishida bir martalik rejadan tashqari daromadlar bo‘ladi: soliq chegirmasi, biror-bir keraksiz narsani sotishdan tushgan mablag‘lar, ishlab topilgan qo‘shimcha pul yoki bayramlar uchun pul ko‘rinishidagi sovg‘alar. Qor uchqunlari uslubining ma’nosi shundaki, siz bu pullarning hammasini qarzlarni uzishga yo‘naltirasiz. Balki bu unchalik katta bo‘lmagan mablag‘lar bo‘lishi ham mumkin. Lekin mayda qor uchqunlaridan katta qor uyumlari paydo bo‘ladi.

Afzalliklari

Unchalik katta bo‘lmasa ham oldindan to‘lovlar — bu yo‘qdan ko‘ra yaxshiroq. Ular bilan qarzdorlik summasi tezroq kamayadi.

Kamchiliklari

Bu uslub qarzingizni qachon to‘liq uzib bo‘lishingizni oldindan bilishga imkon bermaydi.

Kreditlarni birlashtirish va moliyalashtirish

Bu uslubning ma’nosi shundaki, har xil banklardagi bir necha kreditlar bitta katta kreditga almashtiriladi. Ba’zi hollarda boshqa banklardan moliyalashtirilgan summalarning foizlarini tejash hisobiga har oylik to‘lovlar summasini kamaytirish mumkin.

Afzalliklari

Kredit berishning yangi shartlari eskisiga qaraganda foydaliroq bo‘lishi mumkin. Bir necha qarzlarning o‘rniga bitta qarzni to‘lash ancha qulay va ruhiy jihatdan ham osonroq.

Kamchiliklari

Hamma banklar ham qarzlarni birlashtirish va boshqa bankka o‘z kreditlarini moliyalashtirish xizmatini amalga oshiravermaydilar. Juda ko‘p hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish uchun xarajatlar talab qilinishi mumkin. Ba’zi banklarda kreditni boshqa banklar tomonidan moliyalashtirilganda oldindan to‘lov qilingani uchun jarima undiriladi, ba’zilarida esa oldindan to‘lashning umuman imkoni yo‘q.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: