Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar
Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar

Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar

Kundalik ratsionimizdagi zaharli moddalar
Hayotingizni tahlika ostiga qo‘ymaslik uchun tarkibida quyidagi mahsulotlar bo‘lgan oziq-ovqatlardan voz kechishni tavsiya qilamiz.

GMO (GO‘O — genetik o‘zgartirilgan organizm). Asosiy qismi, bizning jismoniy va ruhiy ahvolimizga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar makkajo‘xori, soya va paxtadan tashkil topgan oziq-ovqatlar (bundan tashqari, makkajo‘xoriga simob bilan ishlov beriladi). Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, uchinchi avlodning GMO iste’mol qilishining oqibati butunlay bepushtlikka olib keladi.
Oziq-ovqat qo‘shimchalari. Asosiy xavfni hammaga ma’lum bo‘lgan natriy glutamat emas, balki oziq-ovqatlarga qo‘shiladigan bo‘yoqlar, shuningdek sanoat tovuq go‘shtlari boy bo‘lgan silikon polimerlar va natriy ftorid tug‘diradi. Ular saraton hujayralarining rivojlanishini, allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi, osteoporoz va nevrologik kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Shirin ta’m qo‘shuvchilar. Eng keng tarqalgan shakarning o‘rnini bosuvchilardan biri asparkam organizm faoliyatini har tomonlama ishdan chiqarishga sabab bo‘lishi isbotlangan. Afsuski, bugungi kunda u dori-darmonlarga, bolalar ovqatlariga va boshqa oziq-ovqatlarga qo‘shiladi.
Maishiy kimyoviy mahsulotlar. Shampun, dush uchun gel, kir yuvish kukuni va idish yuvish vositasi tarkibidagi sulfatlar nafas orqali o‘pkaga boradi va teriga singadi. Buning natijasida saraton kasalliklari rivojlanish xavfini va allergiyani keltirib chiqaradi.
Balki konspirologik nazariyalarga berilib ketish kerak emasdir, lekin bu aniqlangan ma’lumotlarda biroz bo‘lsa ham haqiqat borligi aniq va sog‘lom yashash tarziga intilish hech kimga xalal bermaydi.
Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: