Kuygandan keyngi dog'lar ketkazishning imkoni bor
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kuygandan keyngi dog'lar ketkazishning imkoni bor
- Дата релиза: 09-12-17, 14:44
Bir necha yil avval qo`l terim qattiq kuyib, ba`zi joylarda dog`lar, boshqa joylarda chandiqlar qoldi. Yaralar bitgach og`riq bezovta qilmay qo`ygan bo`lsa-da, terim estetik ko`rinishini yo`qotdi. Shu dog`lar va chandiqlardan qutilishning imkoni bormi?
Roziya, Toshkent shahri
Mutaxassis — kosmetolog Mahbuba MAMANOVA.
Muhimi, to`g`ri yordam berish
Oramizda bir marta bo`lsa ham kuyishdan aziyat chekmagan ayol topilmasa kerak. Ayniqsa, oshxonada kuymalanadigan opa-singillarimizning tez-tez duch keladigan noxushligi bu. Lekin bir qarashda arzimagandek ko`ringan kichik kuyish ham ba`zida dog` va chandiqlarga sabab bo`ladi. Jarohatning engil (1-2 darajali) turlarida birinchi yordam va davo choralari to`g`ri ko`rsatilsa, keyinchalik terida dog`lar paydo bo`lishining oldini olish mumkin. Buning uchun esa birinchi navbatda terini sovitishga harakat qilish darkor. Sovuq suv yoki namlangan paxtali mato yordamida. Agar qo`l ostingizda maxsus kuyishga qarshi tibbiy sprey yoki salfetkalar bo`lsa, ulardan foydalanishingiz mumkin. Zarurat tug`ilsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. Ammo kuygan teriga yog` surtish qat`iy taqiqlanadi. U terining ustki qavatida plyonka qatlamini xosil qilib, issiqlikning chiqib ketishiga to`sqinlik qiladi. Natijada teri yanayam chuqurroq kuya boshlaydi. Teri biroz tinchlanib, yuzasida qobiq paydo bo`lganidan keiyn esa shifokor tavsiyasiga ko`ra surtma dorilarni qo`llasangiz bo`ladi.
Dog`, dog`lar...
Agar ko`rgan choralaringizga qaramay teringizda dog`lar yuzaga kelsa, bugungi kunda ularni ketkazishning bir qancha samarali usullari mavjud. Shulardan eng keng tarqalgani kimyoviy piling sanaladi. Dog`ning kattaligi, rangining to`qligiga qarab mutaxassis muolajaning yuzaki, o`rta yoki chuqur turlaridan birini tanlashi mumkin. Biroq bu usul yarasi bitgan terigagina qo`llaniladi.
Kimyoviy pilingning o`rtacha narxi: 60 000 – 100 000 so`m.
Chandiqlar endi ketmaydimi?
Agar bemor 3-4-darajali kuyishdan aziyat chekkan bo`lsa terining tiklanishi biroz mushkul kechadi. Va unda turli chandiqlar yuzaga kelishi mumkin. Lekin zamonaviy tibbiyot bu masalaning ham echimini topgan. Mutaxassislar chandiqlarning katta kichikligi, joylashgan o`rniga qarab yoki lazerli sayqallash, yoki plastik jarrohlik usuliga murojaat qilishni tavsiya etadilar. Bu bosqichda reklamalarga uchib, turli surtma va gellarni xarid qilib o`tirmang. Ular natija berishi dargumon.
Lazerli sayqallashda teri tozalangach, maxsus krem surtib, lazer nurlari bilan ishlov beriladi. Nur ta`sirida teri kuyib, qizaradi, yaralar hosil bo`ladi. Aslida, muolajaning asosiy maqsadi ham eski, zararlangan teridan tezroq qutilib, yangi va tekis teri chiqishini rag`batlantirish hisoblanadi. Ma`lum vaqtdan so`ng kuygan teri plyonkaga o`xshab shilinib tusha boshlaydi va ostidan yangi teri chiqadi. Amaliyotdan so`ng muntazam ravishda maxsus kremlardan foydalanish lozim. Sayqallashdan keyin 7 kun davomida uydan chiqmaslik, ultrabinafsha nurlaridan ehtiyot bo`lish talab etiladi. Umuman amaliyotni kuz oylarining oxiriga mo`ljallasangiz, adashmaysiz. Іa, ko`zlangan natijaga erishish uchun 7-8 bor muolaja qilishga to`g`ri keladi.
Lazerli sayqallashning o`rtacha narxi: 250 000–400 000 so`m. Agar chandiqning hajmi juda kichik bo`lsa amaliyot uchun 50 000–100 000 so`m sarflaysiz.
Plastik jarrohlik usulida terining butunligiga ziyon etkazgani bois tig` tekkan terida chandiq qoladi, albatta. Faqat tajribali mutaxassis uni imkon qadar ko`rinmaydigan qilib yashirishga yordam beradi. Ba`zi hollarda yanada yaxshi natijaga erishish uchun avval plastik jarrohlik, keyin lazerli sayqallash usullari birgalikda qo`llaniladi.
Plastik jarrohlikning o`ratcha narxi: 1 000 000 so`mdan boshlanadi. Bunda ham ko`p narsa chandiqning hajmiga bog`liq.
MAFTUNA tayyorladi.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар