Kuygandan keyingi dog`lar... Ketkazishning imkoni bormi?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kuygandan keyingi dog`lar... Ketkazishning imkoni bormi?
- Дата релиза: 31-05-17, 14:59
— Bir necha yil avval qo`l terim qattiq kuyib, ba`zi joylarda dog`lar, boshqa joylarda chandiqlar qoldi. Yaralar bitgach og`riq bezovta qilmay qo`ygan bo`lsa-da, terim estetik ko`rinishini yo`qotdi. Shu dog`lar va chandiqlardan qutilishning imkoni bormi?
Roziya, Toshkent shahri
Mutaxassis — kosmetolog Mahbuba MAMANOVA.
Muhimi, to`g`ri yordam berish
Oramizda bir marta bo`lsa ham kuyishdan aziyat chekmagan ayol topilmasa kerak. Ayniqsa, oshxonada kuymalanadigan opa-singillarimizning tez-tez duch keladigan noxushligi bu. Lekin bir qarashda arzimagandek ko`ringan kichik kuyish ham ba`zida dog` va chandiqlarga sabab bo`ladi. Jarohatning engil (1-2 darajali) turlarida birinchi yordam va davo choralari to`g`ri ko`rsatilsa, keyinchalik terida dog`lar paydo bo`lishining oldini olish mumkin. Buning uchun esa birinchi navbatda terini sovitishga harakat qilish darkor. Sovuq suv yoki namlangan paxtali mato yordamida. Agar qo`l ostingizda maxsus kuyishga qarshi tibbiy sprey yoki salfetkalar bo`lsa, ulardan foydalanishingiz mumkin. Zarurat tug`ilsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ammo kuygan teriga yog` surtish qat`iy taqiqlanadi. U terining ustki qavatida plyonka qatlamini xosil qilib, issiqlikning chiqib ketishiga to`sqinlik qiladi. Natijada teri yanayam chuqurroq kuya boshlaydi. Teri biroz tinchlanib, yuzasida qobiq paydo bo`lganidan keiyn esa shifokor tavsiyasiga ko`ra surtma dorilarni qo`llasangiz bo`ladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар