LAK TANLASh ISh EMAS
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: LAK TANLASh ISh EMAS
- Дата релиза: 15-10-17, 10:16
O`zingizga qancha oro bermang, tirnoqlaringiz parvarish qilinmagan bo`lsa, go`zalligingiz to`liq bo`lmaydi. Tirnoq bo`yog`i kiyim va teringiz rangiga mos bo`lishi uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling.
1. Rangsiz, novvotrang, qaymoqrang laklar neytral ranglar hisoblanib, istalgan kiyim bilan har qanday faslda moslashaveradi. Agar libosingizga qaysi rangli lakni moslashni bilmay tursangiz ana shu ranglardan foydalaning.
2. Qizil bo`yoqli lak ayollarga xos eng latofatli rang bo`lib, uni turlichasiga ishlatish mumkin. Bu rang bayramona uslubda kiyingan, qizil lab bo`yo¼i surtilgan obrazga ham mos, neytral rangdagi liboslar bilan ham tugallangan ko`rinish oladi. Qora rangli kiyimlarniku, tirnoqlarni qizil rangli laksiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
3. Jilosiz laklar klassik uslubga juda mos bo`lib, bunday lak surtilgan tirnoq egalari jiddiy, o¼ir-bosiq ko`rinadilar. Yaltiroq laklarni esa faqatgina bayram va to`y xashamlarda surtishingiz yoki kundalik manikyurda bir barmoqqa bezak o`rnida ishlatishingiz mumkin. Marvarid tusdagi laklar oxirgi paytlar urfda emas, iloji boricha kamroq bunday turdagi laklardan foydalaning.
4. Lak tanlashda tirnoqlar tuzilishiga ham alohida ahamiyat bering. Agar tirnoq ko`rinishi o`rtacha kattalik va uzunlikda bo`lsa, istalgan lakdan foydalanishingiz mumkin. Agar tirnoqlar keng va kalta bo`lsa, ularni to`q rangli laklar bilan uzunroq va ixchamroq ko`rsata olasiz.
5. Kuz-qish oylarida to`q rangli binafsharang, jilosiz, ko`k, to`q lavlagi rang va jigarrang laklar surtish maqsadga muvofiq bo`ladi. Bahor yoz oylarida esa yorqin rangdagi laklar bilan tirnoqlarni bo`yang.
6. Ko`k, yashil, siyohrang laklar bilan manikyur qilinganda hech bo`lmaganda akssesuaringiz shu rangdan bo`lishiga qat`iy rioya qiling.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар