KUYGAN PULNI BANKDA ALMAShTIRISh MUMKINMI?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: KUYGAN PULNI BANKDA ALMAShTIRISh MUMKINMI?
- Дата релиза: 25-11-17, 12:13
— Yaroqsiz, ya`ni yirtilib ketgan yoki biror joyi teshilib qolgan yoki biror qismi kuygan, lekin kupyuradagi raqamlarga ta`sir qilmagan o`zbek milliy qog`oz pulimiz — so`mni banklarda almashtirish tartibi qanday?
A.Beknazarov, Toshkent shahri
Sherzod XOJIZODAEV, O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o`rinbosari:
— “O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki to`g`risida"gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 37-moddasiga asosan Markaziy bank pul belgilarining foydalanishga yaroqliligini aniqlash hamda putur etgan banknotlar va tangalarni belgilangan qoidalarga muvofiq cheklovsiz ayirboshlab beradi.
Shunga ko`ra, Markaziy bankning Adliya vazirligida 2008 yil 27 iyunda 1831-son bilan ro`yxatga olingan "Tijorat banklarida kassa ishini tashkil etish, inkassasiya va qimmatliklarni tashishga doir" yo`riqnomasida milliy valyutamiz — so`mning to`lovga yaroqlilik belgilarini aniqlash qoidalari belgilangan.
Jumladan, respublika hududida qonuniy to`lov vositasi kuchiga ega bo`lgan va ularning haqiqiyligiga shubha tug`dirmaydigan O`zbekiston Respublikasi Markaziy bankining pullari bo`lgan so`m va tangalar to`lovga yaroqli hisoblanadi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar quyidagi banknotlarni, ya`ni:
har qanday qismida teshik yoki yirtilishlar, siyqalanishlar,
yirtilgan va elimlangan pullar, agar pulning ikkala qismi shak- shubhasiz bitta banknotga tegishli bo`lsa;
bo`yoq moddalari va kislota to`kilgan, tabiiy rangi o`zgargan, kuygan, bo`yalgan yoki chizilgan pullar;
banknothajmining 55 foizidan kam bo`lmagan qismi saqlanib qolingan pullarni hech qanday moneliksiz to`lovga qabul qilishlari va pul tushumi hisobida banklarga topshirishlari lozim.
dog`lar, qalam, siyoh va flomaster bilan yozilgan yozuvlari mavjud bo`lgan pullar;
Shikastlanish turidan qatiy nazar (shakli buzilgan, pachoqlangan, siyqalangan, teshilgan, qirqilgan, sindirilgan, ishqorga solingan, biror bir metall bilan payvandlangan, olovda eritilgan, ko`karib va qorayib ketgan) o`zining to`la hajmini va old tarafidagi qiymati tasvirini saqlab qolgan hamda haqiqiyligiga shubha tug`dirmaydigan metall tangalar to`lovga yaroqli hisoblanadi.
Yuqoridagikabi shikastlangan pullar "eskirgan" pullar toifasiga kiritilib, to`lovga yaroqli hisoblanadi va banklar tomonidan ular shu qiymatdagi pullarga almashtirib beriladi.
Shunday ekan, to`lov vositasi sifatida taqdim etilayotgan banknot yirtilgan bo`lsa-da, banknotning 55 foizi va undan ko`p qismi saqlanib qolingan bo`lsa, bu pullar to`lovga yaroqli hisoblanadi.
Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar bunday pullarni to`lovga qabul qilib olishi, tushum puli sifatida banklarga topshirishi va almashtirib olishi mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар