Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Kurka go‘shtini pishirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Kurka go‘shtini pishirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Kurka go‘shtini pishirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar

Kurka go‘shtini pishirishda yo‘l qo‘yiladigan xatolar
Siz kurka go‘shtini pishirishda uni hech kuydirib yuborganmisiz? Yoki uning ichak-chavog‘ini olib tashlashni unutganmisiz? Agar shunday bo‘lsa, bunaqa achinarli holatlar faqat sizda yuz bermagan. Bu sinovlarni boshidan kechirgan uy bekalari kurka go‘shtini tayyorlashda ularni hech kim boshqa takrorlamasligi uchun o‘zlarining jiddiy kamchiliklari va xatolari to‘g‘risida siz bilan o‘rtoqlashmoqchilar.

1-xato: Muzlatilgan kurka go‘shtini pishirish

“Men muzlatilgan go‘shtni shoshilinch ravishda yuqori haroratda qizdirilgan duxovkada eritish muammoni tezda hal qiladi deb o‘ylagan edim. Lekin kurkaning tashqari tomoni qop-qora bo‘lib kuyib ketdi, ichi esa avvalgi holatida qoldi.”

Maslahat: Muzlatilgan kurkani eritish masalasida vaqtingizni tejashni o‘ylamang — u siz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq vaqtni oladi!

2-xato: Kurkani o‘rami ichida tuzlash

“Birinchi marta kurkani tuzlash uchun mos keladigan idish topolmasdan, plastik o‘ramning ichida tuzlamoqchi bo‘ldim. Kurka turgan paketning ichiga tuzli suvni quyishim bilan u yirtilib ketdi”.

Maslahat: Kurkani tuzlash uchun 15 litr hajmdagi chelakdan foydalaning.

3-xato: Bilinmaydigan ichak-chavoqlar

“Men kurkani tayyorlashdan oldin uning ichini tekshirib ko‘rdim va ichak-chovog‘i tozalangan ekan deb o‘yladim. Tayyor bo‘lgandan keyin uni kesish paytida ichki a’zolari olinmaganligi ma’lum bo‘ldi…”

Maslahat: Hatto ichak-chavoqlari ko‘rinmayotgan bo‘lsa ham, kurkaning ichini chiroq bilan yaxshilab qarang va tozalanganiga ishonch hosil qiling!

4-xato: Duxovka nosozligiga ahamiyat bermaslik

“Bayramdan oldin duxovkamizning boshqaruv paneli yaxshi ishlamay qolgan edi, lekin men bunga e’tibor bermadim. Mehmonlar kelishidan oldin duxovkaga qo‘yilgan kurka pisha boshlaganda, boshqaruv paneli yana buzildi va eshigi mahkamlanib qoldi. Uydagi elektrni o‘chirishga va duxovkaning sovib eshigi ochilishini kutishga to‘g‘ri keldi.”

Maslahat: Duxovka normal holatda ishlayotganiga ishonch hosil qiling. Har ehtimolga qarshi mehmonlar kelishidan oldin boshqa yeguliklarni ham g‘amlab qo‘ying.

5-xato: Qo‘shimcha rejaning yo‘qligi

“Bir kuni kurkani dudlayotganimda tasodifan ko‘mir ustiga biroz vino to‘kib yubordim — kul hamma tomonga uchib tarqalib ketdi. Kurkaga hech narsa qilmagan bo‘lsa ham, uning ostidagi podlivka foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qoldi.”

Maslahat: Har ehtimolga qarshi va biron ishingiz rejadagidek bo‘lmagan holatlar uchun bir-ikki banka ziravor va qaylalarni oldindan tayyorlab qo‘ying.

Manba: Daryo.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: