Главная » Ajoyib foydali maslahatlar / juda foydali maslahatlar » ​MEVA-SABZAVOTLARNI QIShGA G`AMLAShNING 5 USULI
​MEVA-SABZAVOTLARNI QIShGA G`AMLAShNING 5 USULI

​MEVA-SABZAVOTLARNI QIShGA G`AMLAShNING 5 USULI

​MEVA-SABZAVOTLARNI QIShGA G`AMLAShNING 5 USULI
"Qish g`amini yozda e" degan maqolni yoshligimizdan yaxshi bilamiz. Har bir oila bekasi har yili bu qoidaga so`zsiz amal qiladi. Avvallari yoz ne`matlarini qish uchun saqlab qo`yishning faqat quritish (qoqi) va tuzlash usullari qo`llanar edi. Keyinchalik taraqqiyot yangi usullarni olib keldi. Quyida uy sharoitida meva-sabzavotlarni qishga olib qo`yishning keng tarqalgan usullariga ta`rif beramiz.

Konservalash
Sabzavotlar, mevalar, rezamevalar, qo`ziqorinlar – xullas, ko`p narsalarni bankalarga solib konservalash mumkin. Qishda tuzlamalar, kompotlar, murabbolar... eh, maza!

+

Uzoq saqlash muddati (1 yilgacha).
+15 darajagacha haroratda ham mahsulotning buzilmay turishi.
-

Uksus, tuz, shakar foydali mahsulotlar sirasiga kirmaydi. Yosh bolalarga berish tavsiya etilmaydi. Yuqori haroratda ishlov berilganda masalliqlar tarkibidagi vitaminlar va foydali moddalar o`ladi (minerallar va V guruh vitaminlarning 30 foizi, A guruh vitaminlarning 50 foizi, S guruh vitaminlarning 70 foizi yo`qoladi).
1.Tuzlash

Karam, bodring, pomidor kabilarni katta kastryullar va bochkalarda ko`p miqdorda tuz solingan suvda saqlash mumkin.

+

S vitamini va boshqa ko`plab foydali mikroelementlar saqlanib qoladi.
-

Tarkibida tuz ko`p bo`lgani uchun bolalarga, homiladorlikning uchinchi uch oyligidagi ayollarga va keksalarga berish mumkin emas.
1.Qoqi qilish

Mevalar uchun juda ma`qul usul. Qoqilardan qishda mazali kompotlar qaynatish, taomlarga qo`shish mumkin. Quritilgan ko`katlar esa taomning ta`mini boyitadi.

+

Quritilganda mevalardan 80 foiz namlik ketadi va ular tarkibidagi temir, kaliy kabi foydali moddalarning uzoq muddat saqlanib qolishi uchun zamin hozirlanadi.
Turli konservantlar (uksus, tuz, shakar...) dan xoli bo`lgani uchun, yosh bolalarga ham bemalol bersa bo`ladi.
-

Tayyorlash uzoq vaqtni oladi. Sabzavot va mevalarni yuvish, quritish, bir necha kun ma`lum haroratda ochiq havoda saqlab turish mehnat va e`tibor talab qiladi.
1.Muzlatish

Bu sabzavot va mevalarni saqlashning eng qulay va tez bo`ladigan usuli. Muzlatilgan mevalar yangi daraxtdan uzilgan holatda saqlanadi.

+

Manfiy haroratda zararli mikroorganizmlar o`ladi, foydali moddalar esa to`liq saqlanib qoladi.
Konservalangan, shakarga botirilgan mevalarga nisbatan muzlatilganlarining ozuqaviy xususiyatlari yuqori, ular shakar, tuz kabi moddalardan xoli, demak, sog`liqqa zarari yo`q.
-

Faqat shok usulida muzlatilgandagina foydali xususiyatlar saqlanib qoladi, ya`ni muzxona harorati -18 darajadan past bo`lishi kerak. Bir marta eritilgan mevalarni qayta muzlatib bo`lmaydi, shu sababli muzxonaga ularni porsiyalarga bo`laklab alohida paket yo konteynerlarda joylash kerak.
1.Shakarlash

Bu konservalash va muzlatish orasidagi usul. Mevalar termik ishlovsiz, shunchaki shakarga botirib qo`yiladi.

+

S vitamini ko`p miqdorda saqlanib qoladi. Faqat salqin joyda saqlansa kifoya.
Shakari ko`p bo`lgani uchun allergiya, diabet kabi muammosi borlarga va yosh bolalarga to`g`ri kelmaydi.
-

Tajribali bekalar tavsiya etadi!

Petrushkani tuzlab bo`lmaydi, shunday qilsangiz vaqt o`tishi bilan uning tarkibida zaharli moddalar paydo bo`ladi. Uni quritib, karton qutichalalarda yoki qog`ozga o`ralgan holda saqlash kerak.
Tok barglarini shunchaki plastik paketlarga solib muzxonada saqlash mumkin. Ishlatayotganda biroz vaqt muzxonadan tashqariga chiqarib qo`yiladi va qaynoq suvga solinadi. Barglar rangi va barraligini saqlab qoladi.
Gulkaramni muzlatishdan avval qaynab turgan tuzli suvga solib olish kerak. Aks holda muzdan eritilganda undan badbo`y hid taraladi. Qaynoq suvdan olib, sovutib, quritib, keyin polietilen paketlarda muzxonada saqlasangiz bo`ladi.
Baqlajonni kubik yoki halqa shaklida to`g`rab, xuddi munchoqdek ipga tering-da gaz plitangizning tepasiga yoki balkonga osib qo`ying. Kerak payti keragicha olib, suvda biroz ivitishingiz va qovurib eyishingiz, taomlarga, salatlarga solishingiz mumkin. Xuddi yangi chiqqan baqlajondek bo`ladi.
Yalpizni muzlatgandan ko`ra quritgan qulayroq. Quritib maydalab olib qo`ysangiz, kerak payti ishlataverasiz. Rayhon bargi va ko`katlar ham shunday.
Manba: Darakchi.uz

Смс Шерлар
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
Ustozlarim sizlarga rahmat 2022
1 - OKTYABR O'QITUVCHILAR KUNI HAQIDA SHERLAR
Кетаман
Кетаман
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
KO'ZLARIMNI TARJIMA QILING
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Рахмат Онажон
Рахмат Онажон
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
YORIM BO'LING
YORIM BO'LING
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
O'jarliging jonga tegdi
O'jarliging jonga tegdi
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Yomg'irlar
Yomg'irlar
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Onajonim mehrizga to‘yib
Onajonim mehrizga to‘yib
ONALAR HAQIDA YANGI SHERLAR
Tanishgandik Bekatda
Tanishgandik Bekatda
SEVGI ROMANTIKA HAQIDA SHERLAR SMS
Логин:
Пароль: