Kuyovlar maktabida o`qiganmisiz?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Kuyovlar maktabida o`qiganmisiz?
- Дата релиза: 11-04-18, 19:28
To`ylardagi ortiqcha dabdababozlik, isrofgarchilik anchadan beri xalqimizni o`ylantirib kelayotgan masalalardan biriga aylangan. Bugun ushbu muammo haqida keng jamoatchilik jon kuydirib bot-bot gapirayotgani bejiz emas.
Yaqinda bir qarindoshimizning to`yida bo`ldim. Yoshi ulug`lar to`yoldi kelinbolaga oilani qanday tutish, qaynota-qaynonaga qanday muomala qilish, hurmat-izzat haqida tinmay gapirishyapti. Kelin ham hayajon aralash qulog`iga kiryaptimi-yo`qmi, indamaygina eshityapti. O`ylab qoldim, hozir kuyov tomonda ham xuddi shunday «majlis» bo`lyaptimikan?! Nima uchun turmushning bor mas`uliyatini kelinning gardaniga ilamiz?
Xalqimizda kelinlik maktabi degan ibora ko`p ishlatiladi. Nega kuyovlik maktabi degan iborani joriy qilmaganmiz? Axir, ular ham maktab sinovlari haqida ozmi-ko`pmi bilishlari kerak-ku! To`g`ri, bu quloqqa biroz kulgili eshitiladi, erish tuyuladi. Ammo oiladagi eng katta mas`uliyat aslida kuyovda-ku! Yoki ular faqat moddiy ta`minotchimi?
Yaxshi bir xonadonning gulday qizini kelin qilib, bag`ring to`ladi. Bechora ota uyida erkalanib o`sgan qiz kelin bo`ladiyu uy ishlariga ko`milib ketadi. Kezi kelganda dam ham olmaydi. Buning ustiga, kuyovto`raning injiqliklari… Go`yoki dunyoning bor tashvish-o`yi kelinning boshida.
Aksariyat hollarda kelinlik vazifasi, uyni qanday tutish, turmush o`rtog`iga qanday munosabatda bo`lish haqida juda ko`p gapiramiz. Ammo nega kuyovto`ralarga ham ularning bir qator vazifalari bor ekanini eslatib o`tmaymiz? Qaytaga, xotiningga qattiqroq tur, jilovini qo`yib yuborma, yon bosma... degan go`yoki oilani «mustahkamlovchi usul»larni o`rgatamiz. Hech birimizning xayolimizga ayolingga vafodor bo`l, doimo xursand qilib yur, eng yaqini bo`l, deya ikki og`iz nasihat qilish fikri kelmaydi.
Oila mustahkamligi yo`lida ba`zi narsalarga ko`z yumish kerak, derdi buvim hayotini xotirlarkan. U kelin bo`lib tushganida bobom hali talaba bo`lgan ekan. Bir kuni buvim uxlab qolib, ertalabki uy ishlariga ulgurmabdi. Xonasiga kirib yig`lay boshlabdi. Shunda bobom buvimni ovutib ko`nglini ko`tarib hammasi yaxshi bo`ladi, o`zim hal qilaman, deb chiqib ketibdi. Bobom onasiga bugun imtihoni borligini konspektlariga kelini yordam berayotganini aytib, vaziyatni tushuntiribdi. Tushungan ona qaytaga xursand bo`lib, o`g`lining ishini engillashtirayotgani uchun keliniga rahmat aytibdi. Shundan keyin buvimning bobomga nisbatan hurmati, mehri yanada oshibdi.
Xalqimizda yaxshisini oshirib, yomonini yashirib degan hikmatomuz ibora mana shunday oilalarga aytilgan bo`lsa kerak.
Nigora QO`ChQOROVA,
Chust tumanidagi 17-o`rta ta`lim maktabi o`qituvchisi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар