Madad-shifo: “ASABIYLAShSAM, QALTIRAY BOShLAYaPMAN”
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Madad-shifo: “ASABIYLAShSAM, QALTIRAY BOShLAYaPMAN”
- Дата релиза: 29-10-17, 10:51
— Ba`zi muammolarni, deb so`nggi paytlarda juda asabiyman. Tinchlanishga harakat qilsam-da, ich-ichimdan titrab ketaman. Ayniqsa qo`l-oyog`imda paydo bo`ladigan qaltirashdan qo`rqayapman rosti. Bu biror kasallik emasmi? Ba`zan o`zimni nazorat qilishim qiyin kechadi...
A.RUSTAMOV, Navoiy viloyati
Nodira HAMROEVA, oliy toifali shifokor-terapevt:
— Qo`l va oyoq uchida yuzaga keladigan titroq – tremor deb atalib, ruhiy, jismoniy va surunkali kasalliklar avj olishi tufayli kelib chiqadi. So`zlaringizga qaraganda, sizdagi tremor ko`rinishi kuchli his-xayajon bilan bog`liq.
Shu zaylda davom etsa, titroq holati talvasa xurujiga aylanishi yoxud surunkali tus olishi mumkin. Xavfli jihati qo`l qaltirashi sezilar-sezilmas darajada saqlanib qolib, keyinchalik boshqa muammolarga etaklashi hech gap emas.
Sizga maslahatim, nevrolog shifokor ko`rigidan o`tib, tinchlantiruvchi muolajalarni boshlang. Uy sharoitida iliq dush qabul qilish, yalpiz va limono`t solingan choy, parhezbop eguliklar tanovuliga diqqatli bo`ling. Har ehtimolga qarshi tibbiy tahlillar topshirish ham foydadan xoli bo`lmaydi.
Og`ir jismoniy yuklamalarni kamaytiring, kun tartibingizni to`g`ri tashkillashtiring, imkonini qila olsangiz, suzish mashg`ulotlariga boring, ancha tinchlanasiz.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар