Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » MARMARAK TERI KASALLIKLARI VA BEPUShTLIKNI DAVOLAYDI
MARMARAK TERI KASALLIKLARI VA BEPUShTLIKNI DAVOLAYDI

MARMARAK TERI KASALLIKLARI VA BEPUShTLIKNI DAVOLAYDI

MARMARAK TERI KASALLIKLARI VA BEPUShTLIKNI DAVOLAYDI
Marmarak qadim zamonlardan beri qo`llanib kelinadigan dorivor giyohlardan biridir. Qadimgi Misrda esa uni ayollar bepushtligida tavsiya qilishgan.

TIBBIYoTDA QO`LLANILIShI

Tibbiyotda marmarakning uch turi ishlatiladi. Dorivor marmarak bargining damlamasi burishtiruvchi, dezinfeksiyalovchi va yallig`lanishga qarshi ta`sir etuvchi vosita sifatida yuqori nafas yo`llari yallig`lanishida, tomoq, og`iz va milk shilliq pardalari yallig`lanishida og`izni chayish uchun qo`llaniladi. Xushbo`y marmarak – bo`yi 50-100 santimetrga etadigan ko`p yillik o`t bo`lib, bog`larda o`sadi. Tibbiyotda er ustki qismi ishlatiladi.

XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYaTI

Marmarak xalq tabobatida yurak tez urganda, darmonsizlikda, bezgak, buyrak kasalliklarini davoshlashda hamda ovqat hazm bo`lishini yaxshilash uchun qo`llaniladi. Ekstraktidan tayyorlangan surtmasi va ekstraktining konsentrati – salmus teri kasalliklarini (masalan, psoriaz)ni davolashda yaxshi natijalar beradi. Shuning uchun bu preparatlar ilmiy tibbiyotda ishlatishga tavsiya etilgan. Efir moyidan dorishunoslik amaliyotida suyuq dori shakllarining hidi va ta`mini yaxshilashda foydalaniladi.

Xalq tabobatida marmarakning yana ikki turi – tikanli marmarak va cho`l marmaragi er ustki qismining damlamasi yuqorida ko`rsatilgan kasalliklarda hamda tomoq og`riganda chayish, ishtaqa ochish va isitmada tashnalikni qondirish uchun ichiladi. Er ustki tarkibida efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor.

MARMARAKLI MUOLAJALAR

Marmarak barglaridan tayyorlangan damlama gastrit va kolit, oshqozon yarasi, meteorizm, jigar va o`t pufagi yallig`lanishini davolashda foydalaniladi. Damlama quyidagi tartibda tayyorlanadi: maydalangan o`simlik bargidan 2 osh qoshiq olib, 400 ml qaynagan suv quyiladi, 4-6 soat damlab qo`yiladi, har 3-4 soatda 20-30 ml.dan ichib turiladi.
Avstriyada oshqozon va ichak kasalliklari, halqum shilliq pardasi yallig`lanishi, anginani davolashda marmarak damlamasidan foydalanilar ekan.
Xitoyda marmarakni damlab ichishni xush ko`rishadi, AQShda esa salatlar, sho`rvalar, sabzavot, go`sht, baliqqa qo`shib iste`mol qilinadi.
Bodomcha bezlar yallig`langanda, shishganda marmarakning er ustki qismi va gulidan tayyorlangan damlama ishlatiladi. Damlamani tayyorlash uchun bir osh qoshiq solib, ustiga 2 stakan qaynab turgan suv quyilib, 2 soatga damlab qo`yiladi. Keyin uni dokada suzib, kuniga 6-8 marta og`iz chayiladi, g`arg`ara qilinadi.
Kariesni davolash uchun 1 osh qoshiq quruq marmarak va igir o`simligi ustiga 1 stakan qaynoq suv solib damlang. Damlama 1 soat tursin, so`ng u bilan og`zingizni chayqang. Agar biron tishingiz og`rib qolsa, shu damlamaga biroz paxta ivitib olib, uni og`riyotgan tishga qo`ying. Ushbu muolajani bir necha oy davomida, toki karies yo`q bo`lgunicha takrorlab turish lozim.
DIQQAT!

Marmarakdan tayyorlangan dorilarni shifokor ko`rsatmasisiz, uzoq va ortiqcha miqdorda qabul qilish yaramaydi. Aks holda zaharlanib qolish mumkin. Homiladorlarga marmarakdan tayyorlangan dorilar mumkin emas.

Internet materiallari asosida Sevara Nishonova tayyorladi
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: