Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » Madad-shifo: TURPNING FOYDASI VA ZARARI
Madad-shifo: TURPNING FOYDASI VA ZARARI

Madad-shifo: TURPNING FOYDASI VA ZARARI

Madad-shifo: TURPNING FOYDASI VA ZARARI
Turp o`zining tarkibiga ko`ra, organizmda etishmayotgan vitaminlar va mineral tuzlar o`rnini to`ldirishda juda foydalidir. U mikroblarga qarshi kurashuvchan kuchli xususiyatlarga ega.

Turp sharbatining qo`llanilishi

Sharbati ichak yo`llari faoliyatining to`g`ri yuritilishiga, sochlarni mustahkamlashga iste`mol qilinadi. Bu sabzavot kishining ovqat hazm qilish tizimiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Uning iste`moli aterosklerozning, shishlarning, o`t pufagi va peshob yo`llarida tosh paydo bo`lishining oldini olishda yaxshi foyda beradi.

Xalq tabobatida qirg`ichdan chiqarilgan turpdan radikulitni davolashda foydalaniladi.
Qirg`ichdan o`tkazilgan xom turp va uning sharbati ishtaha ochuvchi, o`t pufagini bo`shatuvchi eng yaxshi vosita va organizmdagi ortiqcha suyuqlikni chiqarib yuboruvchi tabiiy dori sifatida tavsiya etiladi.

Buyrakdagi toshlarni parchalaydi!

Achchiqlikka moyil glyukozid va xushbo`y efir moylari mavjudligidan turp o`zining xususiyatlari bilan peshob yo`llaridagi tosh paydo bo`lish kasalliklarida ularni eritib, tushirib yuborishdek mislsiz shifobaxshlikka ega.
O`zining foydali shifobaxsh xususiyatlari bilan turp ishtahani, ovqat hazm qilishni, organizmda modda almashinuvi jarayonini yaxshilaydi, oshqozon soki va o`t suyuqligi me`yorda ajralishiga yordam beradi.

Aterosklerozni davolaydi!

Turp aterosklerozni davolashda yordam beruvchi sabzavotdir. Xalq tabobatida podagrada, buyrakda tosh paydo bo`lish kasalliklarida turpni ovqatga qo`shib iste`mol qilish tavsiya etiladi. Turp peshob haydash xususiyatiga ega.

Turp bronxitni bartaraf etadi!

Turpni asalga qo`shib yo`talni, bronxitni, yuqori nafas yo`llari katarini davolashda iste`mol qilinadi. Sharbatini qovuq, yurak, bronxlar, revmatizm kasalliklarida ichiladi, shuningdek, bu sharbat balg`am ko`chiruvchidir.

Oshqozon-ichakka foydasi

Turp o`t paydo bo`lishini ko`paytiradi, ovqat hazm qilish bezlari faoliyatini yaxshilaydi, ichaklar peristaltikasi (oshqozon va ichaklarning to`lqinsimon kerilish yoki siqilish harakati)ni yaxshilaydi, antisklerotik xususiyatga ega. Uning bu xususiyatlari ishtahani ochishda, ichaklar atoniyasi (mushak va to`qimalar faoliyati tonusining pasayishi)ni davolashda, qabziyatda, xolesistitda va o`t pufagida paydo bo`lgan tosh kasalliklarini davolash jarayonida foyda beradi.

Teri kasalliklarida qo`llanilishi

Turpda mavjud bo`lgan vitamin S, fosfor, sink va V gruppasiga kiruvchi ba`zi vitaminlar inson terisi uchun juda foydali. Unda mavjud bo`lgan suv teri uchun zarur bo`lgan namlikni saqlashga yordam beradi. Qirg`ichdan chiqarilgan turpdan qilingan maska yuz terisini ajoyib ravishda tozalab, tiniqlashtiradi. O`zining dezinfeksiyalovchi xususiyatlari sababli turp quruqshagan, toshma toshgan, yorilgan terini davolashda chiroyli yordam beradi, shuningdek yuz terisi hujayralarini yangilaydi.

Tana haroratini me`yorlashtiradi

Turp tana haroratini pasaytiradi, ko`tarilgan harorat natijasida kelib chiqqan shamollashni olib bartaraf qiladi. Bunday holatda turp sharbatiga biroz tuz qo`shib ichish foyda beradi. Ajoyib dezinfeksiyalovchi vosita sifatida turp shuningdek, haroratning ko`tarilishiga sabab bo`luvchi infeksiyalarga qarshi kurashadi.

Turp iste`moli to`g`ri kelmaydigan holatlar

Turp iste`moli to`g`ri kelmaydigan holatlar – bular jigar va buyraklarning o`tkir shamollashi, ba`zi oshqozon kasalliklarida – masalan, gastritning giperasid ko`rinishida va ichaklarda, agar bu shilliq parda shamollashi bilan bog`liq bo`lsa, shuningdek, ayrim yurak qon-tomir kasalliklarida turp iste`mol qilish mumkin emas.

Quyidagi hollarda turpni ko`p miqdorda muolaja olish maqsadida iste`mol qilish mumkin emas:

Homiladorlikda;
Ichak (yo`g`on va ingichka) shamollashida;
Oshqozon va o`nikkibarmoqli ichak yarasida;
Jigar va buyraklar (tosh paydo bo`lgan holatdan tashqari) kasalliklarida;
Kislotalilik yuqori bo`lgan gastritda;
Yaqinda infarktni boshidan kechirgan kishilarda turpni me`yoridan ortiq iste`mol qilish mumkin emas.

Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: