«LIMONZOR» PIROGI
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: «LIMONZOR» PIROGI
- Дата релиза: 09-10-17, 22:00
Zarur masalliqlar: xamiriga: 380 gr. un, 250 gr. margarin, 200 ml. smetana, yarim choy iste`mol sodasi (sirkada so`ndirilgan); ichiga solishga: 2 dona kichkina limon, 200 gr. shakar, 1 choy qoshiq kraxmal.
Tayyorlanishi: 1. Margarinini qirg`ichdan o`tkazing va un bilan aralashtirib, qo`lingiz bilan yaxshilab uvadalang.
2. Iste`mol sodasini smetanaga solib, unli aralashmaga qo`shing. Xamirni bitta katta, bitta kichik bo`lakka bo`lib, sellofanga o`rang-da,yarim soatga muzlatkichga qo`ying.
3. Limonni go`shtqiymalagichdan o`tkazib, shakar qo`shing.
4. Xamirning katta bo`lagini yoyib, aylana shakldagi yog`langan qolipga joylang. Kraxmal sepib, limonli aralashmani soling. Tekis qilib chiqqach, ikkinchi bo`lak xamirni yoyib, ustini yoping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-40 daqiqada pishadi. Pishgach, to`rtburchak bo`laklarga bo`lib, qand upasi seping-da, dasturxonga torting.
Tayyorlanish vaqti: 1 soatu 35 daqiqa.
6 kishilik.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар