Sevadimi, yo`qmi? Aniqlaymiz!
- Категории: Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar
- Название: Sevadimi, yo`qmi? Aniqlaymiz!
- Дата релиза: 12-05-18, 15:56
— Yigit kishining sevgisi samimiy yoki soxtaligini qanday aniqlash mumkin? Iltimos, ruhshunos shu mavzuda fikrlari bilan o`rtoqlashsa degandim.
Farzona, 18 yosh
Muhabbatga aniq ta`rif berilmagan. Unda shartlarga ham o`rin yo`q. Yozuvchi aytganidek, har bir yurak uni yangilaydi. Hammaning sevgisi o`ziga xos bo`ladi. Belgilari-chi, deysizmi? Dugonajonlar, diqqat qiling, ruhshunos Shahnoza XALILOVA bilan mavzuni tahlil etamiz.
Maqsadsiz yigit bo`lmaydi...
Hech bir erkak ayolning yoniga maqsadsiz kelmaydi. Yigitlar ham shunday. Ular qizning e`tibori, sevgisiga erishishni istab u tomon qadam tashlashadi. Maqsadiga erishish uchun undan nimalar talab qilinishini bilishni istaydi. Munosabatlarni esa hamisha ayol kishi boshqarishi shart. Agar boshqaruv rulini yigitning qo`liga topshirsangiz, sevgi kemangiz «Titanik»dek g`arq bo`lishi hech gapmas. Chunki erkak zoti munosabatlarni boshqarish uchun yaratilmagan. Ular minglab kishilar ishlaydigan zavodlarga rahbarlik qilishlari, kosmik kemani boshqarishlari, oilaning boshi bo`lishlari mumkin, aslo munosabatlarning emas. Shunday ekan, qizlar o`zlari nima istayotganlarini, munosabatlardan nima kutayotganlarini aniq bilib olishlari darkor.
Dugonajon, sizni aldash osonmi?
Qizlar birinchidan, hissiyotga beriluvchan bo`lishadi, ikkinchidan, ishonchsizlik hissi kuchli ularda (o`ziga, tashqi ko`rinishiga, imkoniyatlariga, o`zini sevishlariga) va hayot, muhabbat to`g`risidagi qarashlari reallikdan ancha yiroq. Munosabatlarda ziyrak bo`lmagan qizni gah desa, qo`lga ko`ndiradigan qilish mumkin. Yo`q, biz yigitlarning bari yolg`onchi, bevafo, xudbin bo`ladi, demayapmiz. Shunchaki bir haqiqatni unutmang, hamma ham, jumladan siz ham, kam resurs sarflab, ko`p narsani qo`lga kiritishni istaysiz. Shuning uchun ham telbalarcha sevib qolish yoshidagi dugonalarimizga biroz xudbinlik asqatadi.
Sevgan kishi hamma narsaga tayyor bo`ladi
Bunday fikrlash xato. Yigitning go`yoki sizni deb o`qishni tashlab ketgani, jahl bilan telefonini sindirgani, onasiga qarshi borib uydan qochgani — bular doim ham sevgisini isbotlash yo`lidagi harakatlar sanalavermaydi. Uning asablari charchagan bo`lishi hech gapmas. Yoki romantik sovg`alar, kutilmagan syurprizlar, qip-qizil atirgullar muhabbatdan so`zlaydi, deya xulosa qilolmaymiz. Unutmang, erkak kishi istilochi. Ular doim zabt etishni istashadi, ayol ko`nglini ham. Buning uchun ikki o`rtog`i bilan garov boylashi shartmas. E`tiboringiz, mehringizni qozonish yo`lidagi jarayonning o`zi ularga zavq bag`ishlaydi. Munosabatlarni to`g`ri yo`lga yo`naltirish va mustahkamlash esa ko`p tomonlama qiz bolaga bog`liq. Ayrim qizlar ularga gapini o`tkazadigan, qo`pol muomala qiladigan yigitlarni telbalarcha meni sevib qolgan, deb o`ylashadi. Yo`q, bular muhabbatning daragi emas! Yigit yaxshi ko`rsa, sevgisiga arziydiganini sevadi va uning ko`nglini, sha`nini ko`z qorachig`idek asraydi.
Nima qilish kerak?
1. Avvalo, savolni to`g`ri qo`ying — «U meni sevarmikan?» emas, «Men u bilan baxtlimanmi?».
2. Sizni hurmat qiladimi? Muhabbatning asosi — hurmat. Gap sizni sizlab, yo`l berishidamas, so`zlaringizni eshita bilishi, fikrlaringiz bilan hisoblashishi, qadriyatlaringizni qadrlashida. Shu o`rinda bir narsani alohida ta`kidlamoqchimiz, o`zingiz huquqlaringiz, hurmatingizni bilmasangiz, ikkinchi tomon ularni siz uchun yaratib bera olmaydi.
3. Boringizcha qabul qiladimi? Nuqul bunaqa kiyinma, yurganda to`g`ri yur, deya o`zgarishingizni talab qilaversa, bilingki, u sizdan kimnidir yasamoqchi.
4. Mushtarak orzular, rejalar bormi? Yigit kishi bugun dil izhori qilgan qizga ertaga menga turmushga chiq, deya taklif bildirmasligi tabiiy. Ammo o`z maqsadlari, kelajak haqida o`y-xayollari bilan o`rtoqlashishi mumkin.
5. Munosabatlaringiz sizga nima berayapti? Baxtiyorlik hissi, xursandchilik, o`zaro uyg`unlikmi yo faqat yig`i-sig`iyu azobmi? Esda tuting, muhabbat baxt so`zi bilan mushtarak!
Hech bir psixolog kimdir sizni sevish-sevmasligini aniq aytibberolmaydi. Chunki gohida insonning o`zi yaxshi ko`rish-ko`rmasligini anglay olmaydi. Haraktalarini kuzating, yigit sizni Majnundek telba bo`lib sevsa-da, siz uni yaxshi ko`rasizmi, u bilan mustahkam munosabat qura olasizmi, o`zingizni uning yonida baxtli his etasizmi, qo`rquvingiz yo`qmi — shularni mulohaza qiling. Ana undan keyin «Sevadimi-yo`qmi?» degan savolingizning javobi topilsa, ajabmas.
DUGONANGIZ
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар