LIPOSAKSIYa OZISh YO`LIMI?
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: LIPOSAKSIYa OZISh YO`LIMI?
- Дата релиза: 13-09-17, 21:32
Har bir ayol go`zal va sarvqomat bo`lishni orzu qiladi. Go`zallik salonlariyu markazlari ayollarning bu istaklarini ro`yobga chiqarish uchun bel bog`lashgan. Liposaksiya ham ortiqcha yog`lar bilan kurashish uslublaridan biri.
Ma`lumki, yog` qatlamlari asosan qorin va bo`ksa, baqbaqalarda yig`ilib qoladi. Aynan shu sohalardagi yog`ni ketkazish juda murakkab kechadi. Ba`zi hollarda sport mashg`ulotlari ham, kam eyish ham bu muammoga echim bo`la olmaydi. Mana shunday holatlarda liposaksiya, ya`ni yog`ni eritish yo`li bilan olib tashlash uslubini qo`llash mumkin. Ammo liposaksiyani ortiqcha vaznga qarshi kurash uslubi deb bo`lmaydi. Bunda tananing ma`lum bir qismidagi yog` eritish va so`rib olish yo`li bilan yo`qotiladi, ammo semirib ketishning oldini olmaydi, davolamaydi. Liposaksiyaning 2 turi: vakuum va lazer uslubi mavjud.
Vakuum uslubi
Bu uslubda vakuum tortqich yordamida teri ostida yig`ilib qolgan yog` to`qimalari emirib, tortib olinadi. Amaliyot paytida mijoz og`riqni his qilmaydi, chunki amaliyot umumiy narkoz ostida o`tkaziladi. Bu uslub yordamida ko`p miqdordagi yog` qatlamidan xalos bo`lish mumkin. Amaliyot natijasini esa maxsus kiyimni echgach, ko`rish mumkin.
Lazer uslubi
Bu liposaksiyaning yangicha uslubi. Lazer impulslari teridagi yog` qatlamini eritib, katta bo`lmagan bosim ostida tortib olinadi.
Lazer liposaksiyasi mahalliy yoki umumiy narkoz bilan amalga oshiriladi. Ingichka nina yordamida yog` qatlamiga lazerda ishlov beriladi.
Qancha vaqt kerak?
Amaliyot o`rtacha yarim soatdan bir necha soatgacha davom etishi mumkin.
Amaliyotdan keyin…
Bemorning umumiy holatidan kelib chiqqan holda u amaliyotdan keyin bir necha soatdan 1 sutkagacha tibbiyot markazida olib qolinishi mumkin. Amaliyotdan so`ng og`riq og`riqsizlantiruvchi dorilar yordamida oson bartaraf etiladi. Liposaksiyadan keyin maxsus ich kiyim kiyib yurish lozim. Shuningdek, tananing amaliyot o`tkazilgan qismida shish hosil bo`lishi ehtimoli ham bor. Ammo 2-3 kundan keyin bu shish yo`qoladi. 1-3 haftadan so`ng ilgarigi faol hayot tarziga qaytish mumkin. Shu bilan birga, amaliyotdan keyin 4-5 hafta davomida tana harorati ko`tarilib turishi mumkin. Ba`zi hollarda birinchi 2-4 hafta mobaynida maxsus fizioterapiya bilan birgalikda massaj ham tavsiya etiladi. Amaliyotdan so`ng tana 6 oy mobaynida o`zini tiklaydi.
Diqqat!
Amaliyot albatta mutaxassis shifokor nazorati ostida, tibbiy markazda amalga oshirilishi shart.
Tananing yog`i tortib olingan qismlarida yog` hosil bo`lmaydi. Hayotingiz davomida vazningizni ma`lum bir me`yorda ushlasangiz, liposaksiya natijasi umrbod deyish mumkin.
Mumkin emas!
Qon aylanish tizimi kasalliklari;
qandli diabet;
o`pka kasalliklari;
endokrin semirish;
oshqozon yarasi;
onkologik xastaliklarida liposaksiya amaliyotini o`tkazish mumkin emas.
Madina LUQMONOVA
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар