Lablarimiz yorilganda 12 chora
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Lablarimiz yorilganda 12 chora
- Дата релиза: 13-11-18, 19:24
Lab terisi o`ta nozik sanaladi. Unda nafaqat tashqi ta`sirlar, balki organizmning ichki holati ham aks etmay qolmaydi. Kuz-qish mavsumida lablar quruqlashishi, yorilishi muammosiga ko`p duch kelamiz. Bilasiz, bu holatda lab terisi alohida parvarish talab etadi.
Hammasi asabdan!
Lablar o`z–o`zidan quruqlashmaydi. Quyida muammoning bir qancha sabablarini sanab o`tamiz:
Avitaminoz. Organizm A, E va S vitaminlariga kuchli ehtiyoj sezsa, lab terisi quruqlashadi.
Namlik darajasi past. Kam suyuqlik qabul qilinganda organizmdagi suv balansi buziladi.
Zararli odat. Lablarni til bilan yalab qo`yish, hadeb bir–biriga tekkazish to`g`ri emas. Bu holatda lab terisining himoya qatlami sustlashadi.
Ziravorlar. Achchiq, sho`r, nordon eguliklar teri holatiga nojo`ya aks etadi. Ta`m beruvchi ziravorlar esa teri sezuvchanligini o`zgartirishi mumkin.
Allergiya. Upa, tonal kremi yoki pomada lab terisiga yoqmasa, allergik reaksiya kelib chiqishi mumkin. Bunda teri atrofi burishadi.
Ruhiy qo`zg`alish. Kuchli stress, yashirin kechuvchi depressiya, asabiylik – lab terisi kuchli quruqlashishiga olib keladi. Ayniqsa, biror nimadan qattiq norozi bo`linganda ichki ruhiy holat lab terisida aks etadi.
Eng yaxshisi – uqalash
Salqin havo lab terisiga ozor bermasligi uchun kunora lablarni uqalab turish kerak. Muolaja juda oson bajariladi: ko`rsatkich barmoq yostiqchasida labning ustki qismi engil paypaslanadi. 5-8 daqiqalik uqalashdan so`ng bu sohada qon aylanishi yaxshilanadi.
Uqalashni boshlashdan avval labdagi pomadani o`chirib, ozroq o`simlik yog`i yoki vazelin surtish kerak.
Kunora lablarga bodom, uzum danagi yoki chakanda yog`idan surtib turilsa, lab quruqshab qolishining oldi olinadi. Shuningdek, 3-5 daqiqaga bolalar kremini surtib qo`yib, so`ng quruq salfetka bilan artib olish ham foydali.
Piling qilamiz!
Quruqlashgan lablarni parvarishlashdan avval labning ustki qavatini tozalab olish zarur. Buning uchun quyidagi piling usullari tavsiya etiladi.
1 osh qoshiq suyuq asalga 1 choy qoshiq qo`ng`ir shakarni aralashtirib, labingizga surting. So`ng barmoq uchi yordamida engil uqalang.
1 osh qoshiq guruchni blenderda ezg`ilab oling. So`ng 1–1,5 osh qoshiq smetanaga aralashtirib, lablarga surting.
1 choy qoshiqdan iste`mol sodasi, asal va 2-3 tomchi zaytun yog`ini birlashtiring. Aralashmani lablarga surtib, 3-5 daqiqaga qoldiring.
Teng miqdorda osh tuzi va smetanani aralashtiring. Hosil bo`lgan aralashmani lablarga quyuq qilib surtib olasiz.
Piling uchun tanlangan aralashma lab terisiga yaxshi singdirilishi kerak. Buning uchun uqalash usulidan foydalaniladi. So`ng iliq suvda chayib olinadi (qaynoq suv mumkin emas). Pilingdan so`ng oziqlantiruvchi krem yoki istalgan moylardan birini surtish kerak.
Me`da–ichak, endokrin tizim muammolari mavjud bo`lganida lab terisi quruqlashadi va yoriladi. Shuningdek, lablaratrofi bichiladi.
Foydali niqoblar
Smetana + limon suvi. 2 osh qoshiq smetanaga 6-8 tomchi limon suvi va 1 choy qoshiq zaytun yog`ini aralashtiring. Hosil bo`lgan aralashmani labga surtib, 10 daqiqaga qoldirasiz.
Sabzi + zaytun yog`i. Bitta sabzini qirg`ichdan o`tkazib, sharbatini ajratib oling. 2-4 tomchi zaytun yog`ini qo`shing. Sabzi sharbati labdagi yoriqlarni bitkazadi.
Tovorog + smetana + asal. Teng miqdorda smetana va tvorogni aralashtiring. Ozroq asal qo`shing va aralashmani lablarga quyuq qilib surting.
Qatiq. 2-3 osh qoshiq qatiqni iliting-da, lablarga surtib qo`ying. Qatiq terini yumshatadi.
Olma + sariyog`. Yarim bo`lak olmani qirg`ichning mayda tishidan o`tkazing. Yarim choy qoshiq sariyog` qo`shing. Niqob lablarga surtilib, 10 daqiqaga qoldiriladi.
Niqob tozalab olingach, lablarni engil uqalang. So`ng sariyog` yoki oziqlantiruvchi krem surtib oling.
Lablarga asal surtib qo`yish doim ham foyda qilavermaydi. Agar teri ta`sirchan turga mansub bo`lsa, lablar qizarishi, achishishi mumkin.
Homiladorlik va emizikli davrda lablar quruqlashishi tabiiy hol. Negaki, bu paytda organizm gormonal o`zgarishlarga yuz tutadi. Lab terisi surunkali quruqlashsa, gormonlar tahlilini topshirish zarur.
Davolovchi pomada
Kuzda namlantiruvchi pomadalardan foydalanish tavsiya etiladi. Agar siz quruq va jilosiz lab bo`yog`ini yoqtirsangiz, tarkibida aloe yoki biror efir moyi bo`lishiga e`tibor qiling. Pomadani o`chirishda esa misellyar suv yoki efir moylaridan foydalaning.
Samira ULUG`BEKOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар