MASLAHAT BIZDAN, SINAB KO`RISh ESA...
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: MASLAHAT BIZDAN, SINAB KO`RISh ESA...
- Дата релиза: 17-09-17, 14:04
Gilam tozalash usuli
— Uyga kiraverishdagi gilamlar uzoq vaqt ishlatilganidan so`ng ko`rinishini yo`qotib, tuklari bir-biriga yopishib qoladi. Bunday gilamni asl holiga keltirish uchun o`zingizga ma`qul kelgan shampunni iliq suvga aralashtiring. Tozalash cho`tkasini aralashmada namlab, gilam ustidan engil ishqalang. So`ng foydalanmaydigan sanchqi yordamida tuklarini pastdan yuqoriga qarata tarang. Muhimi, gilam qurimaguncha ustidan yurilmasligi kerak.
Ko`ylakning kuygan dog`ini ketkazish...
— Ehtiyotsizlik sabab eringizning ko`ylagini dazmolda kuydirib qo`ysangiz, mana bu usul yordamida sarg`ayishidan asrab qolishingiz mumkin.
Yangi siqilgan 1 bosh piyoz sharbatini kuygan dog` ustidan quyib, 30 daqiqaga qoldiring. So`ng sovuqda yaxshilab chaying. Sarg`aya boshlagan ko`ylak matosining rangi piyoz sharbati yordamida oqaradi.
Guldon suvi tiniq bo`lishi uchun…
— Men turfa xil gullarni guldonga solib, dasturxon bezatishni yoqtiraman. Biroq guldondagi suvning tez ifloslanishi ta`bimni xira qilardi. Dugonamning maslahati bilan bir usulni sinab ko`rganimdan buyon gullar solingan suvning tozaligi uzoqroqqa etadigan bo`ldi.
Guldondagi sovuq suvga bir necha bo`lakka bo`lingan kartoshkani soling. Yoki kirlarni oqartiruvchi qo`shimchadan yarim choy qoshiq solib, aralashtiring. Ana shundan keyin gullarni solsangiz ham bo`ladi. Bunday usulda guldon suvi 4-5 kun kirlanmay saqlanadi.
Karam tuzlashni bilasizmi?
— Karam va sabzini tuzlash yordamida tayyorlanadigan salatni hammamiz yaxshi bilamiz. Biroq uni yopishmay, yangi to`g`ralgandek ko`rinishda saqlash sirlaridan xabardormisiz?
Salat uchun sabzini somoncha shaklida to`g`rasangiz, karamga rangi tarqamaydi. Mahsulotlarni tuzlab bo`lgach, idishga joylayotganingizda tagiga bir necha erqalampir (xren) barglarini solsangiz, mazasi yaxshilanib, ezilib ketmaydi.
SAMIRA tayyorladi .
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар